III chorak
1. “Boychechak” xalq qo’shiqlarining qaysi turiga kiradi?
A. mavsum qo’shiqlari C. to’y qo’shiqlari
B. o’yin qo’shiqlari D. terim qo’shiqlari
2. Qaysi qo’shiq savol-javob tarzida boradi?
A. “Boychechak” C. “Boshginam og’riydi”
B. “Chitti gul” D. “Yor-yor”
3. Xalqimizda “Jon ozig’i”, “Ko’ngil mulki” deya nima ta’riflangan?
A. Raqs C. Qo’shiq
B. Maqol D. Sevgi
4. Adabiyotga xos qaysi atama ingliz tilidagi namlik, suyuqlik so’zidan olingan?
A. Satira C. Tragediya
B. Yumor D. Drama
5. S. Ahmadning qaysi asari halol kishilarning xatti-harakatlarida paydo bo’layotgan dabdababozlik, nozarur yumushlarga chalg’ib, kulgili vaziyatlarga tushib qolgan insonlar haqida?
A. “Qoplon” C. “Kelinlar qo’zg’oloni”
B. “Kuyov” D. “Sobiq”
6. 1942-yilda janglarda yaralanib, fashistlar qo’liga asir tushgan iste’dodli tatar shoiri kim?
A. Rasul Hamzatov C. Musa Jalil
B. Chingiz Aytmatov D. Umar Sayfiddin
7. Musa Jalilning “Moabid daftari” to’plamida nima kuylanadi?
A. Erkin hayotga chanqoqlik C. Ona yurtga muhabbat
B. Insoniyatning baxtli kelajagiga ishonch D. Barcha javoblar to’g’ri
8. Musa Jalil o’zining “Ishonma” she’rida tuproq nimani ko’molmas deb aytadi?
A. Sovuq tanni C. Inson qonini
B. O’tli qo’shiq to’lgan ko’ngilni D. Tarixni
9. A. Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari necha qismga bo’linadi?
A. 2 C. 1
B. 3 D. Qismlarga bo’linmaydi
10. O’zi xunuk, gapi be’mani, ovozi yoqimsiz odamlarni Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida nimaga o’xshatadi?
A. to’ti C. qurbaqa
B. bulbul D. toshbaqa
11. A. Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida kimlarga yaxshilik qilsang, zolimdan omon bo’lasan deydi?
A. Mazlumga C. Ota-onaga
B. Kichiklarga D. Yetimlarga
12. “Mahbub ul-qulub” asarida Navoiy axloqli odamlarning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir deb nimani aytadi?
A. Saxiylikni C. Tejamkorlikni
B. Hunarni D. Hilmni
13. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari xalq orasida qanday nom bilan mashhur bo’lgan?
A. “Tuya bilan bo’taloq” C. “Uch masal”
B. “Yapaloqqush hikoyasi” D. “Boyo’g’li hikoyasi”
14. Noshukur bo’lmaslik g’oyasi “Zarbulmasal” da qaysi hikoyat mazmuni hisoblanadi?
A. “Maymun bilan najjor” C. “Dumsiz eshak”
B. “Toshbaqa bilan chayon” D. “Tuya bilan bo’taloq”
15. Gulxaniydan bizgacha qanday asarlar yetib kelgan?
A. Faqat “Zarbulmasal” asari
B. 400 ga yaqin maqollar va “Zarbulmasal” asari
C. 1 ta qasida va “Zarbulmasal” asari
D. 12 ta g’azal, 1 ta qasida va “Zarbulmasal” asari
16. Arab tilida namuna, misol degan ma’noni anglatadigan janr qaysi?
A. Masal C. Ertak
B. Maqol D. Doston
17. Avaz O’tar necha yil umr ko’rgan?
A. 60 yil C. 50 yil
B. 45 yil D. 35 yil
18. Avaz O’tar nimani “robitai olamiyon” deb ataydi?
A. Hunarni C. Odobni
B. Tilni D. Maktabni
19. Avaz O’tar o’zi tuzgan devonini qanday nomlagan?
A. “Ilk devon” C. “Saodatul-iqbol”
B. “Chor devon” D. “”
20. Abayning “Naqliya so’zlar” asari necha bo’limdan iborat?
A. 40 C. 35
B. 44 D. 50
21. Abayning “Naqliya so’zlar” asarini kim o’zbek tiliga o’girgan?
A. Zulfiya C. G’. G’ulom
B. Cho’lpon D. Nosir Fozilov
22. “Naqliya so’zlar” asarining “O’n yettinchi so’z” dan olingan parchada G’ayrat, Aql, Yurak o’rtasida bahs bo’lib o’tadi. Ularga hakamlik qilayotgan Ilm qay birlarini boshliq etib tayinlaydi?
A. Aqlni C. Yurakni
B. G’ayratni D. A va C javoblar to’g’ri
23. “Suydim, Erkalandim, Ayrildim, Kuydim…” misralari Zulfiyaning qaysi she’ridan olingan?
A. “Nevara” C. “Bo’g’lar qiyg’os gulda”
B. “Men o’tgan umrga” D. “Bahor keldi seni so’roqlab”
24. Zulfiya Hamid Olimjonning qaysi dostonlari asosida pyesa va opera lebrettolar yaratgan?
A. “Zaynab va Omon “ C. ’’Semurg’,,
B. “Oygul va Bahtiyor” D. A va C
25. Zulfiya qalamiga mansub poemalar berilgan qatorni aniqlang.
A. “Quyoshli qalam” , “Mushoira”, “Xotira siniqlari”
B. “Qizlar qoshig’I” , “O’ylar”
C. “Shalola” , “Mushoira”
D. “Xotira siniqlari” , “O’ylar”
Do'stlaringiz bilan baham: |