13-mavzu: Hindiston va Pokiston davlatlari 1946-2022 yillarda
Hindiston davlati 1946-2022 yillarda.
Tayanch tushunchalar
:Hindiston mustaqilligi togrisidagi qonun (1947 yil 15
avgust), Hindiston Respublikasining tashkil topishi, M.K.Gandi, Javoharlal Neru,
L.B.Shastri, Indra Gandi, Rajib Gandi, Narasimxo Rao, Atay Bexari
Vajpayi,Hindiston-Ozbekiston munosabatlari.
Hindiston Respublikasining tashkil topishi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Hindiston xalqining milliy-ozodlik kurashi
yanada kuchaydi. Bu harakatga, hatto, Buyuk Britaniya armiyasida xizmat
qilayotgan hindistonlik soldat va matroslar ham qo'shilishdi. 1946-yilning fevralida
Bombey harbiy-dengiz bazasi matroslarining bosh ko‘tarishini deyarli butun
Hindiston qoilab- quvvatladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya hukumati
Hindistonga mustaqillik berilishini e’lon qilishga majbur bo'ldi. Buyuk Britaniya
bosh vaziri K. Ettli 1947-yil 20-fevralda Hindiston haqida yangi deklaratsiya bilan
chiqdi va hokimiyatni «hindlar qo‘liga» topshirishini bayon qildi.
1947 - yilning 15-avgustida Hindiston mustaqilligi to'g'risida qonun qabul
qilindi. Bunga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukmron doiralari Hindistonni ikki
dominionga (Hindiston Ittifoqi va Pokistonga) bo‘lib yubordi. Shu tariqa Buyuk
Britaniya yana bir marta o‘zining « Bo‘lib tashla, hukmronlik qil!» shioriga
sodiqligini namoyon qildi. Bu bo’linishni eng nozik belgi — diniy belgi asosida
amalga oshirdi. Hindiston Ittifoqi hududida aholining katta qismi (musulmonlar
ham kam emas edi) hinduiylik diniga e’tiqod qilishardi. Pokiston aholisining katta
qismi esa (hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar ham kam emasdi) islom diniga
e’tiqod qilardi.
Bir davlatning ikkiga bo’linishi jarayoni katta diniy to‘qnashuvlar, qirg'inlar
sharoitida amalga oshirildi. Ikki tomondan qochoqlar soni 8 mln. dan ortiqni
tashkil etdi. Ayniqsa, Kashmir viloyatining Hindistonda qoldirilishi (bu viloyat
aholisi asosan musulmonlardan iborat edi). Hindiston va Pokiston o‘rtasida urush
harakatlarini keltirib chiqardi. 1947-yil kuzida Pokiston qo‘shinlari Kashmirga
kirdi. Hindiston armiyasi bilan janglar bo'ldi.
М.K.Gandi bu diniy to‘qnashuvga qarshi chiqdi. Hindistonda
musulmonlarning hayot kechirishi uchun zarur sharoit yaratishni talab qildi. Bunga
shovinist hind burjuaziyasi qarshi chiqdi. 1948-yil 30-vanvarda 70 yoshli М. K.
Gandi o‘ldirildi. 1949-yilning 1-yanvarida bu ikki dominion o’rtasida urushni
to‘xtatish haqida bitim imzolanishiga erishildi. 1949-yilda Hindiston Ta’sis majlisi
mamlakat konstitutsiyasini qabul qildi va u 1950 - yilning yanvaridan kuchga kirdi.
1950-yilning 26-yanvarida Hindiston Respublika deb e’lon qilindi. Shunday
qilib, hind xaiqining Buyuk Britaniya mustamlakachiligiga qarshi salkam 100 yil
davomida olib borgan milliy- ozodlik kurashi mustaqil davlatga ega bo‘lish bilan
yakunlandi.
Bu kurashga Hindiston Milliy Kongressi ( H M K ) rahbarlik qildi.
