Referat bajaruvchi: maxkamov doniyor toshkent 2019 Anʼanaviy Xitoy tabobati



Download 490,3 Kb.
bet1/2
Sana18.01.2022
Hajmi490,3 Kb.
#384357
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
xitoy meditsinasi


TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

XALQARO IQTISODIYOT VA MINTAQASHUNOSLIK FAKULTETI

XITOY TILI UCHUN MAXSUS

REFERAT

BAJARUVCHI: MAXKAMOV DONIYOR

TOSHKENT 2019

Anʼanaviy Xitoy tabobati






Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) jurnalistlari Xitoyda oʻtgan OAVning xalqaro Forumida ishtirok etib qaytishdi. Muxbirlarmizning safar taassurotlari bilan tanishtirishda davom etamiz. Bugungi maqolamiz Xitoy anʼanaviy tabobatiga bagʻishlanadi.

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) jurnalistlari Xitoyda oʻtgan OAVning xalqaro Forumida ishtirok etishdi. Jahon ommaviy axborot vositalarining xalqaro Forumi qatnashchilari Xaynan orolidagi Boao xalqaro meditsina turizmining pilot zonasini borib koʻrdilar.
Dardlarni davolashda moʻjizalarga qodir boʻlgan Xitoy, Tibet umuman Sharq tabobatini kim bilmaydi deysiz. Xitoylik shifokorlarning bir qoidasi bor, ular bemorni kasal boʻlishidan oldin davolash lozim, deyishadi. Davolashning mashhur beshta mumtoz qoidalaridan birinchisida esa shifokor kasallikni emas insonni davolashi zarur, deb taʼkidlanadi. Xitoylik shifokor bemorni davolashga alohida mehr, diqqat, eʼtibor va favqulodda bir yuqori masʼuliyat bilan yondashadi.

Bemorning bor vujudini hech bir xalq meditsinasiga xos boʻlmagan “xitoychasiga”, deyish mumkin, erinmay, diqqat bilan sinchiklab tekshiradi, barmoqlari bilan paypaslab koʻradi, bemor tanasidan tarqalayotgan hid ham shifokorga ancha maʼlumot beradi. Oʻziga boʻlayotgan bunday yuksak bir diqqat-eʼtibordan, mehrdan, shifokor oʻz masʼuliyatini qanchalik chuqur his qilayotganini koʻrgan bemorning koʻngli yorishib, shu paytning oʻzidayoq uning kayfiyati yaxshilana boshlaydi, deydi ular.

Xaynan orolini dunyoning eng boy va badavlat kishilari, ishbilarmonlar, tadbirkorlar, biznesmenlar, Gollivudning eng mashhur akterlari dam oladigan Amerikaga qarashli dunyodagi mashhur Gavayya orollariga qiyos qilishadi.
30 yil muqaddam bu yerda qadimgi baliqchilar qishlogʻidan boshqa hech vaqo boʻlmagan ekan. Xitoyliklar bir avlod umri mobaynida aholisi qashshoq boʻlgan orol aholisining turmush darajasini koʻtarib, yerlari botqoq boʻlgan orolni ham dam oladigan, ham davolanadigan dunyoning eng mashhur sanatoriy – kurort maskanlaridan biriga aylantirib yubordi. Havosi toza va shifobaxsh boʻlgan goʻzal dengiz boʻyida qoʻp qavatli binolar qad koʻtarilgan, zamonaviy bandargohlar, shifoxona, kurort, sanatoriylar barpo etilgan. Rossiyalik bir turistning gapiga qaraganda, Moskvadan Xitoyga ketayotgan butun bir samolyot pasajirlarining naq teng yarmi Xaynan oroli sanatoriylariga dam olish va sogʻligʻini tiklash uchun uchib ketayotgan ekan.

Jahon OAVining xalqaro Forumi qatnashchilarini dastur boʻyicha mazkur provinsiyadagi Boao xalqaro meditsina turizm pilot zonasiga olib borishdi. Zamonaviy arxitektura uslubidagi maxsus loyiha asosida barpo etilgan bu binolar majmuasida dunyoning qariyb barcha qitʼalaridan kelgan kishilar dam olib, davolanishmoqda. Majmuaning davolash korpuslari, laboratoriyalari dunyoning eng ilgʻor meditsina asbob uskunalari bilan jihozlangan. Shifoxonada bir, ikki kishilik, oila aʼzolari uchun alohida-alohida dam oladigan, davolanadigan xonalar, bizning til bilan aytganda palatalar mavjud, vaqtni mazmunli oʻtkazish uchun yaratilgan turli koʻngilochar xizmat turlari, kutubxonalar ishlab turibdi. Nomlari jahonga mashhur restoranlarga qiyos qilgudek oshxonalarni, qavatma qavat tashiydigan eskalator va liftlarni, xovlida keng va koʻm-koʻk maysazorda oʻtirib yoki yotib (aytgandek, bu orolda qish umuman boʻlmaydi) gazeta oʻqib, kitob mutolaa qilishni, bu yerdagi tozalik, ozodalikni va xodimlar muomalasini koʻrib, majmuani bizning tasavvurimizdagi “meditsina muassasasi” deb aytishga til bormaydi.

Anʼanaviy Xitoy tabobatida insonga oʻzi dunyoga kelgan, unda yashab, mehnat qiladigan tabiatdan ajratib qarab boʻlmaydi, deyiladi. Inson tabiat bilan hamohang, uning ajralmas bir qismi, boʻlagi, deb qaraladi. Inson ayrim paytlarda tabiat bilan kurashib, uni yengib, yengilib, tan olib, inkor etib, uning ustidan zoʻravonlik qilsa ham bari-bir ular yagona bir olamning toʻlaqonli va tenghuquqli aʼzolaridir, deyiladi.

Xitoy shifokori avvalombor, bemorning tomirlarida qon aylanishini, yurak, buyrak, asab-nerv tolalari, nafas olish yoʻllari qanday ishlayotganini diqqat bilan sinchiklab tekshiradi, quloq tutadi, asbob-uskunalar bilan oʻlchaydi. Va xatlolikka yoʻl qoʻymaslik uchun shoshmay, yagona toʻgʻri tashxis qoʻyishga harakat qiladi. Bir narsaga amin boʻldik-ki, anʼanaviy Xitoy meditsinasi boʻyicha shifokor avvalombor inson organizmining faoliyatini mayda-chuyda, ikir-chikirlarigacha diqqat bilan, nihoyatda bir izchillik bilan kuzatadi, xalq tabobati tajribasining yutuq va kamchiliklari asosida oʻrganadi, soʻngra kuzatuv natijalarini mazkur hudud, oʻlkaning oʻziga xos tabiiy xususiyatlarini eʼtiborga olgan xolda tahlil qiladi, shundan soʻnggina xulosaga chiqarib, diagnoz qoʻyadi.
Xitoyda meditsinaga boʻlgan munosabat alohida. Eramizdan avvalgi 259-210 yillarda Xitoyda oʻtgan imperator Sin Shixuan juda badjahl, qaysar, johil odam boʻlgan ekan, u barcha kitoblarni yoʻq qildirsa ham, meditsinaga oid kitoblarni saqlab qolgan ekan.
Mamlakatda meditsina sohasidagi 5 ta qadimgi kitob nihoyatda qattiq eʼzozlanadi, koʻp mutolaa qilinadi, chuqur va atroflicha oʻrganiladi. Bular I Szinning- “Oʻzgarishlar kitobi”, Dao De Szinning “Dao va De haqidagi traktat”, muallifi Lao Szы, Shen Nun Bensaoszinning “Imperator Shen-nunning dorivor oʻsimliklar toʻgʻrisidagi traktati”, Xuan Di Neyszinning - “Sariq Imperator Xuan-dining ichki organlari toʻgʻrisidagi tarktat” va Nanszinning “Qiyin savollar traktati”. Xitoyda meditsinaga bemorni faqat davolab qoʻyadigan faoliyat debgina emas, balki katta va koʻp mushohada-mulohazalarga sabab boʻladigan soha va undan ayniqsa toʻgʻri xulosa chiqarish kerak deb ham qaraladi. Yuqoridagi kitoblarga ham ular birgina meditsinaga taalluqli boʻlgan koʻhna tadqiqotlar deb emas, balki, va koʻproq, inson sogʻligʻi toʻgʻrisidagi oʻtmish allomalarining falsafiy dunyoqarashlariga oid qimmatli asarlar deb qarashar ekan.
Zamonaviy Xitoy mutahassis, tadqiqotchilari anʼanaviy Xitoy meditsinasi qadimgi tabib va shifokorlarning chuqur ilmiga, puxta bilimiga asoslanganligini alohida taʼkidlashadi. Ayni bir paytda ularning gapi boʻyicha, bu ming-ming yillik koʻhna tajriba va bilim inson borligʻi, uning tanasi, ruhi, hissiyotlari toʻgʻrisidagi Gʻarb anʼanalaridan birmuncha farq qiladi. Di Neyszinning - “Sariq Imperator Xuan-dining ichki organlari toʻgʻrisidagi tarktat”ida aytilishicha, shifokor bemorni sinchiklab koʻrib, uning arzu dodlarini diqqat bilan eshitib, bemor soʻzlari va dardlarining “ichiga kirib” ularni anglay olsa uni komil insonlikka erishgan donishmand shifokor, deyishar ekan. Di Neyszinning - "Imperator Xuan-dining sogʻligʻi toʻgʻrisidagi traktat»ini xitoyliklar muqaddas kitob qatorida koʻrishadi. Va bu kitobni mashhur Xitoy imperatori Xuan-dining oʻzi yozganligini alohida taʼkidlab oʻtishadi.
Meditsina boʻyicha birinchi, hozirgi til bilan aytganda ilmiy-amaliy tadqiqod “Xuan Ti Ney Szin” deb nomlanib, u eramizdan avval 500 bilan 300 nchi yillar orasida yozilgan. Unda Xan dinastiyasi davrida shifokor boʻlib ishlagan Chjan Chjun Szin koʻplab kasalliklarga xos boʻlgan umumiy belgilarni topib, ularni aynan shu kasalikka sababchi boʻlganini asoslab berib, koʻp bemorlarni ogʻir dardlardan forigʻ etgan ekan. Shifokor Chjan Chjun Szin shuningdek, shamollash kasalliklarini davolash boʻyicha “Syan Xan Lun” nomi ostida oʻzining klassik asarini yaratadi. Tarixi, yoshi va tajribasi kattaning ishlari, yutuqlari, qilgan kashfiyotlari ham koʻp va yirik boʻladi, deb shunga aytishsa kerak-da. Xalq tabobati davolash usullaridan voz kechish, ularni eʼtiborga olmaslik toʻgʻri emas, axir shu oʻtmish tabobati boʻlmaganida zamonaviy meditsina qayerdan paydo boʻlgan boʻlar edi, deydi tajribali xitoy shifokorlari.
1950 yillarda Xitoyda bemorni davolash soxasidagi qadimgi tabiblar tajribasi yutuqlariga, bu sohadagi milliy taʼlimotlarga boʻlgan qiziqish muqobil - alternativ davolash usuli sifatida tan olindi va qayta tiklandi. 1972 yildan esa xalq tabobati va unda toʻplangan ming-ming yillik tajriba ilmiy asoslangan fan sifatida, (ayrimlarga oʻxshab eskilik sarqiti, zararli deb emas, balki) Xitoyning milliy simvoli – ramzi, deb qarab, xalq va millat mulki sifatida jamiyat tomonidan tan olindi.
Xitoy anʼanaviy meditsinasining 9 ta qonuni bor. Ular Tabiat bilan Inson tanasining bir-biri bilan uzviy bogʻliqligida, deyiladi. Barcha buyuk jismlar dunyoda Osmon, Kosmos bilan Yeru-zamindan paydo boʻladi va ularni Ibtidosidan Intihosiga qadar ana shu 9 qonun boshqarar ekan. Birinchi qonun bu Osmon bilan inson terisining bogʻliqligi, 2 nchisi: Zamin bilan tana aʼzolarining oʻzaro bogʻliqligi, 3 nchisi: Insonning - qon va doimo gupillab urib turgan qon tomirlari bilan bogʻliqligi, 4 nchisi: Vaqt va bogʻlamlar bogʻliqligi, 5 nchisi: Tovush va eshitish organlari, 6 nchisi: Ritm – In-yan, 7 nchisi: Yulduzlar bilan tish, yuz, koʻzlar bogʻliqligi, 8 nchisi: Shamol va si energiyasi, soʻnggi: 9 nchisi esa: Fazoning inson tanasidagi 9 ta teshigi va 65 ta qon tomirining bogʻliqligida deb aytishadi. Bu tushunchalarni sharxlashga albatta ojizlik qilamiz, lekin ularda sogʻligʻimiz bilan bogʻliq biz bilgan va bilmagan koʻp gaplar borligi Xitoy anʼanaviy meditsinasining bugungi yutuqlaridan yaqqol koʻrinib turibdi.
Xalqaro sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga qaraganda 1949 yildan 2009 yilgacha boʻlgan davr mobaynida xitoyliklarning oʻrtacha yashash umri 35 yoshdan 73 yoshga yetgan. Bu demak, shu davr mobaynida mamlakat aholisining umri 2 barobardan koʻpga uzaygan.
Nanszinning (“Ogʻir savollar”) traktatida Osmon, Zamin va Inson kabi uch energiya manbai haqida, bu demak, uchta qonun haqida gap boradi. Yuqoridagi isitgich – Osmon boʻlsa, oʻrtadagisi – Inson, quyidagisi esa – Zamin deyiladi. Kaftingizdan barmoqlarga ketayotgan tarmoq arteriyasida ham xuddi shunday ekan. Shifokor bemorni davolayotgan paytida ana shu uch issiqlik manbaʼlari boʻlgan: Osmon, Inson, Zamin – yuqori, oʻrta va quyi energiya manbaʼlarini albatta hisobga olmogʻi va ularni bemorning tezroq shifo topishiga yoʻnaltirmogʻi zarur, deyiladi traktatda.
Kimki bemorning gaplariga quloq tutib, eshitib, bemor organizmidagi aʼzolar qanday ishlayotganini, inson tanasi qobigʻi ostida nimalar sodir boʻlayotganini anglab uning tagiga yetar ekan, bunday insonni Xitoyda komil donishmand shifokor, deb yuritishar ekan. Bunda shifokor bemor yuragining bir meyyorda urishidan tashqari yana uning nafas olishini, tomogʻidan quloqqa chalinar-chalinmas chiqayotgan tovushlarni diqqat qilib tinglaydi. Shifokor koʻzidan narida, insonning ichida sodir boʻlayotgan jarayonlarning mohiyatini anglab, ularni oʻrgangan shifokorni inson qoʻlidan kelmaydigan ilohiy ishlarga qodir boʻlgan oliy darajadagi shifokor, deb eʼzozlashar ekan.
Xitoy olimi va shifokori In-yanning Ritm konsepsiyasi yana bir xalq tabobati vakili U-sinning dastlabki besh konsepsiyasidan kelib chiqqan boʻlib, inson sogʻligʻi bilan bogʻliq boʻlgan barcha muammolarning asosini tashkil etar ekan. Inson ruhiy olamidagi dastlabki beshta elementga his-hayajonning besh turi toʻgʻri kelar ekan. Insonga salbiy taʼsir koʻrsatadigan beshta mavsumiy kuch mavjud, deydi olim. Beshta rang, beshta tovush va obʼ-havoning besh xil taʼsiri, suyuqlikning besh turi va hokazo. Insonning butun hayotini idora qilayotgan ritmik xolat: nafas olish, qon tomirining urish ritmi, kun bilan tunning almashinuvi, yil mavsumlari va tabiatda bir xil muddatda bir meyyorda qaytarilib turadigan yillik sikllar sogʻliqqa alohida taʼsir koʻrsatar ekan.
Davolashning beshta mumtoz qoidalari boʻyicha avvalombor, kasallikning asl sabablarini topish, uni aniqlash lozim, ishning esa eng muhim va muhim boʻlmagan ikkinchi darajadagisini ajratib koʻrish kerak, masalan, kamquvvatlilik turli kishida turlicha yoʻl va turli dori-darmonlar bilan davolanadi. Bemorni u yoki bu kasallikka boʻlgan moyilligini va kasallik asoratlarining soʻnggi koʻrinishlariga qadar barchasini yoʻqotish zarur.
Bu gaplarning hammasi Xitoy anʼanaviy meditsinasi samarasi yuqori boʻlgan, inson organizmiga bezarar, yangi dori-darmonlarga, davolashning ilgʻor zamonaviy texnikasi va texnologiyalariga qarshi degani emas, faqat xalq tabobatini, koʻp mingyillik tarix mobaynida toʻplagan xalq tajribasini inkor etilishiga qarshi.
Xaynan oroli kurort va sanatoriylarida anʼanaviy va zamonaviy meditsinaning sogʻlomlashtirish dasturlariga qoʻshimcha yana yaxshi samara berayotgan bir soha, bu qariyalarni yashartirish dasturlari asosida ham ilmiy-amaliy ishlar, tadqiqodlar olib borilmoqda.
Xalqaro sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga qaraganda soʻnggi yarim asrda xitoyliklarni har birining oʻrtacha yashash umri qarib 40 yoshga ortgan. Katta va jiddiy yutuq. Bu Xitoy anʼanaviy meditsinasining tajribasi bilan birga zamonaviy meditsina yutuqlarining hayotga tatbiq etilishining natijasi, davlatning xalq sogʻligʻiga boʻlgan gʻamxoʻrligi, meditsina fanining oʻtmishdagi yutuqlari bilan birga hozirgi kundagi ahvoli, uning rivoji va taraqqayoti bilan bogʻliq, deb taʼkidlashmoqda.


Download 490,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish