Adolat qo‘lin tutti andoq biyik Ki, topti amon arslondin kiyik...
Yarim kungacha adl ila dod edi, Yana kun so‘ngg‘i yaxshi bunyod edi.
Bu yanglig‘ chu oz vaqt tuzdi rusum, G‘ani bo‘ldilar adlidin ahli Rum. Iskandar
64. «Saddi Iskandariy» dostonida jang maydonida Iskandarga maxfiy keltirilgan xatga javoban u qanday yo‘l tutadi? Xatga javob yozmaydi.
65. “Saddi Iskandariy” dostonida qayerning podshosi Iskandarning kuchli, o‘zining kuchsizligini anglaydi hamda ilm-fan oldida sehr-joduning puchligini his etadi? Kashmir shohi
66. Husayn Boyqaro agar faqat «Xamsa» yozishga ketgan vaqt hisoblanadigan bo‘lsa, uning necha oydan oshmaganligini ta’kidlaydi? Olti oydan
67. «Farhod va Shirin» qaysi vaznda yozilgan? Hazaji musaddasi mahzuf
68. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Doro elchilari orqali berib yuborgan qaysi narsaga dunyoni boshqarish ramzi sifatida qaraydi? Chavgonga
69. «Xamsa»dagi eng yirik doston qaysi? «Saddi Iskandariy» dostoni
70. «Saddi Iskandariy» dostonida nechanchi boblar kirishni tashkil etadi? 1–14-boblar
71. «Saddi Iskandariy» dostonining «Hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida”gi hikoyatida g‘ofil insonning otasi necha yoshga kirib, vafot etganini eshitgach, pok qalbli zot kulib: “Ey, har narsaga yengil va beparvo qarovchi odam, o‘sha otangning boshidan o‘tgan kun senga yetarli tajriba emasmidi?» – deydi? 112 yoshga
72. «Saddi Iskandariy» dostonida Doroning xiroj talab qilib kelgan elchilariga Iskandar qanday javob qiladi? «Tilla tuxum tug‘adigan qushlar uchib ketdi».
73. “Saddi Iskandariy”da bahorda qo‘liga o‘tgan qaysi o‘lka Iskandarga juda yoqadi? Xuroson
74. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandarga tuhfa qilingan oyna qanday xislatga ega edi?
Chin va yolg‘onni ajrata olar edi.
75. «Saddi Iskandariy» qaysi vaznda yozilgan? Mutaqoribi musammani mahzuf
76. “Saddi Iskandariy”da otasi vafot etgach, qaysi obraz taxtdan voz kechmoqchi bo‘ladi? Iskandar
77. «Saddi Iskandariy»dan olingan quyidagi baytda qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos davlat nomini ayting. «Ki Xoqon chu bo‘ldi Skandarparast, Skandarga ... ichra bo‘ldi nishast». Chin
78. «Saddi Iskandariy»da uchraydigan quyidagi inson umrining davrlari bilan bog‘liq so‘zlarni toping. 1) shabob; 2) tufuliyat; 3) kuhulat; 4) qariliq tariqi. a) qarilik chog‘i, aynan qarilik mazhabi; b) bolalik; c) kishining o‘rta yasharlik davri, soch-soqolga oq tushish (mosh guruchlik) davri; d) yosh yigitlik davri. 1-d, 2-b, 3-c, 4-a
79. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar kimdan Kashmir taxtini tortib oladi? Malludan
80. «Saddi Iskandariy»ning nechanchi bobida «yoshlik yelining sabohati – go‘zalligi va yigitlik gulzorining tozaligi» haqida mulohaza yuritiladi? XL bobida
81. «Makorim ul-axloq» asarida «Panj ganj» («Besh xazina») dostoniga muqobil tarzda Alisher Navoiyning qaysi asarni yozganligi aytiladi? «Xamsa»
82. «Makorim ul-axloq» qanday qismlardan tashkil topgan? 1) debocha; 2) muqaddima;
3) o‘n maqsad (bob); 4) xotima; 5) Navoiyning qanday vafot etganligi to‘g‘risidagi bob;
83. «Saddi Iskandariy» dostonida Kashmir eliga Iskandar kimni shoh qilib ko‘taradi? Feruzni
84. «Saddi Iskandariy» dostonining nechanchi bobida keltirilgan hikoyatda nosih (nasihat qiluvchi, o‘git beruvchi) obrazi uchraydi? XLI bobida
85. “Saddi Iskandariy”da Iskandar taxtga o‘tirgach, 3 yil davomida uning boyliklari otasining davridagidan necha marta ko‘proq bo‘ladi? O‘n marta
86. «Makorim ul-axloq» asarida keltirilishicha, Lutfiy Alisher Navoiyning qaysi matla’li g‘azalini eshitib, quyidagi fikrlarni bildiradi? “Xudoga qasam ichib aytamanki, agar iloji bo‘lganida edi, o‘zimning... turkiy va forsiy g‘azallarimni birgina ushbu g‘azalga almashtirgan va ushbu ayirboshlash natijasini katta muvaffaqiyat deb hisoblagan bo‘lardim”.
Do'stlaringiz bilan baham: |