Tormoz kameralari.
Tormoz kameralari g’ildiraklarga yaqin joylashtiriladi. Tormoz kameralari membranali va tsilindrli bo’lishi mumkin. Katta yuk ko’taruvchi yuk avtomobillarda ko’p hollarda tormoz kameralari prujinali energoakkumulyatorlar bilan birlashtiriladi. Membranali tormoz kameralari ishqalanish yuzalarning yo’qligi va yaxshi yopiqligi (germitikligi) bilan farqlanadi. Shuning uchun ular yuqori sezuvchanlikka ega, bundan tashqari, ularni moylashga zarurat yo’q. Membranali tormoz kameralarini kamchiligi shtokdagi kuch Rsht va shtokning surilishi Ssht orasidagi bog’liklik to’g’ri chiziqli emasligida. Bu diafragmaning effektiv yuzasini o’zgarishi bilan bog’liq. Effektiv yuza shtokning surilishi oshishi bilan kamayib boradi. Ikkinchi kamchiligi membrana teshilganda tormoz tizimi ishdan chiqadi.
Porshenli tormoz kameralari, membranalikka nisbatan katta effektiv yuzaga ega. U xavo bosimi o’zgarmas bo’lganda shtokdagi kuch va shtokni surilishi orasida to’g’ri chiziqli bog’liklikni ta’minlaydi. Tsilindrli tormoz kamerasining ekspluatatsion ishonchligi ancha yuqori, chunki porshenni zichlovchi manjetasi uzilganda tormoz tizimini yoki konturlarni to’satdan ishdan chiqishiga olib bormaydi. Tsilindrli tormoz kameralarini kamchiligi ularni germetikligi nisbatan pastligida, ishqalanuvchi yuzalarni borligida va membranaliga nisbatan qimmatligida. Shuning uchun ular nisbatan kam ishlatiladi.
Energoakkumulyatorlar bilan birlashtirilgan tormoz kameralari ishchi va to’xtab turish tormoz tizimlarida o’rnatiladi. Chiqish A prujinali energoakkumulyatorning tsilindrini to’xtab turish tormozining yuritmasidagi resiver bilan birlashtiradi; ikkinchi chiqishi (rasmda ko’rsatilmagan) membranali kamerani, tormoz krani orqali, avtomobilni resiveri bilan birlashtiradi.
Tormoz tizimlaridagi yuklanishlar va tormoz mexanizmini hisoblash
Tormozlash vaqtida inertsiya kuchlari hisobiga o’qlarga tushayotgan vertikal yuklanishlar o’zgaradi, ya’ni oldingi o’qda ko’payadi va orqa o’qda kamayadi.
bu erda: PZ1; PZ2 – tormozlanish vaqtida oldingi va orqa o’qga tushadigan vertikal yuklanish
Ma – avtomobilning to’liq massasi; [kg]
L – avtomobilni bazasi; [m]
a,b – oldingi va orqa o’qlardan og’irlik markazigacha bo’lgan masofa; [m]
hOM – og’irlik markazining balandligi; [m]
G’ildiraklar va yo’l orasidagi ilashish bo’yicha xosil qilishi mumkin bo’lgan maksimal tormoz kuchi:
Maksimal tormoz momenti:
bu erda: rk-g’ildirakning g’ildirash radiusi
Agar avtomobilning parametrlari (L, a, b, hOM) noaniq bo’lsa PZ1 va PZ2 larni aniqlash uchun reaktsiyalarni qayta taqsimlash koeffitsientlari mT1 va mT2 dan foydalanish mumkin:
bu erda: - tinch turgan avtomobilning oldi va orqa o’qlariga tushadigan massa.
mT1; mT2 - reaktsiyalarni qayta taqsimlash koeffitsientlari. (mT1 =1,3.1,5; mT2 =0,5.0,7)
Do'stlaringiz bilan baham: |