Ilm – kamolot egalari bilan
21. “Saddi Iskandariy” dostonida o‘limi oldidan Doro Iskandardan iltimos qilgan narsalarni ayting. 1) suiqasd qilganlarni jazolash; 2) qizi Ravshanakning kayoniylar podsholigining merosxo‘ri ekanligini inobatga olish; 3) Ravshanakni o‘z xonadonining munavvar shamiga aylantirish; 4) qavm-qarindoshlariga zulm qilmaslik.
22.“Saddi Iskandariy”da Iskandar Kashmirga yo‘l olganida unga kimlar yo‘ldosh bo‘ladi?
500 olim
23. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar bilan kimning o‘rtasida sulh va omonlik paydo bo‘ladi? Chin xoqoni
24. «Saddi Iskandariy» dostonida tadbirkor va adolatli podshoh, mohir sarkarda, yetuk olim va katta qalb egasi sifatida namoyon bo‘ladigan obraz qaysi? Iskandar
25. «Saddi Iskandariy» dostoni necha bob, necha baytdan iborat? 89 bob, 7215 bayt
26. «Sab’ai sayyor» dostoni qaysi vaznda yozilgan? Hafifi musaddasi maxbuni mahzuf
27. «Xamsa» dostonlarining taqte’ belgilarini toping.
1) «Hayrat ul-abror»; 2) «Farhod va Shirin»; 3) «Layli va Majnun»; 4) «Sab’ai sayyor»;
5) «Saddi Iskandariy». a) V - - - V - - - V - - b) - V V - - V V - - V - c) - - V V - V - V - -
d) - V - - V - V - V V - e) V - - V - - V - - V - 1-b, 2-a, 3-c, 4-d, 5-e
28. «Saddi Iskandariy» dostonida qayerning shohi ancha dono va tajribali bo‘lib, o‘zi Iskandar huzuriga elchi qiyofasida keladi? Chin xoqoni
29. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar kayoniylar an’anasiga muvofiq taxtga o‘tirgach, qish fasli boshlangani uchun qayerda qoladi?
Arron (qadimgi Ozarbayjon) mamlakatining Qorabog‘ degan joyida
30. “Saddi Iskandariy”ida uchraydigan «mumtoz» so‘zining ma’nosini ayting.
Saralangan, imtiyozli
31. “Saddi Iskandariy” dostonida quyidagi voqeaga kim guvoh bo‘lib qoladi?
«Shunda u bir hodisani tasodifan kuzatib qoladi: biri katta va kuchli, ikkinchisi kichik va nozikroq kakliklar talashib qolishadi. Katta kaklik kichigiga zug‘um o‘tkaza boshlaydi. Shu payt osmondan bir burgut sho‘ng‘ib keladi-da, katta kaklikka chang soladi. Uni changalida olib ketadi. ... bunday yakundan nihoyatda xursand bo‘ladi». Iskandar
32. Iskandar taxtga o‘tirgan davrda jahonning katta qismi kimga qarar edi? Doroga
33. “Saddi Iskandariy” dostonidan olingan quyidagi qaysi misralarda Iskandarning yoshlikdan bilim egallashga ishtiyoqi alohida ta’kidlanadi?
1) Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni, Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni.
2) Bori ishda bir yerga yetdi ishi Ki, mumkin emas andoq o‘lmoq kishi...
3) Bilik kasbini qildi to joni bor, Hunar bildi onchaki imkoni bor.
4) Qayu ishni ta’lim qilg‘on zamon, Eshitmak hamon erdi – bilmak hamon... 2, 3, 4
34. «Saddi Iskandariy» dostonida nechanchi boblar asosiy qismni tashkil etadi? 15–87-boblar
35. «Saddi Iskandariy» dostonida keltirilgan Vatan va vatanparvarlik haqidagi hikmatli so‘zlarni ayting. 1) Ayol-u vatan uzra to joni bor, Kishi harb etar toki imkoni bor.
2) Vatan tarkini bir nafas aylama, Yana ranji g‘urbat havas aylama.
3) Musofir bo‘l, ammo vatan ichra bo‘l, Tila xilvat-u anjuman ichra bo‘l.
36. «Saddi Iskandariy» dostonining nechanchi bobida: “Yoshlikda qilingan hamma gunohlar kechiriladi, keyincha mehnat va ibodat qiladigan vaqt ham keladi, o‘shanda qilamiz”,- deya yosh-ligini behuda o‘tkazuvchi yigit obrazi uchraydi? XLI bobida
37. «Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida vafot etgan obraz qaysi? Mallu
38. Quyidagi bayt «Saddi Iskandariy» dostonining nechanchi bobidan olingan?
Do'stlaringiz bilan baham: |