6-sinf geografiya



Download 2,71 Mb.
bet41/49
Sana18.04.2022
Hajmi2,71 Mb.
#560675
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulotlar 116.

Toshkent-O’zbekiston

O’zbekiston poytaxti Toshkent 2200 yildan ortiq tarixga ega. Shahar sifatida Toshkent haqidagi birinchi ma`lumotlar eramizdan avvalgi II asrdagi qadimgi-sharqiy manbalarda uchraydi: Xitoy manbalarida Yuni deb atalgan: Fors shohi Shopur I eramizdan avvalgi 262-yildagi „Zardusht Ka`basi“ qaydnomalarida Toshkent vohasi Choch deb nomlangan.
Toshkent arablar tasarrufiga o’tgach, arab alifbosida „ch“ harfining yo’qligi bois arabiy asarlarda „Shosh“ deb yuritilgan. Ilk o’rta asrlarda u „Choch“, „Shosh“, „Shoshkent“, „Madinat ash Shosh“, „Binkat“ va „Tarkan“ deb nomlangan.
Shahar „Toshkent“ nomi bilan dastavval 11-asrning mashhur allomalari — Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshg’ariyning asarlarida tilga olinadi. Beruniy „Hindiston“ asarida Toshkent nomining kelib chiqishi to’g’risida so’z yuritib, „Tosh“ so’zi asli turkcha bo’lib, Shosh ko’rinishini olgan. „Toshkand — toshli qishloq demakdir“, deb izohlaydi.
Mahmud Qoshg’ariyning ma`lumoti bo’yicha, Toshkent XI —XII-asrlarda „Tarkan“ deb ham yuritilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur „Boburnoma“da Toshkent nomi ustida to’xtalib, asarlarda Toshkent nomini Shosh, ba`zan Choch yozadilar” deb qayd etadi. Biroq XV-asr oxiri va XVII-asr boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qadimgi Choch, Shosh va Binkat nomlari asta-sekin muomaladan tushib qoldi.
Samarqand-O‘zbekiston
“Samarqand” so’zining kelib chiqishi to’g’risida bir qancha taxmin va gipotezalar mavjud. Sharq mualliflari “Samarqand” so’zining birinchi qismi, ya`ni “Samar” so’zi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sun`iy ta`riflarni taklif etdilar. Biroq tarixda bunday ismli kishi to’g’risida ma`lumotlar aniqlanmagan.
So’zning ikkinchi qismi “kent” (kand) — qishloq, shahar degan ma`noni bildiradi. Ba`zi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha “Samarya”ra yaqin, ya`ni “yig’ilish, yig’in” so’zidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan . Bu haqiqatga ancha yaqin bo’lib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir. XI -asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshg’ariy shahar nomining kelib chiqishini “Semizkent”, ya`ni “semiz qishloq” so’zining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.



Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish