6-modul. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari 1-mavzu. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. Reja


Transport sharoitining avtomobil konstruktsiyasiga ta’siri



Download 16,69 Mb.
bet75/136
Sana12.07.2022
Hajmi16,69 Mb.
#783315
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   136
Bog'liq
2 5190840226326517082

Transport sharoitining avtomobil konstruktsiyasiga ta’siri.
Transport sharoiti avtomobil vazifasidan kelib chiqadigan bir nechta faktorlar bilan belgilanadi.
Yuk avtomobillarining transport sharoiti yuk turi, hajmi, partiyasi, tashish masofasi va tashkil etilishi, yukni ortish va tushirish, yukni saqlash, avtomobilga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash kabi faktorlar bilan aniqlanadi. Yuk turi fizik-mexanik xususiyatlari, zichligi, og’irligi, o’lchamlari, qimmatbaholigi, tarasi, tez tashilishi bilan belgilanadi. Yuk partiyasi bitta avtomobil yoki avtopoezdda tashiladigan hajm bilan belgilanadi. Tashish masofasi yuk etkazilishi kerak bo’lgan masofa bo’lib, maxalliy (50 km gacha) va uzoq (50 kmdan ko’p) bo’lishi mumkin.
Tashishni tashkil etish deb, avtomobilni ishda qancha vaqt bo’lishi (soat yoki sutkada), bir sutka yurgan masofasi (kilomertda), bir yilda necha kun ishda bo’lishi, bir yilda bosib o’tgan masofasi (kmda), yuk tashishni bir maromda tashkil etilishi (sutkaning soatlarida, xaftaning kunlarida, yilning oylarida), xaydovchilarning ishini tashkil etishga aytiladi. Yukni ortish-tushirish qo’lda bajarilishi yoki mexanizatsiyalashgan bo’lishi mumkin.
Passajir avtomobillarining transport sharoiti passajir tashish bilan bog’liq. Avtobuslar shahar ichida, shahar chetiga, shaharlararo, mahalliy, ekskursion, turistik va boshqa bo’lishi mumkin. Engil avtomobillar taksi, hizmat, shaxsiy va ijara bo’lishi mumkin. Shahar ichida ishlatiladigan avtobuslarning pol sathi past, eshiklari keng va ko’p, o’rindiqlar soni kam bo’lishi kerak. Shaharlararo qatnaydigan va turist avtobuslarda komfortabellik, yaxshi ko’rinuvchanlik, yuqori tezlik va katta yukxonalar bo’lishi kerak. Mahalliy avtobuslarda o’tag’onlik muhim hisoblanadi.
Yo’l sharoitining avtomobil konstruktsiyasiga ta’siri.
Yo’l sharoiti yo’l qoplamasining tekisligi va mustaxkamligi, yo’l joylashgan muhit yo’lning elementlari, avtomobillar harakatining tig’izligi va yo’lning barqarorligi bilan belgilanadi.
Yo’l qoplamasining tekisligi yo’l notekisliklari ordinatasining o’rtacha kvadratik qiymati bilan baholanadi. Yo’l qoplamasining mustahkamligi (ayniqsa ko’prik va yo’l inshootlarida) avtomobilning to’la massasi va o’qlarga taqsimlangan massa bilan aniqlanadi. Yo’l joylashgan muhit tekis, tepaliklar yoki tog’liklar bo’lishi mumkin. Yo’lning elementlari deb bo’ylama yo’nalishda tepaga yoki pastga yo’lning og’ishi, ularning takrorlanishi va uzunligi, yo’lning bir to’g’ri chiziqda yotmasligi, yo’lning eni va yo’ldagi qatorlar soniga aytiladi. Avtomobil harakatining tig’izligi vaqt birligida (soat, sutka, yil) yo’ldan o’tadigan avtomobillarning soni bilan belgilanadi. Shuningdek, harakat tig’izligining barqarorligi kunning soatlarida, haftaning kunlarida va yilning oylarida o’zgarishi mumkin. Yo’lning barqarorligi deb yo’lning holatiga aytiladi. (quruq, nam, qor bosgan, muzlagan va hokazo).
Qoplamasiga qarab yo’llar 4 ta turga bo’linadi:
-sementobeton yoki asfaltobeton (I-IV kategoriyadagi yo’llar)
-asfaltobeton yoki degtobeton (III-IV kategoriyadagi yo’llar)
-graviy va shag’al (IV-V kategoriyadagi yo’llar)
-tuproq (V kategoriyadagi yo’llar )
Yo’l qoplamasining mustaxkamligiga qarab, avtomobil o’qiga tushayotgan massaning ruhsat etilgani 100 kN dan (I-IV kategoriya) 60 kN gacha (V kategoriya) bo’lishi mumkin.
Avtomobilning ekspuatatsion xususiyati ko’rsatkichlariga yo’l sharoitining ta’siri katta. Avtomobil notekis yo’llardan harakatlanganda detal va uzellarning ishlash muddati qisqaradi, avtomobilga texnik hizmat ko’rsatish va ta’mirlash hajmi oshadi, avtomobilning o’rtacha tezligi pasayadi, yonilg’i sarfi ortadi. Bularning hammasi yuk tashish tannarhining oshishiga va ish unumdorligining pasayishiga olib keladi. Agar yo’l notekis bo’lsa avtomobilning yurish ravonligini yaxshilash hisobiga, agar yo’l tekis bo’lsa avtomobilning tortish – tezlik, turg’unlik, boshqaruvchanlik, hamda avtomobilning va tormoz xususiyatlarini yaxshilash hisobiga avtomobilning unumdorligini oshirish mumkin. Avtomobilning tezligi yo’ldagi ko’rinuvchanlik, yo’lning eni, burilish radiuslari va yo’lning past-balandligiga bog’liq.

Download 16,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish