6-mavzu. “Tarbiya” fanidan sinfdan tashqari ishlarga zamonaviy yondashuv



Download 0,72 Mb.
bet1/5
Sana17.07.2022
Hajmi0,72 Mb.
#818056
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-ma\'ruza 2


6-mavzu. “Tarbiya” fanidan sinfdan tashqari ishlarga zamonaviy yondashuv.
(2 soat)
Maqsad:
Tayanch tushunchalar:
Asosiy savollar:
1. “Tarbiya” fanidan sinfdan tashqari ishlarda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.
2. “Tarbiya” fanidan sinfdan tashqari ishlarda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish.
3. Tadbirlarni tashkil etishda o‘qituvchi kreativligining dolzarbligi.
4. Tadbirlarni tashkil etishda o‘quvchilar jamoasini faollashtirish.

Tarbiya” fanidan sinfdan tashqari ishlarda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.


Texnologiya - bu berilgan parametrlarga mos keladigan mahsulot olishga yo‘naltirilgan dastlabki materiallami o‘zgartirish jarayoni va uslublarining yig‘indisi.
Pedagogik texnologiya - bu faqat kompyuter va texnologik vositalami qoilash emas, bu ta’lim samaradorligini oshiradigan faktorlami tahlil qilish yo‘li bilan umumta’lim jarayonini optimallash usullarini ishlab chiqish va prinsiplarini aniqlash.
Bugungi kunda boshlang‘ich sinflarda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, xorijiy tajribalarni o‘rganish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu sababli boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish darajasini rivojlantirish, pedagog kadrlarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirish hamda pedagogik mahoratini shakllantirish, ta’lim samaradorligini oshirish, modulli o‘qitish texnologiyasini qo‘llash muammolarini o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion ta’lim texnologiyalari – bu butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining o‘z oldiga ta’lim shakllarini samaradorligini oshirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning aloqasini hisobga olib yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli metodidir. Zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish ta’limni takomillashtirishda innovatsion ta’lim texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biridir.
“Innovatsiya” so‘zi ingliz tilidan kelib chiqqan, uning tarjimasi “yangilanish”, “o‘zgartirish”, “yangilik kiritish” degan ma’noni bildiradi.
Innovatsion jarayonning mikrostrukturasini o‘rganib olishlari yangilik kiritishning “hayotiy sikli, (davri)” konsepsiyasini alohida ko‘rsatdilar, u yangilik kiritish vaqt davomida o‘tab boradigan jarayon degan fikrdan kelib chiqadi. Bu jarayonda yangilikni yaratilishi va ijro etilishini ta’minlovchi faoliyatlami turlarga ajratuvchi bosqichlarga bo‘linadi. Shu davrga kelib ilmiy adabiyotlarda quyidagi innovatsion jarayonni bosqichlarga ajratish sxemasi mavjud:
1. Yangi g‘oya paydo bo‘lishi yoki yangilik konsepsiyasi yuzaga kelish bosqichi; uni shartli ravishda fundamental va amaliy-ilmiy tekshirishlar (yoki birdan paydo bo‘ladigan) natijalaridan kelib chiqadigan yangilik bosqichi deb ataydilar.
2. Kashf etish vaqti, ya’ni amalga oshgan obyekt, moddiy yoki ma’naviy mahsulot namuna ko‘rinishidagi yangilik yaratish.
3. Yaratilgan yangilikka amaliy ko‘payish topilib uni qo‘shimcha ishlab mukarnmallashtirish amalga oshiriladi; bu bosqich yangilik kiritishdan mustahkam samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi.
Shundan so‘ng yangilikning mustaqil mayjudligi boshlanib, yangilik kiritish jarayoni keyingi bosqichga o‘tadi, bu bosqich faqatgina yangilikni qabul qilish shartidagina amalga oshadi. Yangilikdan foydalanish davrida keyingi bosqichlar ko‘rinadi.
4. Yangilikning tarqalishi uning yangi sohalarga diffuziyalanib (qo‘shilib) keng tatbiq etilishidan iborat.
5. Yangilikning biror sohada hukmron bo‘lishi, bunda xususan yangilik o‘z yangiligini yo‘qotib, yangilik sifatida mavjud bolmay qoladi. Bu bosqich yangi samarali yangilik paydo boiishi yoki uning yanada samarasi bilan almashishi bilan yakunlanadi.
6. Yangilik qo‘llanilishi doirasi qisqarib uning yangi mahsuldori bilan almashadi. Yuqorida keltirilgan innovatsion jarayonning bir-birini vaqt bosqichida ketma-ket almashtirib, muntazam tizim uning real rivojlanib borishining soddalashtirilgan sxemasini ifodalaydi. Biror aniq innovatsion jarayon bu bosqichlami o‘z ichiga olib, ular ketma-ketligi va bog‘liqligiga so‘zsiz rioya qilishi shart emas. Yangilik kiritishni yangilikni yaratish va tarqatish kompleks va maqsadga muvofiq jarayoni sifatida qarab, uning maqsadi inson talab va ehtiyojlarini yangi vositalar bilan qondirish bo‘ib, bu samaradorligi, muntazam va hayotiyligini ta’minlovchi uslub va tizimlami ma’lum sifatli o‘zgarishiga olib keladi.

Tarbiya” fanidan sinfdan tashqari ishlarda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish.


Bugungi kunda ta'limning eng dolzarb masalalaridan biri darslarda va dars jarayonlarini samarali tashkil etishda AKT juda muhim o‘rin kasb etadi. Avval o‘qituvchilar faqatgina ma’lumotlar va axbortlarni internetdan olayotgan bo‘lsalar, hozirgi paytda real vaqtlarda onlayn darslarni tashkil etish yanada internetdan unumli foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Chunki bugungi kun o‘quvchisi kundalik hayotda duch keladigan turli vaziyatlarda o‘zini ko‘rsata olishi, fikrini tushuntira olishi, ommaviy axborot vositalaridan, internetda yoritilgan materiallarni o‘rganib, o‘ziga kerakli ma'lumotlarni olishi, muhokamalarda erkin ishtirok etishi, shaxsiy qarashlari va fikrlarini bildirishi kerak bo‘ladi.


Hozirgi kunda ta'lim olish uchun etarlicha imkoniyatlar yaratilganligi hammamizga ma'lum, tegishli axborot resurslaridan keng ko‘lamda, shu jumladan, qishloq joylarda ham foydalanish ta'minlangan. masalan, Ziyonet umumjamoat ta'lim berish portalidan har qanday ma'lumotlar, fikrlar, ta'limga oid videolar, ta'limiy grandlar, uzedu.uz xalq ta'limi vazirligining rasmiy portalidan barcha o‘quv fanlaridan dts va ularga sharhlar, barcha o‘quv fanlaridan taqvimiy-mavzuiy rejalar, barcha o‘quv fanlaridan metodik tavsiyalar, dars ishlanmalari va testlar to‘plami, fan oyliklarini o‘tkazish tartibi va ilg‘or pedagogik tajribalar, xalq ta'limi vazirligining barcha buyruq va nizomlari to‘plami, vazirlik rahbariyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish, fikr almashish imkoniyati va eduportal.uz axborot ta'lim portalidan dars ishlanmalar, o‘quv qo‘llanmalar, laboratoriya ishlarini ko‘rishimiz mumkin. shuningdek «umumta'lim maktablarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish» loyihasi mablag‘lari hisobidan ishlab chiqilgan elektron axborot-ta'lim resurslari mavjud.
Bugungi kunga kelib, ilm – fan, texnika zamonaviy axborot texnologiyasi sohalarining barcha bosqichlari bugungi jamiyat qiyofasini namoyon qilmoqda. Ta’lim tizimining turli yo‘nalishlarida “Raqamli resurs” tushunchasi an’anaviy ta’lim shaklining bir bo‘lagi sifatida kirib kelib o‘qituvchi uchun qulay imkoniyatlarni taqdim qilib kelmoqda. Bu borada bugungi kunga kelib, zamonaviy axborot kommunikatsiya texbologiyalari sohasi ta’lim muhitida asosiy mavzuga aylanib ulgurdi. Raqamli ta’lim resurslari ta’lim – tarbiya jarayonida o‘qituvchining pedagogik faoliyatini samarali tashkil etish, boshqarish mexanizmlarini shakllantitish uchun amaliy xizmat qilib kelmoqda. Shu kabi bosqichlarni inobatga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda yangi yondashuvlar oʻqituvchidan darsni yangicha metod va texnologiyalar asosida o‘qtishni taqozo etadi. Shuni hisobga olib, yangi fanni o‘qitishda o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, fan maqsad-vazifalarini va g‘oyasini ommalashtirish maqsadida www.tarbiyam.uz veb sayti yaratildi.

Shu bilan birga www.tarbiyam.uz veb-saytining asosiy bosh panelida 5 ta tarxiy shaxs: ulug‘ shoir, allomalarimiz, sohibqiron bobolarimiz tomonidan inson tarbiyasi, ularning ilm – ma’rifat yo‘lidagi bir-birini takrorlamaydigan ibratli so‘zlari mujassam o‘rin egallagan. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida XX asrning o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega adiblarimizning hayot yo‘li xronologik tarzda taqdim etildi.



Mazkur elektron platformada bir qancha bo‘lim panellari mavjud bo‘lib birinchi navbatda, Tarbiya fanining rasmiy hujjatlari jamlangan bo‘lim bilan boshlanadi. “Tarbiya fani” deb nomlangan bo‘lim panelida darsliklarni yaratish, ta’lim-tarbiya jarayoniga, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida keng tatbiq etishga qaratilgan me’yoriy huquqiy asoslari, uning ishlab chiqilgan konsepsiyasi taqdim etilgan.

Ushbu ruknda umumta’lim maktab o‘qituvchilar uchun Tarbiya fanini ta’lim amaliyotiga kirib kelishi, uning ta’lim muassasalarida keng joriy etish bo‘yicha rasmiy qarorlar, buyruqlar kiritilgan. Shuningdek, umumta’lim maktab o‘qituvchilar ushbu bo‘lim orqali malaka toifalarga Attestatsiya sinovlari uchun aynan Tarbiya fani doirasida zarur axborotlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Navbatdagi ikkinchi bo‘lim bu umumiy o‘rta ta’lim muassasa pedagog, o‘qituvchilar uchun bo‘lib, unda davlat ta'lim standardi, 1-9- sinflar kesimida o‘quv dasturlari, metodik yordam, 1-9-sinflar uchun taqvim-rejalar, "Tarbiya" fanini o‘qitish texnologiyasi, videodarslar, infografikalar, eng ko‘p so‘raladigan savollar kabi menyulardan tashkil topgan.

Ushbu panel yordanmi o‘qituvchilar Tarbiya fani qanday metodika, usul, yondashuvlar asosida dars mashg‘ulotlarni tashkil etish kabi amaliy jarayonlarni ko‘rib chiqishi yuzasidan www.tarbiyam.uz veb-saytida vizual, illyustrativ ma’lumotlar joy olgan.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish