Umumiy talablar.
Pog’onali uzatmalar qutisining sxemalari.
Pog’onali uzatmalar qutisining foydali ish koeffitsenti gacha bo’ladi. Ular pog’onasiz uzatmalar qutisiga nisbatan sodda va arzon, shuning uchun turli avtomobillarda keng ishlatiladi. Bugungi kunda 2 va 3 valli uzatmalar qutisi keng tarqalgan.
Ikki valli uzatmalar qutisi oldi yuritmali kichik klassdagi va dvigateli orqada joylashgan orqa yuritmali avtomobillarda ishlatiladi. Odatda bunday uzatmalar qutisini yuqori uzatmasi tezlatgich bo’ladi. Ushbu uzatmalar qutisi dvigatel, ilashish muftasi va asosiy uzatma bilan konstruktiv bitta blokda joylashtiriladi. Bunday uzatmalar kutisi oldi g’ildiragi yetakchi va dvigateli oldinda yoki orqa gildirak yetakchi va dvigateli orqada bo’lgan yengil avtomobillardi ishlatiladi. Ular dvigatel, ilashish muftasi, asosiy uzatma va differentsial bilan konstruktiv bitta blokda joylashtiriladi.
Uzatmalar kutisi dvigatel bilan birgalikda avtomobilda ko’ndalang o’rnatilganda asosiy uzatma tsilindrik shesternyali bo’ladi, chunki burovchi momentning aylanish tekisligini 900 o’zgartirish kerak emas. Uzatmalar kutisi ko’ndalang joylashganda uni boshqarish bir oz murakkablashadi. Shuning uchun yuritmada kulisa va shtangalar ishlatiladi.
Asosiy uzatmaning yetakchi shesternyasi uzatmalar qutisini yetaklanuvchi vali bilan birga bajarilgan. Ikki valli uzatmalar qutisi burovchi momentni bir juft tishli shesternyalar (g’ildiraklar) orqali uzatadi.
3-rasm. Ikki valli besh pog’onali uzatmalar qutisi
Bu juftlikning uzatish soni ma’lum chegaradan oshmasligi kerak, chunki bundan ortig’i uzatmalar qutisining o’lchamlarini va shovqinni oshishiga olib boradi. Yuqori pog’onasining uzatish soni birga teng bo’lmaydi va ko’pincha tezlatgich bo’ladi.
Ikki valli uzatmalar qutisining asosiy afzalliklari – bu konstruktsiyaning soddaligi, massasining kichikligi va oraliq pog’onalarda yuqori FIKga egaligi, chunki burovchi moment bir juft shesternyalar orqali uzatiladi.
Uch valli uzatmalar qutisi. Klassik sxemada bajarilgan yengil avtomobillar va kichik, o’rta yuk avtomobillarida va avtobuslarda o’rnatiladi. Bunday uzatmalar qutisining asosiy afzalligi, bu birlamchi va ikkilamchi vallarning bir-biri bilan ulanganda hosil bo’ladigan to’g’ri uzatma borligi, tishli g’ildiraklar, podshipniklar va oraliq val deyarli yuklanish qabul qilmaydi, birlamchi va ikkilamchi vallar esa faqat burovchi moment uzatishadi. Shunda shovqin, emirilish past bo’lishi va FIKning 1 ga teng bo’lishi tabiiy. Uch valli konstruktsiyaning keyingi afzalligi o’lchamlari kichik bo’lgan holda birinchi pog’onada ketma-ket ulangan ikkita shesternya juftliklari yordamida katta uzatishlar sonini olish osonligida. Bunday uzatmalar qutisining kamchiligi oraliq pog’onalarda FIK ning birmuncha pastligida.
Bunday uzatmalar qutisida pog’onalar soni oltitadan ko’p bo’lmaydi. Yuqori pog’onasida to’g’ri uzatma U=1 va boshqa uzatmalarda 2 juft shesternyalar orqali moment uzatiladi, natijada shu pog’onalarda uzatish soni 9-10 gacha bo’lishi mumkin, lekin FIK ikki valli uzatmalar qutisiga ko’ra birmuncha pastroq bo’ladi.
Barcha g’ildiraklar qiya tishli etib bajarilgan, bu esa ularning shovqinsiz ishlashini va o’lchamlarining kichik bo’lishini ta’minlaydi. Pog’onalar sinxronizator yordamida ulanadi. Orqa uzatmaning ulanishi to’g’ri tishli 1-pog’ona g’ildiragini o’ngga surish bilan amalga oshiriladi.
Birinchi va orqaga harakat beruvchi pog’ona shesternyalari tayanchga yaqin joylashtirilgan, chunki ular maksimal eguvchi va burovchi kuchlar ta’sirida bo’ladi. Shesternyalarning tyanchga yaqin joylashishi vallarning egilishini kamaytiradi. Tez-tez ishlatiladigan pog’onalar shesternyalari vallarning o’rtasiga joylashtirilishi shovqinni pasayishiga va emirilishni kamayishiga sabab bo’ladi. Vallarning egilishini kamaytirish uchun ayrim hollarda orqaga harakat beruvchi shesternya juftligi qo’shimcha korpusga chiqariladi. Shunda korpus vallarni qo’shimcha tayanchi bo’ladi, bu esa o’z navbatida ularning va shesternyalarning emirilishini va shovqin chiqarishini kamaytiradi.
Ko’p valli uzatmalar qutisi katta yuk avtomobillarida uzatishlar sonini diapazoni 8....18 bo’lganda tortish-tezlik va yonilg’i tejamkorlik xususiyatlarini yaxshilash uchun ishlatiladi. Agar shunday diapazon 5-6 pog’onaga bo’linsa, pog’onalar orasida sakrash katta bo’ladi, bu o’z navbatida tortish-tezlik va yonilg’i tejamkorlik xususiyatlarining pasayishiga sabab bo’ladi.
Ko’p pog’onali uzatmalar qutisi uch valli 4-6 pog’onali uzatmalar qutisi va qo’shimcha quti birgalikda ishlangan agregatdir. Qo’shimcha quti oshiruvchi yoki pasaytiruvchi bo’ladi. Oshiruvchi quti (multiplikator yoki bo’lgich) quyi pog’onasining uzatish soni 1,2 dan katta bo’lmaydi va asosiy uzatmalar qutisidan oldin o’rnatiladi. Bu quti qo’shni pog’onalar orasini kichiklashtiradi (pog’onalar qatorini zichlashtiradi), diapazonni 20-25 % gacha oshirish mumkin, odatda 2 pog’onaga: to’g’ri va oshiruvchi pog’onaga ega. Shuning uchun asosiy uzatmalar qutisining pog’onalar soni 2 marta oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |