NATO ning Bugungi vaqtgacha bo’lgan bosh kotiblari
|
Bosh kotib ismi familiyasi
|
Fuqoroligi
|
Muddati
|
1
|
Xastings Lionel Ismaј
|
Birlashgan Qirollik
|
4 aprel 1952 — 16 may 1957
|
2
|
Pol Xenri Spak
|
Belgiya
|
16 may1957 — 21 aprel 1961
|
3.
|
Dirk Shtiker
|
Niderlandiya
|
21 aprel 1961 — 1 avgust 1964
|
4.
|
Manlio Brosio
|
Italiya
|
1 avgust 1964 — 1 oktyabr 1971
|
5.
|
Јosef Luns
|
Niderlandiya
|
1 oktyabr 1971 — 25 iyun 1984
|
6.
|
Peter Karington
|
Birlashgan Qirollik
|
25 iyun 1984 — 1 iyul 1988
|
7.
|
Manfred Vorner
|
Germaniya
|
1 iyul 1988 — 13 avgust 1994
|
8.
|
Serxio Balansino
|
Italiya
|
13 avgust 1994 — 17 oktyabr 1994
|
9.
|
Vili Klaes
|
Belgiya
|
17 oktyabr 1994 — 20 oktyabr 1995
|
10.
|
Serxio Balansino
|
Italiya
|
20 oktyabr 1995 — 5 dekabr 1995
|
11.
|
Xavier Solana
|
Ispaniya
|
5 dekabr 1995 — 6 oktyabr 1999
|
12.
|
Jorj Robertson
|
Birlashgan Qirollik
|
6 oktyabr 1999 — 17 dekabr 2003
|
13.
|
Alesandro Minuto Riso
|
Italiya
|
17 dekabr 2003 — 1 yanvar 2004
|
14.
|
Јap de Xop Shefer
|
Niderlandiya
|
1 yanvar, 2004 — 31 iyul 2009
|
15.
|
Anders Fog Rasmusen
|
Daniya
|
1 avgust 2009 — 1 oktyabr 2014
|
16.
|
Yens Stoltenberg
|
Norvegiya
|
1 oktyabr 2014 – hozirgi vaqtgacha.
|
ShHT
Shanxay hamkorlik tashkiloti(ShHT) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shaxrida 6 mamlakat — Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (2001 y. 15 iyun). ShHTning vujudga kelish tarixi „Shanxay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bog’liqdir. Dastlab Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari raqbarlari („Shanxay beshligi“) uchrashuvi bo’lib o’tgan. Unda chegaradosh mamlakatlar urtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996 y.) va qo’shma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarog’larni qisqartirish (1997) to’g’risida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998 yildan „beshlik“ mamlakatlarining o’zaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi bo’ylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va ko’p tomonlama iqtisodiy hamkorlikni ta`minlash choralariga o’tishga qaratildi. ShHTning Dushanbe (2000) sammitida O’zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda „beshlik“ negizida ko’p tarmoqli tashkilot tuzish to’g’risida taklif ilgari surildi. ShHT ta`sischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni O’zbekiston o’z milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001 y. iyun) yangi tashkilotning maqsad va prinsiplarini e`lon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash to’g’risidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning SanktPeterburgda bo’lgan 2-sammitida (2002 y. iyun) ustav hujjati — ShHT Xartiyasiga imzo chekildi. ShHT ning oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida joylashgan) hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT: Toshkent shahrida joylashgan)dan iborat. Mintakaviy aksilterror tuzilmasi 2004 y. 1 yanv.dan faoliyat ko’rsatadi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo’mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orkali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijroqo’m faoliyati yo’lga qo’yilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijroqo’mda esa o’zaro tasdiqlangan lavozim o’rinlariga muvofiq SHHTga a`zo davlatlardan vakillar ishlaydi. SHHTga a`zo davlatlar rahbarlari kengashining 2004 yil 17 iyunda Toshkentda bo’lgan majlisida Tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari bo’yicha Toshkent deklaratsiyasi, ShHTning vakolatlari va immunitetlari to’g’risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to’g'risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar imzolandi. O’zbekiston Respublikasining Tashkilotga a`zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi taxdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini o’tkazib turish haqidagi tashabbusi qo’llab-quvvatlandi. ShHT a`zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. Shanhay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar — Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya, Tojikiston, O`zbekiston, Xitoy.
Tashkilot faoliyati 1996 yilda Rossiya va Xitoy davlatlari o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikdan boshlangan. Shu yili ShHT a'zoligiga Tojikiston, Qirgiziston, Qozog’iston va 2001 yilda O’zbekiston kelib qo’shilgan.
ShHT ning boshqa Sobiq SSSR hududi joylashgan regional tashkilotlardan farqi ushbu tashkilotga MDH davlatlaridan tashqari unga Xitoy ham qo’shilgan.
Shanxay hamkorlik tashkilotining kuzatuvchi davlatlari safiga Hindiston, Eron, Mog’uliston va Pokiston kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |