Taksilar ishini texnik -ekspluatatsion ko‘rsatkichlari.
Yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish.
1. Taksilarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish Bugungi kunda yengil avtomobil-taksilar nafaqat Shaharda va Shahar atrofida,balki Shaharlararo va xalqaro miqyosda ham aholi va korxonalarga transport xizmatini ko‘rsatmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Shahar yo‘lovchi transportini 2000-2005-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi”da (26.11.1999-yil, 513-qaror) rejalashtirilgan asosiy vazifalardan biri bu mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturini amalga oshirish edi. SHuning uchun ushbu dasturda 2005-yilga kelib yo‘nalishli va yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish asosan xususiy tashuvchilar tomonidan amalga oshirilishi qayd qilingan bo‘lib, bugungi kunda bu ishlar konsepsiyada belgilab qo‘yilganidek amalga oshirilayapti (Xususiy transport vositalari egalari yuridik shaxs maqomini olgan holatda).
Takso motor transporti boshqa transportlardan o‘zining ma’lum bir ustuvorliklarga egaligi sababli ko‘plab yo‘lovchilarni tashib yo‘nalishda qatnayotgan umumfoydalanishdagi yo‘lovchi transportining ishini sezilarli darajada yengillashtirayapti. Bunday ustuvorliklarga quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1.Yo‘lovchilarni eshikdan eshikkacha olib borib qo‘yish imkoniyati.
2.Harakat tezlligining yuqoriligi.
3.Istalgan vaqtga taksi uchun buyurtma berish imkoniyati.
4. Yo‘nalish tarmog‘i o‘tmagan ko‘chalardan ham harakatlanishi mkoniyati va boshqalar.
Xususiy tashuvchilarga qaraganda umumfoydalanishdagi (aksiyadorlik jamiyatlari tasarrufidagi) taksilar ham bir qator ustuvorlikka ega ekanligini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Bularga quyidagilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin:
1. Aloqa vositasini mavjudligi (ba’zi xususiy tashuvchilar ham bugungi kunda uyali telefon orqali buyurtma olayaptilar).
2. Nozimlik boshqaruvini tashkil etishning osonligi.
3. Ma’lum bir taksilar to‘xtash joyida uzluksiz xizmat ko‘rsatishni tashkil eta olish (aeroport,vokzal va portlar).
4. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga uzluksiz xizmat ko‘rsata olish.
5. Harakat xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etishning nisbatan osonligi va boshqalar.
Yo‘lovchilar tashish bo‘yicha tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi xususiy tashuvchilar faoliyatini nazorat etishning murakkabligi bir qancha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday salbiy oqibatlarga haydovchilarning mehnatini va dam olishini nazorat qilinmasligi, transport vositasining texnik holatini nazorat qilish haydovchining o‘ziga yuklatilganligi, ishga chiqishdan oldin haydovchining tibbiy ko‘rikdan o‘tmasligi va bularning oqibatida haydovchilar aybi bilan sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalari miqdorining ortib ketishi, ularda halok bo‘layotgan va har xil darajada tanjarohati olayotgan odamlar sonining ortib ketishiga olib keladi. Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solish, fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash hamda transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida O‘zbekisiton Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi 303 –sonli qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra 2006-yil 1 iyudan boshlab avtomobil transportida yo‘lovchilarni Shahar, Shahar atrofi, Shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda tijorat asosida tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.
Bugungi kunda yaqqola tartibda tashuvchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxonalarga birlashib, aholi va korxonalarga quyidagi transport xizmati turlarini ko‘rsatmoqdalar.