Sirpanish podshipniklari Sirpanish podshipniklari tuzilishi jixatidan olganda, ajralmaydigan va ajraladigan podshipniklarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda ajraladigan podshipniklardan ko’proq foydalaniladi. Bunday podshipnikning tuzilishi 150-shaklda ko’rsatilgan. U quyidagi qismlardan iborat: 1) tayanchga tushuvchi kuchni qabul qilib oladigan asosiy detal` - podshipnik korpusi 1; 2) podshipnikning yuqori tomonidan berkitib turuvchi qismi - qopqoq 2; 3) podshipnikning eng muxim qismi - ikki palladan iborat vkladish 4; 4) korpus bilan qopqoqni biriktirish boltlari 3; 5) korpusni fundamentga biriktirish boltlari 5; 6) moylagich 6.
Umuman olganda, sirpanish podshipniklarining hozirgi zamon mashinamozligida ishlatilishi so’nggi yillarda sezilarli darajada kamaydi; chunki ular o’rniga bir qator afzalliklari bo’lgan dumaloq podshipniklari ishlatila boshladi. Lekin sirpanish podshipniklarida quyidagi afzalliklar bo’lganligi uchun ayrim xollarda ulardan foydalanish ma`qul ko’riladi.
1.Katta (1000 min-1 gacha) chastota bilan ishlash xollarida dumalash podshipniklariga qaraganda ko’pga chidaydi.
2. Vallarni talab qilingan darajada aniq yo’nalishda o’rnatish imkonini beradi.
3. Ajraladigan qilib tayyorlanganligi uchun uni valning istalgan qismiga o’rnatish mumkin. Bu xoll ayniqsa tirsakli vallar uchun qo’llaniladi.
150 – shakl. Sirpanish podshipnigining tuzilishi. 4. Zarb bilan ta`sir qiladigan kuchlar mavjud bo’lgan xollarda podshipnikdagi moy qatlami bu kuchlarning salbiy ta`sirini kamaytiradi.
5. Dumalash podshipniklaridan foydalanish mumkin bo’lmagan agressiv muxitli sharoitda (masalan, suvda) bemalol ishlay oladi.
6. Diametri xaddan tashqari (1 m dan ortiq) bo’lgan vallar uchun hozircha standartlashtirilgan dumalash podshipniklari ishlab chiqarilmaydi, sirpanish podshipniklari esa istalgan kattalikda qilib tayyorlanishi mumkin.
Podshipniklarning ishlash sharoiti va yemirilishi Val aylana boshlashi bilan uning sirti podshipnikdagi vkladish ustida sirpanib ishqalana boshlaydi. Bunday ishqalanish natijasida ma`lum miqdor issiqlik xosil bo’ladi. Bu issiqlik podshipnik korpusi, val hamda moy vositasida tashqariga olib ketiladi. Podshipnikning normal ishlashi uchun, hosil bo’layotgan issiqlik miqdori mavjud imkoniyatlar vositasida olib ketilayotgan issiqlik miqdoridan ortiq bo’lmasligi kerak. Aks xolda podshipnikning qizishi ruxsat etilgan darajadan ortib, vkladish suyuqlanib ketishi mumkin. Demak, podshipnik haddan tashqari qizib ketishi uni ishdan chiqaruvchi asosiy sabablardan biridir. Bundan tashqari, sapfaning vkladish ustida sirpanib ishqalanishi natijasida yeyilish prosessii ham sodir bo’ladi. Vkladish sirtining yeyilishi ma`lum chegaradan ortib ketsa, mexanizmning ishlashi yomonlashadi. Shuning uchun bunday podshipniklar yemirilgan deb topiladi.
Podshipnikning chidamliligi, asosan, yeyilish sur`ati bilan belgilanadi. Ularning sinib ketishi esa kam uchraydi. Yeyilishning sur`ati ko’p jixatdan ishqalanish prosessii sodir bo’layotgan sirtlar orasidagi muxitga bog’liq. Ana shu muxitga qarab, ishqalanish uch turga bo’linadi.
1. Quruq ishqalanish - moylanmagan sirtlar orasidagi ishqalanish.
2. Suyuqlikda ishqalanish. Bunda ishqalanayotgan sirtlar o’zaro qovushoq moy qatlami bilan batamom ajralgan xolda bo’ladi.