Mustaqillikdan so‘ng tuzilgan birinchi hukumatni HMK rahbari J. Neru (1889—
1964) boshqardi. Ayni paytda Hindiston Britaniya Millatlar Hamdo‘stligi tarkibida
qoldi.
Yangi hukumat o‘tkazgan dastlabki muhim islohot agrar islohot bo‘ldi. Unga
ko‘ra, yer bevosita unda ishlayotganlarga berilishi ko‘zda tutildi. Biroq
zamindorlarning qattiq qarshilik ko‘rsatishi oqibatida hamma dehqonlar ham yerli
bo'la
olmadi.
Shunga
qaramay,
yerni
zamindorlardan
ijaraga
olib
ishlayotganlarning katta qismi yerli boiib qoldi. Mustaqillik yillarida qishloq
xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmi ikki baravardan ortiq ko‘paydi. Hindiston
1966-yilgacha uchta besh yillikni amalga oshirdi.
To‘g‘ri, aholining barchasi ham to‘q yashamayotgan yoki ma’lum qismi
och holatda yashayotgan bo‘lsa-da, islohot tufayli Hindiston o‘z aholisini oziq-
ovqat bilan asosan o‘zi ta’minlash imkoniga ega bo‘ldi.
Hindiston hukumati milliy sanoatni rivojlantirishga ham alohida e’tibor
berdi.
Natijada sanoat ishlab chiqarishi deyarli to‘rt baravar ko'paydi. Hindiston agrar
davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. 1990-yilda Hindiston 170 mln. kv/s
elektr energiya, 12 mln. tonna po‘lat, 30 mln. tonna neft ishlab chiqardi.
Avtomobil, avtobus, radio, televizor ishlab chiqarish yuksak sur’atlarda
rivojlanmoqda. Traktor ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan
biriga aylandi.
Hindiston iqtisodiyotida davlat sektori yildan-yilga kamayib bormoqda.
Bugungi kunda u jami milliy mahsulotning 20 foizini ishlab chiqaradi, xolos.
Hindiston siyosiy hayotida parlamentarizm mustahkam qaror topdi.
Hindiston Respublikasi butun taraqqiyoti yillarida katta ijtimoiy-siyosiy
muammolarga duch keldi va hozirgacha ular o‘z yechimini topgani yo‘q. Bular:
hinduiylar bilan musulmonlar o‘rtasidagi diniy qirg‘inlar; musulmonlarning
Kashmirni Pokiston bilan birlashtirish uchun kurashi; sikxlarning siyosiy
muxtoriyat uchun kurashi; Panjobning Hindiston tarkibidan ajralib chiqish uchun
kurashi bilan bog‘liq muammolardir. Bunga yana mamlakat 20 foiz aholisining
yersizligi, 30 mln. ga yaqin aholining ishsizligi; 60 foiz aholining hamon
savodsizligi kabi muammolar ham qo‘shiladi.
1957 -yil martida bo‘lib o‘tgan saylovlarda J. Neru yana Bosh vazirlikka
saylandi, R. Prasad esa Prezidentlik lavozimini egalladi. 1964-yilda J. Neru
vafotidan so‘ng 1964-yil 2-iyunda L. B. Shastri Hindiston Bosh vaziri bo‘ldi.
Lekin 1966-yil 11-yanvarda Pokiston bilan urushni to'xtatish haqida Ayubxon
bilan bitimni imzolagach, Toshkentda vafot edi.
L. B. Shastri vafot etgach, Indira Gandi 1966— 1977-yillarda bosh vazir
bo'lib turdi. I. Gandi o‘z mavqeini mustahkamlash uchun 1970-yilda 4- beshyillik
rejani qayti ko‘rib chiqdi va davlat sektorini mustahkamlash choralarini ko'rdi. 14
ta bank, ulgurji savdoning bir qismi milliylashtirildi, monopoliyalarning roli
cheklandi. Mayda ishlab chiqarish (kichik biznes)ni rivojlantirish choralari ko'rildi.
Ba’zi shtatlarda mayda yer uchastkalariga soliq bekor qilindi, katta yer egalari
yerlarining maksimal darajasini pasaytirish, sobiq knyazlarning pensiya va
imtiyozlarini bekor qilish choralari ko‘rildi. Bu narsa parlamentda oppozitsiyani
kuchaytirdi. 1971-yilda sug‘urta ustidan nazorat o'rnatildi, yengil sanoatda davlat
korxonalari paydo bo‘ldi, xususiy mulkni milliylashtirish haqida konstitutsiyaga
tuzatish kiritildi.
Bu tadbirlar yirik burjuaziya va monopolistik unsurlarning noroziligini kuchaytirdi.
HMK da ham bo‘linish yuz berdi. 1975-yilda hukumat yangi dastur e’lon qildi.
Unda xalqni g'alla va boshqa tovarlar bilan ta’minlash uchun davlat ta’minot
tizimini joriy qilish, yer uchastkalarining maksimal darajasini cheklash va ortiqcha
yerni yersiz dehqonlarga berish haqidagi qonunni barcha shtatlarda joriy qilish,
qishloq xo‘jalik ishchilarining minimum ish haqini belgilash, uy qurish uchun
bepul yer ajratish, qaram mehnatni bekor qilish, eng kambag‘al dehqonlar qarzini
bekor qilish, shaharda yer uchastkasining maksimal darajasini belgilash,
olibsotarlikka yo‘l qo‘ymaslik aytilgan edi. Shuningdek iqtisodiy jinoyatlar; oziq-
ovqatni noqonuniy to‘plab qo‘yganlik, kontrabanda, soliqlarni tolamaganlik uchun
jazolash ham o‘z ifodasini topdi. Lekin bular chala qoldi.
Oppozitsiyachilar Janata parti (Xalq partiyasi) ni tuzdilar va 1977-yil
martida parlamentga o'tkazilgan saylovlarda Morarji Desai boshliq hukumat
tuzdilar. Janata partidan ajralib chiqqan va 1980-yilda tashkil topgan Bxaratiya
Janata parti(BJP) mamlakatda diniy o‘ziga xoslikni shior qilib olgan partiyadir.
Bu partiya Hindistonni faqat hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar davlatiga
aylantirish maqsadini ilgari surdi. Ayni paytda musulmonlarni siyosat va
iqtisoddan chetlatishni targ‘ib etdi. Aholisining 11 foizi musul- monlardan iborat
bo‘lgan davlatda bunday g‘oyaning ilgari surilishi mamlakat siyosiy birligini katta
xavf ostiga qo‘yadi.
Mamlakat birligiga sikxlar harakati ham jiddiy xavf solmoqda. Ular
sikxiylik diniga e’tiqod qiladilar. Bugungi Hindistonda 17 mln. sikxiy yashaydi.
Oz sonli bo‘lsa-da, davlat hayotida katta mavqega ega. 1980-yil yanvardagi
saylovlarda Bosh vazirlikka qaytgan HMK vakili Indira Gandi (1966—1977;
1980— 1984-yillarda) davrida ba’zi siyosiy xatoliklarga ham yo’l qo‘yildi.
Chunonchi, u hindi tilini davlat tiliga aylantirishga harakat qildi. Buni boshqa
millatlar vakillari milliy kamsitish sifatida qabul qildilar.
Panjob shtatida yashovchi sikxlar bunga qarshi ajralib chiqish harakatini
boshladilar. Ular o‘z oldilariga Panjobni Hindistondan ajratib olib, Xoliston deb
ataluvchi davlat tuzish maqsadini qo‘ydilar. Ayni paytda ular terrorni
kuchaytirdilar. Tabiiyki, markaziy hukumat Hindistonning bo‘linib ketishiga toqat
qila olmasdi.
Fuqarolar urushi kelib chiqishining oldini olish maqsadida 1984-yilning 5-
iyunida I. Gandi sikxlarning muqaddas joyi — Oltin ibodatxonani shturm bilan
olishga buyruq berdi. Sikxlar qattiq qarshilik ko'rsatdilar. Natijada 300 kishi
o'ldirildi. Ayni paytda hukumat armiyasi sikxlarning yana 37 ibodatxonasini
egalladi. Sikxlar harakati bostirilgan bo‘lsa-da, ular I. Gandidan suiqasd yo‘li bilan
o‘ch oldilar.
1984-yilning 31-oktabrida I. Gandining sikxlardan bo‘lgan shaxsiy soqchisi uni
otib o‘ldirdi. Onasining o‘rnini egallagan Rajiv Gandi (1944— 1991) sikx
terrorchiligiga chek qo‘yishga qaror qildi. 1987-yilning may oyida Panjob
to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy hukumatga bo'ysundirildi. Bu esa shtatni muxtor
vakolatdan mahrum etishni anglatar edi. Sikxlar bunga qattiq qarshilik ko'rsatdilar.
Hukumat armiyasi bunga javoban 1988-yilning may oyida yana Oltin ibodatxonani
egalladi. Oqibatda minglab kishilar halok boidi. Bu esa 1989-yilda R. Gandini
bosh vazirlik lavozimidan ketishga majbur etdi. 1989-yil noyabrdagi saylovda
Milliy front rahbari Rajendra Pratap Singx Bosh vazir qilib saylandi.
1991 -yilgi parlament saylov oldi uchra shuvlarining birida R. Gandi ham o‘ldirildi
(1991-yil 21 may kuni). Diniy, etnik to‘qnashuvlar keyingi yillarda ham davom
etdi.
1992 – yilning dekabr oyida hinduiy fanatiklar (mutaassiblar) XVI asrda
qurilgan musulmonlar masjidini buzib tashladilar. Bu esa Bombey va Kalkutta
shaharlarida hinduiylar va musulmonlar o‘rtasida qirg‘in keltirib chiqardi.
Oqibatda 300 kishi halok bo'ldi va 1200 dan ortiq kishi yaralandi. Kashmirda
asosan musulmonlar yashaydi. Markaziy hokimiyat bu shtatda ham to‘g‘ridan-
to‘g‘ri boshqaruv joriy etishga uringan edi. Bu Indira Gandi
esa
separatchilik harakatini kuchaytirdi, Hindiston va Pokiston munosabatlarini
keskinlashtirdi.
Bu kabi o‘ta murakkab muammolarni bartaraf etish yo'lida jiddiy harakatlar
qilindi. Ayni paytda Hindiston, bu muammolarga qaramay, ildam taraqqiy qilib
bordi.
1991 -yil mayida bo'lib o‘tgan saylovlarda HMK g‘alaba qozonib,
Narosimxa Rao boshliq hukumat tuzildi va mamlakatni 8 yil boshqardi.
Iqtisodiyotda milliylashtirishdan chiqarish davom ettirilib, zarar ko‘rib ishlayotgan
fabrika va zavodlar yopildi. Investitsiya ko‘paytirildi, mehnat intizomi yaxshilandi,
moddiy manfaatdorlik kuchaydi. Natijada inflatsiya pasaydi, sanoatga katta
miqdorda sarmoya qo'yildi, qishloq xo‘jaligida mayda dehqonlarning ulushi
ko‘paydi. 1994— 1995-yillarda sanoatning yillik o‘sishi 10 foizga, yalpi milliy
mahsulotning yillik o'sishi 5 foizga chiqdi. Bu Hindiston uchun katta ahamiyatga
ega edi.
Hindiston Milliy Kongressi rahbariyatida korrupsiya, poraxo'rlik va boshqa
jinoyat holatlari yuz berdi. 1996-yilda 30 dan ortiq yuqori tabaqa rahbarlari
sudlanib, jazo oldilar.
Bu davrga kelib jangovar induizm millatchiligi kuchaydi. Bu qaysi
Do'stlaringiz bilan baham: |