II chorak
1. “Muqimiy bayozi” deb nomlangan to’plam kim tomondan tuzilgan?
A. Muqimiy C. Furqat
B. G’. G’ulom D. Oybek
2. Muqimiyning ilk devoni qachon qanday nom bilan nashr etildi?
A. 1900-yil “Devoni Muqimiy” C. 1907-yil “Muqimiy bayozi”
B. 1900-yil “Muqimiy bayozi” D. 1907-yil “Devoni Muqimiy”
3. “O’zgalarga rohat-u, menga a’zob” misrasida qanday tasvir vositasi qo’llanilgan?
A. Qarshilantirish C. Mubolag’a
B. O’xshatish D. Sifatlash
4. Muqimiyning “Tanobchilar” she’riy hikoyasi mazmuniga ko’ra qanday asar?
A. Yumoristik C. Satirik
B. Ishqiy D. Sarguzasht
5. Muqimiyning bizgacha yetib kelgan merosining umumiy hajmi, taxminan qancha?
A. 100 ming misra C. 50 ming misra
B. 10 ming misra D. Aniq emas
6. Muqimiyning “Tanobchilar” she’riy hikoyasida nima aks etgan?
A. Amaldorlar zulmidan ezilgan xalqning kulfat – a’zoblari
B. O’zining xastaligi
C. Toshkent taassurotlari
D. To’g’ri javob yo’q
8. A. Qahhorning tugallanmay qolgan qissasi qaysi?
A. “Zilzila” C. “O’tmishdan ertaklar”
B. “Sinchalak” D. To’g’ri javob yo’q
9. “Bemor” hikoyasining epigrafi qaysi?
A. Otning o’limi – itning bayrami. C. Hamal keldi – amal keldi.
B. Osmon yiroq, yer qattiq. D. Salomatlik – tuman boylik.
10. “Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo’ladi. Bunday vaqtlarda yo’g’on cho’ziladi, ingichka uziladi”. Parcha qaysi asardan olingan?
A. “Bemor” hikoyasi C. “Nido” dostoni
B. “Tanobchilar” she’riy hikoyasi D. “Muzqaymoq” hikoyasi
11. A. Qahhorning “Bemor” hikoyasida bemor kim?
A. Sotiboldining xotini C. Sotiboldining qizi
B. Butun jamiyat D. A va B javoblar to’g’ri
12. Odil Yoqubovning “Muzqaymoq” hikoyasida qaysi davr voqealari aks etgan?
A. Birinchi jahon urushi davri C. Ikkinchi jahon urushi voqealari
B. Qatag’on davrinig dahshatlari D. Quldorlik davri azoblari
13. Otalar mavzusiga bag’ishlangan asarlar qaysi?
A. E. Vohidov “Nido”, O’. Hoshimov “Urushning so’nggi qurboni”
B. O. Yoqubov “Muzqaymoq”, E. Vohidov “Nido”
C. A. Qahhor “Bemor”, Muqimiy “Tanobchilar”
D. S. Ahmad “Sobiq”, O. Yoqubov “Muzqaymoq”
14. E. Vohidovning “O’zbegim” she’ri qaysi janrda va qachon yozilgan?
A. qasida, 1968-yil C. fahriya, 1968-yil
B. qasida, 1069-yil D. madhiya, 1969-yil
15.”Qaysari Rum nayzasidan bag’rida dog’ uzra dog,
Chingiz-u Botu tig’iga ko’ksi qalqon, o’zbegim ” misralaridan so’ng keladigan misrani toping.
Davr zulmiga va lekin bir umr bosh egmading
Tuzdi-yu Mirzo Ulug’bek Ko’ragoniy jadvalin
Tarixing bitmakka xalqim mingta Firdavsiy kerak
Yog’di to’rt yondin asrlar boshingga tiyri kamon
16. 1941-yilda Toshkentning Do’mbirobod mahallasida tug’ilgan adib kim?
A. E. Vohidov C. C. Ahmad
B. O’. Hoshimov D. A. Qahhor
17. “Urushning so’nggi qurboni hikoyasida Umri xolaning” o’limiga asosiy sabab nima?
A. Urush C. Xadichaning ziqnaligi
B. Shoikromning tuzog’i D. Shone’matning kasali
18. “Urushning so’nggi qurboni” hikoyasida nima uchun Shoikromni urushga olishmagan?
A. Bir oyog’i kalta edi.
B. Uchta qizi bor edi.
C. To’qimachilik kombinatiga montyor yetishmas edi.
D. Ukasi kasal edi.
19. “Qora kunlar uchun, ne umidlar bilan tishlab yurgan g’unnajinini o’g’irlagani uchun o’lim to’shagida yotgan ukasini oxirgi nasibadan mahrum qilgani uchun, non puli bo’lar deb yetishtirgan mevasidan judo qilayotgani uchun shunday qasos olsinki, o’sha xudo bexabarlardan.” Parcha qaysi asardan olingan va qaysi qahramon o’y-xayollari?
A. “O’g’ri”, chol
B. “Bemor”, Sotiboldi
C. “Urushning so’nggi qurboni”, Umri xola
D. “Urushning so’nggi qurboni”, Shoikrom
20.Xadicha qaysi asar qahramoni?
A. “O’g’ri” C. “Urushning so’nggi qurboni”
B. “Bemor” D. “Sobiq”
21. “Bo’lajak yozuvchining ilk mashqi “Ishqiboz” nomli hajviy hikoyasi o’n olti yoshlarda “Mushtum” jurnalida chop etgani uchun uning dastlabki ish faoliyati ham shu jurnal bilan bog’liq” Tarjimayi hol kimga tegishli?
A. A. Qahhor C. S. Ahmad
B. A. Qodiriy D. Oybek
22. S. Ahmadning birinchi kitobi qaysi, qachon nashr etilgan?
A. 1928-yilda “Shu’lalar qo’ynida” C. 1926-yilda “Tanburim ovozi”
B. 1926-yilda “Tuyg’ular” D. 1940-yilda “Tortiq”
23. “Qoplon”, “Sobiq” hikoyalarining muallifi kim?
A. S. Ahmad C. O’. Hoshimov
B. G. G’ulom D. Z. A’lam
24. “Qoplon ” hikoyasida bod kasali tutib, yotib qoldan personaj kim?
A. Tillayev C. yangi direktor
B. Qurbonboy D. Tillayevning xotini
25. . “Qoplon ” hikoyasidagi Qurbonboy qanday shaxs?
A. sofdil C. halol
B. laganbardor D. yolg’onchi
Do'stlaringiz bilan baham: |