Darsning maqsadi:
O‘quvchilarga tub va yasama so‘zlar haqida bilim berish.
O‘quvchilarda ilm olishga qiziqish uyg‘otish.
O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
Darsning metodi: suhbat, induktiv usullar.
Darsning jihozi:
6-sinf ona till darsligi.
2.«Tub va yasama so‘zlar» nomli ko‘rgazma.
O‘qituvchi darsni hadis sabog‘i bilan boshlaydi. O‘quvchilarga quyidag ilm haqidagi hadisni o‘qib beradi:
Ilm egallang! Ilm-sahroda do‘st, hayot yo‘llarida - tayanch, yolg‘izlik damlarida - yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda - rahbar, qayg‘uli onlarda -madadkor, odamlar orasida - zeb-u ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda - quroldir. (Hadis)
O‘qituvchi hadis asosida o‘quvchilarga ilmning qudrati va kuchini ilm o‘rganishning ahamiyatini tushuntiradi, ularni puxta ilm olishga chaqiradi. Darsda izchillik va bog‘liqlikni ta’minlash uchun hadis matnidagi ayrim so‘zlarni asos va qo‘shimchalarga ajrattiradi va o‘rtaga «Bosh so‘z asosida qanday so‘zlar hosil qilish mumkin?» - degan birinchi savolni tashlaydi. O‘quvchilar bosh so‘zi bilan yasalgan 1-topshiriqdagi boshliq, boshda, bebosh so‘zlarini yozadilar.
So‘ng o‘qituvchi tomonidan ikkinchi savol o‘rtaga tashlanadi.
O‘qituvchi «Bosh asosi bilan yasalgan so‘zlar qanday so‘zlar deb ataladi?» savoli bilan suhbatni davom ettiradi.
O‘quvchilar mazkur so‘zlar bir umumiy asos egaligiga ko‘ra, bir asosli (asosdosh) so‘zlar deb atalishini aytadilar O‘qituvchi ularning ma’nolarinio bosn so‘zining ma’nosi bilan qiyoslashni topshiradi. Shu tarzda yangi mavzuga oid 1-topshiriq bajariladi. O‘qituvchi yordamida o‘quvchilar 2-topshiriqni bajaradilar, ya’ni ular -boz, -chan, -la qo‘shimchalari asosida so‘zlar yasaydilar: ishchan, harakatchan, talabchan.
So‘ng o‘qituvchi yozuv taxtasiga mavzuga oid ko‘rgazmani o‘rnatadi.
Tub va yasama so‘zlar
|
suv
ish
xabar
|
suvchi, suvsiz , sersuv
ishchi, ishchan
bexabar xabardor,
|
O‘qituvchi ko‘rgazma asosida quyidagi savollar doirasida suhbat o‘tkazadi:
Ko‘rgazmaning ikki tomonida berilgan so‘zlar nimaga ko‘ra farqlanadi?
O‘ng tomondagi so‘zlar tarkiban nimalardan iborat? Ma’noli qismlarga bo‘linadimi?
Chap tomondagi so‘zlar qanday ma’noli qismlarga bo‘linadi?
Ko‘rgazmaning o‘ng tomonidagi so‘zlarni tub so‘zlar va chap
tomonidagisini yasama so‘zlar deb atasak, ularga qanday ta’rif berish
mumkin?
O‘qituvchi ana shu savollar asosida o‘quvchilarni amaliy mashqlardan nazariy xulosalarga, xususiylikdan umumiylikka olib keladi. O‘quvchilar fikrini umumlashtirib, mavzuni tushuntiradi:
Masalan, ishchi, yozuvchi, xabardor, bexabar, sana, sonsiz kabi.
Mavzuni mustahkamlash uchun 58-, 59-, 60-, 61-mashqlar yozma va og‘zaki bajartiriladi.
59-mashq topshirig‘iga ko‘ra ostiga chizilgan so‘zlarning tarkibini izohlaydilar.
N a m u n a : Bozorchilar qatorida xaltani ochib, mayizimni maqtab-maqtab o‘tirdim. (Tog‘ay Murod) Bozorchilar — yasama so‘z, bozor — asos, -chi — shaxs oti yasovchi qo‘shimcha, -lar — shakl yasovchi, ya’ni, ko‘plik qo‘shimchasi.
Dars so‘ngida 62-mashqqa ko‘ra «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» mavzusida matn tuzish, unda tub va yasama so‘zlardan foydalanish uyga vazifa qilib beriladi
17-dars. SHAKL YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR VA ULARNING TASNIFI
Do'stlaringiz bilan baham: |