6-modul. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari 1-mavzu. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. Reja



Download 16,69 Mb.
bet83/136
Sana12.07.2022
Hajmi16,69 Mb.
#783315
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   136
Bog'liq
2 5190840226326517082

Adabiyotlar: 12,13,14
8-modul. Transmissiya agregatlarining ish jarayoni
10-mavzu. Ilashish muftasining ish jarayoni
REJA
1.Qo`yiladigan talablar, tasnifi va qo`llanilishi. Undagi ish jarayoni. Friktsion, gidromufta va elektromagnitli ilashish muftalari.
2.Friktsion ilashish muftasiga qo`yilgan talablarni amalga oshirish uchun muljallangan konstruktsiyalarning taxlili.
3.Diskli ilashish muftasida ishqalanish momentini hisoblash. Ilashish muftasining yuritmasi, kuchaytirgichlari va ularni hisoblash. Friksion ilashish muftasi detallarini mustaxkamlikka hisoblash, ularning materiallari.
Tayanch so’zlar:
1.Qo`yiladigan talablar, tasnifi va qo`llanilishi. Undagi ish jarayoni. Friktsion, gidromufta va elektromagnitli ilashish muftalari.
Ilashish muftasi dvigatel tirsakli valini transmissiyadan qisqa muddatga ajratib qo’yish va so’ngra ularni o’zaro ravon qo’shish uchun xizmat qiladi. Ilashish muftasini qo’shish orqali avtomobil joyidan qo’zg’atiladi yoki harakat paytida uzatmalar soni o’zgartiriladi.
1 -rasm. Ilashish muftasi
Ilashish muftasi ikki asosiy:yetakchi va yetaklanuvchi qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Dvigatel vali bilan bog’langan, aylanib turuvchi detallar yetakchi qismni, ilashishni ta’minlaydigan detallar esa yetaklanuvchi qismni tashkil etadi.Bundan tashqari har ikkala qismni o’zaro qo’shib ajratib turadigan muftaning boshqarish tizimi mavjud. Bu tizim mexanik yoki gidravlik yuritmalardan va ularning kuchaytirgichlaridan iborat bo’ladi.
Ilashish muftasi quyidagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha turlarga bo‘linadi:
1) ish jarayonining xususiyati bo‘yicha:
-doimiy ulangan;
-doimiy ulanmagan.
2) yetaklovchi va yetaklanuvchi qismlarning bog‘lanishi bo‘yicha:
-friksion;
-gidravlik;
-elektromagnit.
3) siquvchi kuchlarni hosil qilish usuli bo‘yicha:
-prujinali (silindrsimon , konussimon, diafragmali )
-elektromagnit;
-markazdan qochma;
-yarim markazdan qochma.
4) Yuritmasi bo‘yicha:
-mexanik;
-gidravlik;
-kombinatsiyalashgan (pnevmomexanik, pnevmogidravlik, elektromexanik, elektrovakuum).
5) Boshqarish bo‘yicha:
-noavtomatik;
-noavtomatik, kuchaytirgich bilan;
-avtomatik.
6) Ishqalanuvchi yuzalarning shakli bo‘yicha:
-diskli (quruq, moyda);
-maxsus (konusli, lentali va hokazolar).
Ilashish muftasi avtomobilni o‘z joyidan ravon qo‘zg‘atish, uzatma almashtirilayotganda dvigatelni transmissiyadan qisqa vaqtga ajratish va transmissiyani dinamik zarbalar ta’siridan saqlash vazifasini bajaradi.
Ilashish muftasi o‘z vazifasini to‘liq bajarish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Burovchi momentni dvigateldan transmissiyaga ishonchli o‘tkazish;
2. Ravon va to‘la ulanish;
3. Toza ajralish;
4. Yetaklanuvchi qismlarning inersiya momentini minimal bo‘lishi;
5. Ishqalanuvchi yuzalardan issiqlikni yaxshi tarqatish;
6. Transmissiyani dinamik yuklanishlardan saqlash;
7. Siquvchi kuchlarni bir meyorda saqlab turish;
8. Boshqarish uchun kam jismoniy kuch sarflash;
9.Umumiy talablar.
1.Burovchi momentni dvigateldan transmissiyaga ishonchli o‘tkazish;
Bu talabni bajarish uchun ilashish muftasini maksimal ishqalanish momenti Мсц махdvigatelning maksimal burovchi momentidan Мд мак bir muncha katta bo‘lishi kerak
Мсц max = Mд max ·β;
β = 1,2 - 2,5 – ilashish muftasining zahira koeffitsenti. Katta qiymatlari og‘ir yuk avtomobillari va avtobuslar uchun.

Download 16,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish