*Mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq Shveytsariya neytral mamlakat hisoblanadi va hech qanday bloklarga qo’shilmaydi. Shu bois u Yevropa Hamjamiyatiga a`zo emas.
*Yevropa mintaqasiga kirmaydigan Marokash va Tunis mamlakatlari bir necha karra Yevroittifoqqa kirishga harakat qilganlar. Hatto 2005-yilda Portugaliya tomonining ko’magi bilan Kabo-Verde o’z arizasini qabul qilinishiga erishgan.
*A`zolik masalasi hanuz hal qilinmagan mamlakatlar: Turkiya, Ukraina, Gurjiston, Moldaviya.
*Yevropa Ittuifoqi a`zosi emas: Islandiya, Shveytsariya, Andorra, Vatikan, Lixtenshteyn, Monako, San Marino.
*Daniya suvereniteti ostiga kiruvchi Grenlandiya va Farer orollari, Finlandiyaning Aland orollari muxtoriyati, Buyuk Britaniyaning Gibraltar, Men, Gernsi va Jersi hududlari ham Yevropa Ittifoqi hududiga kirmaydi.
*Berlemon — Yevropa hamjamiyati timsoli.
*1960-yilda Bryusselning markazida Berlemon ayollar monastiriga tegishli yer sotib olinadi va bu yerda yetti yil davomida Yevropa hamjamiyatining yangi timsoli quriladi. Loyiha muallifi me`mor De Veste edi. Bu loyiha o’z davrining original va takrorlanmas loyihalaridan biri edi. Uni qurishda asbest moddasi mavjud qurilish materiallari ishlatiladi[\1991-yili Yevrokomissiya bu binoni tark etgach, u 14 yil davomida asbestdan tozalanadi va rekonstruksiya qilinadi. Andoza:-1. Yevrokomissiya bu yerga 2004-yilning oktabrida qaytadi. Bu inshootning umumiy maydoni 240 ming km.kv.dan ortiq bolib, 14 ta qavatdan iborat. U 3 ga hududni egallaydi. Bu yerda ofislardan tashqari majlislar zali, konferens-zallarAndoza:-1, 760 kishiga mo’ljallangan restoran, 418 o’rinli kafe, telestudiya, kinozal, 1223 avtomobil uchun mo’ljallangan yerosti garajlari bor.
Yevropa ittifoqiga tegishli yillar
1946-yil 19-sentabr kuni Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Winston Churchill Syurix universitetida so’zlagan nutqida AQShga o’xshagan „Yevropa Qo’shma Shtatlari“ tuzishni taklif etadi.
1949-yilda Yevropa Kengashi tashkil etiladi. Hozirga kelib, bu tashkilotning 46 ta a`zosi bor.
1957-yil: Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi (YKPB) ga a`zo mamlakatlar Yevropa iqtisodiy hamjaniyati yoki „Umumiy bozor“ga asos soluvchi Rim protokollari deb ataluvchi hujjatlarni imzoladilar. Bu hujjatlar 12 yil mobaynida bojxona to’siqlarini tugatish, umumiy soliqlarni o’rnatish va keyinchalik umuman yo’q qilish, ishchi kuchining erkin harakat qilishini ta`minlash, bir xil ijtimoiy kafolatlar o’rnatish va yagona ish haqi togrisida edi.
1959-yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati a`zolari tomonidan Yevropa parlamenti tashkil etildi.
1967-yilda uchta Yevropa hamjamiyati — Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati va atom energiyasi bo’yicha Yevropa hamjamiyati Yevropa Hamjamiyati bo’lib birlashadi.
1968-yil: Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari o’rtasida barcha bojxona soliqlari bartaraf etildi.
1979-yilda Yevropa parlamentiga ilk bora to’g’ridan-to’g’ri saylovlar bo’lib o’tdi.
1985-yili Grenlandiya o’z-o’zini mustaqil boshqarish huquqini qo’lga kiritdi va referendum natijasida Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqdi.
