1. Avtomobil uzel va agregatlarining ish jarayonlari.
Avtomobil uzel va agregatlarining vazifasiga ko‘ra ularga qator talablarni qo‘yish mumkin, shu talablarni bajarilishi ularni boshka agregatlar bilan birga ishlaganda funksional vazifasini to‘lik bajarilishini ta’minlaydi. Qo‘yiladigan talablarni bir nechakonstruktiv yechimlari bilan qondirish mumkin, lekin bunda konstruksiyalarning murakkabligi, narxi, chidamligi va x.k ham har xil bo‘ladi.
Uzel va agregatlarning ish ko‘rsatkichlarini va ularni yaxshilash imkonlarini faqatgina ularda bo‘lib o‘tadigan ish jarayonlarining taxlillari asosida aniklash mumkin
Ish jarayoni deb mexanizm va agregatlarda ish paytida sodir bo‘ladigan fizikaviy,fizika-kimyoviy jarayonlar majmuasi, ularni sababi, o‘zaro bog‘likligi va ketma-ketligiga aytiladi.
Ish jarayonini matematik model yordamida taxlil etib, qaysi konstruksiyada va qaydarajada talablar bajarilishini va shundan so‘ng yuklanishlarni aniqlash mumkin.Кўп ҳолларда математик модель учун оддий мувозанат холатини кўриб чиқсак бас:
to‘g‘ri chiziqli xarakatda ΣР=0, aylanma xarakatda ΣМ=0.
Agar tezlanish yoki sekinlanish bo‘lsa, massalarni ham hisobga olish kerak:
ΣP+Σm·an=0; ΣM+ΣJn·φn=0
Ayrim hollarda tebranuvchi tizim taxlil etiladi (masalan osma):
Рх= Σm·an +Σ(Xn - Xn-1) /l ; Mφ= Σ Јn·φn+Σ(φn - φn+1) /ln.
Taxlilni soddalashtirish uchun ko‘p massali tizimlar bir yoki ikki massali ekvivalent tizim bilan almashtirib o‘rganiladi. Bunday tenglamalarni__yechib odatda kuch (R,M) ko‘rsatkichlarni kinematik (ω,V) ko‘rsatkichlarga bog‘liqlik tavsiflarini aniqlaymiz.
2. Avtomobil uzel va agregatlarining yuklanish rejimlari.
Avtomobil detallarini deformatsiyasi va ulardagi kuchlanishlar ularga ta’sir etuvchi yuklanish rejimlariga bog‘liq.
Yuklanish rejimi deb ekspluatatsiya jarayonida (vaqt kesimida) detal va agregatlarga ta’sir etuvchi kuch va momentlarning o‘zgarishiga aytiladi.Avtomobil detallariga ta’sir
etuvchi kuchlar (kuchlanishlar) ta’sir etish vaqtiga ko‘ra quyidagicha bo‘lishi mumkin:
a) o‘zgarmas (doimiy ta’sir etuvchi yoki sekin o‘zgaruvchi) kuchlar, bular: og‘irlik kuchi,
uzel va agregatlarni yig‘ishda boltlarni siqishdan xosil bo‘ladigan kuchlar va x.k
1-rasm. O‘zgarmas kuchlar.
b) o‘zgaruvchan kuchlar.
- barqaror rejimda o‘zgaradigan kuchlar. Masalan: vallarda yoki shesternya tishlaridagi barqaror kuchlanishlardan hosil bo‘ladigan yuklanishlar.
- barqaror bo‘lmagan rejimda o‘zgaradigan kuchlar. Bu eng keng uchraydigan xol.
2-rasm. O‘zgaruvchan kuchlar. Barqaror rejimda: a-asimmetrik sikl;
b-pulsli sikl; v-simmetrik sikl. Barqaror bo‘lmagan rejimda: g- o‘zgaruvchan
Bu rejimlar asimmetriya koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi:
в) зарбасимон кучлар (кучланиш катта тезлик dt/dбилан ўзгаради)
2.3-rasm. Zarbasimon kuchlar.
Ko‘p xollarda avtomobil detallariga bir paytda kuchlar (o‘zgarmas, o‘zgaruvchan, zarbasimon va x.k.) majmuasi ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |