151- shakl. Suyuqlikda ishqalanish holatida val bilan vkladishning o’zaro joylashuvi (kattalashtirilgan):
1-moy; 2-vkladish; 3-moy qatlami.
Harakat vaqtida moyning val bilan vkladish sirtiga tegib turgan sirtqi qismi ular bilan birga harakat qiladi, natijada ishqalanish asosan moy qatlami ichidagi zarrachalar orasida ro’y beradi. Moy qatlamining qalinligi sapfa hamda vkladish sirtlarida ishlov berishdan hosil bo’lgan notekisliklar yig’indisidan albatta katta bo’lishi kerak (151-shakl):
Bu shart bajarilganda tashqi nagruzkani moy qatlami qabul qiladi, natijada ish sirtlarining yeyilish prosessi sodir bo’lmaydi. Suyuqlikda ishqalanishning harakatga ko’rsatadigan qarshiligi juda kichik (ishkalanish koeffisienti 0,005 chamasida) bo’ladi. Demak, bunday sharoitda ishlaydigan sirpanish podshipniklarining foydali ish koeffisienti xatto dumalash podshipniklarinikidan ham oshadi. Shuning uchun sirpanish podshipniklaridan foydalanilganda suyuqlikda ishqalanish bo’ladigan sharoit yaratishga iloji boricha harakat qilish kerak.
3. Nim kuruk yoki nim suyuqlikda ishqalanish. Bunda ish sirtlari yetarli darajada moylansa ham, ammo ikki sirtni batamom ajratib turadigan moy qatlami bo’lmaydi. Ishqalanish ko’proq quruq ishqalanishga yaqin bo’lsa, nim quruq ishqalanish, suyuqlikda ishqalanishga yaqin bo’lsa, nim suyuqlikda ishqalanish deyiladi.
Suyuqlikda ishqalanishni ta`minlaydigan shartlardan birortasi bajarilmasa, podshipnik nim suyuqlikda yoki nim quruq ishqalanish bilan ishlaydi. Nim suyuqlikda ishqalanish sodir bo’lganda ishqalanish koeffisienti 0,008 … 0,1 oralig’ida, nim quruq ishqalanish ro’y berganda esa 0,1 … 0,2 oralig’ida bo’ladi. Ishqalanishning yuqoridagi xillaridan sirpanish podshipniklari uchun suyuqlikda ishqalanish eng yaxshi sharoitdir. Lekin bunday sharoitni hamma vaqt ta`minlab bo’lavermaydi. Buning uchun bir necha shartning bajarilishi kerak.
Suyuqlikda ishqalanishni ta`minlaydigan asosiy shartlar
Suyuqlikda ishqalanish rejimiga taalluqli masalalarni yoritishda 1883 yilda N.P.Petrov yaratgan nazariyaga - moylanishning gidrodinamikaviy nazariyasiga asoslaniladi. Bu nazariya qovushoq suyuqlikning gidrodinamikasiga tegishli differensial tenglamalar vositasida bosim, tezlik va siljishga ko’rsatiladigan qarshilik kabi faktorlarni bir-biri bilan bog’laydi. Biz bu yerda mazkur nazariyadan podshipnikning suyuqlikda ishqalanish rejimiga taalluqli masalalarni yoritish uchun zarur bo’lgan ma`lumotlarni keltiramiz.
Moy bilan to’ldirilgan muxitda ikkita A va B yassi jism (152-shakl) ustma-ust joylashtirilgan bo’lsin. Bunda Q kuch ta`sirida A jism B jismga nisbatan v tezlik bilan harakatlanadi. Harakat boshlanishida tezlik kichik bo’lgani tufayli A jism B jismning sirtidagi moyni sidirib harakatlanadi. Bunda ishqalanish nim quruq yoki nim suyuqlikda ishqalanish rejimida sodir bo’ladi.
V tezlik kattalashgan sari jismlarning xolati o’zgarib boradi. Tezlik ma`lum qiymatga yetganda A jism moyni sidirib ulgura olmaydi; natijada u moy qatlami ustiga ko’tarilib, chap tomonga engashgan xolda harakatni davom ettira boshlaydi. Yuqorida eslatib o’tilgan nazariyaga ko’ra, o’zaro harakatlanayotgan ikki jism orasidagi zazor bir tekisda bo’lmay, bir tomondan ikkinchi tomonga torayib boradigan ponasimon shaklda bo’lsa, jismlar o’rtasida gidrodinamikaviy bosim r hosil bo’ladi. Bu bosimning qiymati tashqi nagruzkaning (A jism massasining) miqdoriga yetgach, A jism B jismning ustidan ko’tariladi. Natijada A jism bilan B jismning orasida moy qatlami hosil bo’ladi, ya`ni harakat suyuqlikda ishqalanish rejimida davom etadi. Demak, o’zaro harakatda bo’lgan ikki jism orasida suyuqlikda ishqalanish rejimi xosil bo’lishi uchun ular orasidagi zazor albatta ponasimon shaklda bo’lishi shart. Shunday qilib, suyuqlikda ishqalanish rejimini hosil qilish uchun quyidagi shartlarning bajarilishi zarur, ya`ni: a) o’zaro ishqalanayotgan sirtlar orasidagi zazor ponasimon shaklda bo’lishi; b) jismlarning bir-biriga nisbatan harakatlanish tezligi moy qatlamida tashqi nagruzkaga teng keladigan gidrodinamikaviy bosim hosil qila oladigan bo’lishi; v) ma`lum qovushoqlikda moy yetarli darajada va uzluksiz yetkazib berilishi lozim.
Odatdagi podshipniklarda sapfa bilan vkladish orasidagi zazor doimo ponasimon shaklda bo’ladi, chunki sapfa bilan vkladish orasida zarur zazor hosil qilish uchun ularning diametrlari biro-biridan farq qilish kerak. Harakatsiz turgan val o’z og’irligi bilan vkladishga bosib turadi, ya`ni bunday xolda past tomonda ular orasida hech qanday zazor bo’lmaydi (153-shakl, a) Yuqori tomonda zazor ruzsat etilgan maksimum qiymatiga yetadi. Valning harakat tezligi ma`lum kritik qiymatdan oshib, zazordagi moyning gidrodinamikaviy bosimi valning og’irligini yengadigan darajaga yetgach,sapfa bilan vkladish orasida moy qatlami hosil bo’lib, ish sirtlari bir-biridan batamom ajraladi (153-shakl, b)
Do'stlaringiz bilan baham: |