1986-yilning fevralida Lyuksemburgda yagona Yevropa to’g’risidagi qonun (Single European Act) imzolandi. 1990-yil: Olmoniya Demokratik Respublikasi GFR bilan birlashganligi bois uning hududi ham Ittifoq hududiga kirdi.
1991-yil: Yevropa Hamjamiyatining Maastrixt shahrida (Niderlandiya) yagona Yevropani yaratishni ko’zda tutuvchi Maastrixt bitimlarini imzoladilar. Bu bitimlarda uch guruh shartnomalar — yagona Yevropa valyutasini joriy etish, Yevropa siyosiy Ittifoqini shakllantirish va Yevropa komissiyasini tasdiqlash ko’zda tutildi.
1999-yil dekabr: Helsinkida (Finlyandiya) 15 ta a`zo mamlakatlar rahbarlari inqirozli va tahlikali joylarda tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun o’z Yevropa qurolli kuchlarini yaratish haqida qaror qabul qildi.
2002-yil 1-yanvar: Yagona Yevropa pul birligi — yevro muomalaga kiritildi. Buyuk Britaniya va Daniyadan tashqari qolgan barcha a`zolar o’zlarining milliy valyutalaridan voz kechdilar.
NATO
NATO, Shimoliy Atlantika alyansi (ingl. North Atlantic Treaty Organization, NATO: frans. Organisation du traité de l'Atlantique Nord , OTAN: o’zb. Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti) — Yevropa, AQSh hamda Kanada kabi ko’pchilik mamlakatlar birlashgan jahondagi eng yirik harbiy va siyosiy jamlanma, ya`ni, „Yevropani tashqi ta`sirlardan himoya qilish“ uchun ushbu tashkilotga 4-aprel 1949-yil AQShda asos solingan. Tashkilot yaratilgan paytda 12 ta mamlakat a`zo bo’lgan, hozirgi kunda esa a`zolar soni 28 taga yetgan. Shimoliy Atlantika shartnomasi ittifoqiga qo’shilgan mamlakatlar 1949-yilda oldilaridagi Shimoliy Atlantika doirasidagi davlatlar orasida tinch aholini xavfsizligini mustahkamlash maqsadi bilan birlashishgan. Ittifoqqa a`zo mamlakatlar yahlit mudofaa tizimini yaratish va dunyo xavfsizligini saqlashni o’z oldilariga maqsad qilishgan. 2010-yilda NATO „Zamonaviy mudofaaning ilg’or ishtiroki“ ijtimoiy harakati uchta muhim vazifalarni taqdim etdi, bular: jamoaviy mudofaa, inqirozni oldini olish va hamkorlik asosida havfsizlikni kuchaytirish.
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg
NATO hozirgi kunda 28 mamlakat o’z ichiga olgan tashkilotdir. Ushbu tashkilot qamrovida yuzlab qo’mitalar, guruhlar, hizmat boshqaruvlari yoki harbiylar va fuqarolar doirasi ostidagi rejalashtirish bo’linmalari mavjud. Shuning bilan birga tashkilot tarkibida mutahassislarni tayyorlash va tayyorgarlikdan o’tkazish o’quv markazlari faoliyat ko’rsatadi. NATO zarur qarorlar yoki choralar ko’rish shartnomalarini qabul qilish uchun mamlakat a`zolarini ikki toifaga bo’ladi — vositachilar hamda zahiralar guruhlari, uchrashuvlar o’tkazish va boshqa vazifalar yechimlarini alyansga a`zo mamlakatlarni umumjamoa qiziqishlari va tassavuroti jamlanmasiga nazar tashlab ko’rib chiqadi. Doimiy barcha operatsiyalar o’tkazilish uchun mablag’lar, tashkilot ostidagi harbiylarga, zarar ko’rgan fuqarolarga NATO budjetidan pul ajratiladi. Moliyaviy holati qatnashayotgan mamlakatlar bilan birgalikda hal qilinib NATO xazinasi moliyalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |