To’g’ri va teskari yo’nalishdagi tormoz kranlari. Tormoz krani. Ushbu uskuna kuzatishni ta’minlaydi, ya’ni tormoz pedaliga qo’yiladigan kuch va siqilgan xavo bosimini pnevmoyuritmaning bajaruvchi uskunalarida mosligini ta’minlaydi. Ishlash printsipiga ko’ra tormoz kranlari to’g’ri va teskari ishlovchi bo’lishi mumkin. To’g’ri ishlovchi tormoz kranlari tortuvchi avtomobilni tormoz tizimini yoki ikki o’tkazgichli tormoz yuritmali tirkamaning tormoz tizimlarini boshqarish uchun ishlatiladi. Teskari ishlovchi tormoz kranlari bir o’tkazgichli tormoz yuritmaga ega tirkamani tormoz tizimini boshqarish uchun ishlatiladi. Konstruktsiyasiga kura tormoz kranlari porshenli yoki membranali bo’lishi mumkin. Porshenli tormoz kranlarida siqilgan xavo bosimini o’sishi va porshenni surilishi orasida bog’liklik to’g’ri chiziqli, lekin porshen va tsilindr devorlari orasida ishqalanish mavjudligi tufayli, tormoz kranini sezuvchanligi etarli darajada emas. Membranali tormoz kranlari yuqori sezuvchanlika ega, chunki membranani siljishida ishqalanish deyarli yo’q. Xajmlarni orasida o’rnatilgan membrana xajmlarni yaxshi ajratib turadi. Lekin siqilgan xavo bosimini o’sishi va membranani surilishi orasida to’g’ri chiziqli bog’liqlikni ta’minlamaydi.
To’g’ri ishlovchi tormoz krani. Konstruktsiyasi va sxemasi 12-rasmda tasvirlangan. Keltirilgan sxemada tormoz pedali qoyib yuborilgan, atmosfera klapani 5 tormoz kamerasi 7 ni atmosfera bilan bog’laydi va siqilgan xavo klapani 6 yopiq. Pedal bosilganda porshenning g’ovak shtoki 2 unga birlashtirilgan porshen bilan surilib egari bilan klapan 5 ga o’tiradi va uni yopib, tormoz kamerasini atmosferadan ajratadi; shu bilan birga, sterjen orqali klapan 5 bilan bog’liq bo’lgan klapan 6 ochilib, siqilgan xavoni resiverdan tormoz kamerasiga o’tkazadi. Tormoz kamerasida bosim qiymati pedalga qo’yilgan kuchga to’g’ri proportsional. Kuzatish imkoni, tormoz pedaliga o’zgarmas kuch qo’yilganda, porshen 3 ga ta’sir etuvchi kuchlarning muvozanati bilan belgilanadi. Shunda ikkala klapan xam yopiq. Klapanlarning birini zichligi yaxshi bo’lmay kamroq xavo chiqishi muvozanatni buzmaydi, chunki xavoni chiqishi ikkinchi soz klapanni ochilishiga va muvozanatni tiklanishiga olib keladi.
12-rasm. To’g’ri ishlovchi tormoz krani sxemasi va statik tavsifi.
Muvozanatda bo’lishning tenglamasi (ishqalanishni xisobga olmaganda):
bu erda: - klapanlarni yopiq xolatida tormoz kranining o’ng xajmidagi xavo bosimi;
Fp—porshen yuzasi; Ppr2—prujina 4 ning kuchi.
Shu tenglamadan tormoz pedaliga quyilgan kuch va tormoz kamerasida havo bosimi orasidagi bog’liqlikni aniqlaymiz.
12-rasmda tasvirlangan statik tavsif tormoz kranining ishqalanuvchi detallari orasidagi ishqalanishni xisobga olib qurilgan, shuning uchun bosimni oshishi pedalga ma’lum kuch qo’yilgandan so’ng boshlanadi. Grafikning tepa gorizontal qismi siqilgan xavo bosimini maksimal kiymatga chiqqanini ifodalaydi.
Teskari ishlovchi tormoz krani tirkamada bir o’tkazgichli yuritma ishlatilganda o’rnatiladi (13-rasm). Sxemada tormozlanmayotgan xolati tasvirlangan. Pedal bosilmaganda muvozanatlashtiruvchi prujina 1 porshen 2 ni shtok 3 bilan birgalikda o’ngga suradi va pnevmotaqsimlagichni atmosferadan ajratadi, siqilgan xavo klapani 5 ni ochadi. Bunda tirkamaning resiveri 11ga tirkama pnevmotaqsimlagichi orkali tortuvchi avtomobil resiveri 1 dan siqilgan xavo o’tadi. Siqilgan xavoni o’tishi quyidagi shart bajarilmaguncha davom etadi
13-rasm. Teskari ishlovchi tormoz kranining sxemasi va statik tavsifi.
Tormoz pedali bosilsa porshen 2, muvozanatlashtiruvchi prujinani siqib, chapga suriladi; siqilgan xavo klapani egariga o’tiradi - siqilgan xavo kelishi to’xtaydi, klapan 4 ochilib, tormoz krani porshenining o’ng tomonini atmosferaga ochadi. Tirkamaning pnevmoyuritma ta’minotida xavo bosimini pasayishi pnevmotaqsimlagichni ishga tushiradi. Natijada tirkamaning resiveridan siqilgan xavo tormoz mexanizmlarining tormoz kameralariga boradi. Tormoz krani porshenining muvozanat tenglamasi
Bu tenglamadan tsilindrning o’ng tomonidagi hajmda (tormoz kamerasida) hosil bo’lgan bosimni aniqlaymiz:
Ushbu tenglamadan va keltirilgan statik tavsifidan ko’rinib turibdiki pedalga qo’yil gan kuchni oshishi bilan tsilindrning o’ng tomon xajmida bosim tushadi.
Statik tavsifni tepa gorizontal qismi tormoz kranining sezmaslik zonasini ifodalaydi.