Xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablari pedagoglariga
metodik yordam ko‘rsatuvchi mobil metodik guruh a’zosi Abdimurotov Oybek Uralovichning 2022 yil aprel oyi davomida Toshkent tumanidagi 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Geografiya fani o‘qituvchilariga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan
HISOBOTI
2022-yilning 11-28 aprel kunlari Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil topgan “Mobil metodik guruh” loyihasi doirasida Toshkent tumani 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining Geografiya fani o‘qituvchilariga metodik yordam ko‘rsatish uchun borildi.
Maktab o‘qituvchilari bilan suhbat o‘tkazilib, quyidagi holatlar aniqlandi.
1. 25-sonli maktabning Geografiya fani o‘qituvchisi Soipova Komola Safiyevna nafaqa yoshidaligi sababli statistik raqam va ma’lumotlarni yodda saqlay olishi qiyin ekanligi ma’lum bo’ldi.
2. Soipova Komola Safiyevna kirish testini topshirishda fanga oid kasbiy ko‘nikma va malakalariga oid testlarni bajarganligi, biroq murakkab bo’lgan testlarga (fanga oid masala va mashqlar, statistik raqamlar) jiddiy tayorgarlik ko‘rmagani aniqlandi.
3. Maktab Chirchiq shaxriga yaqinligi markazidan (32 km.dan ziyodroq masofada) joylashganligi sababli trening mashg‘ulotlari Toshkent tumanidagi 25-sonli maktabida tashkil etildi.
4. Metodik yordam ko‘rsatish davomida Soipova Komola Safiyevna bilan individual tartibda trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
5. Trening dars mashg‘ulotlari Toshkent tumanidagi 25-sonli maktabida har kuni akademik vaqt bilan 4 soatdan olib borildi. Mavzularni o‘rganishda, asosan, tushunilishi murakkablik tug‘dirgan, o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan mavzularga hamda kasbiy diagnostik testda tushgan savollarga ko‘proq e’tibor qaratildi.
Jumladan, 2022-yil 11-apreldan 28-aprelga qadar, Soipova Komola Safiyevnani fanga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirish va test sinovlariga tayyorgarlik ko’rsatish maqsadida maktabga borib, individual tarizda trening mashg‘ulotlari olib borildi.
Shuningdek, Soipova Kamola Safiyevna bilan umumta’lim maktablarida geografiya darslarini yanada qiziqarli tashkil etish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi hamda fan bo‘yicha ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Suhbat davomida o’qituvchida test jarayonida tushgan geografik masala va mashqlar haqida hamda ularning yechilish usullari haqida bilimlar berildi.
S hu bilan birgalikda, Soipova Kamola Safiyevna tomonidan murakkab mavzu deb topilgan, “O’zbekistonning geologik tuzilishi va yer yuzasining taraqqiyoti”, “Giotizmlar va ularning pog’anasimonligi”, “Jahon xo’jaligi” mavzular yuzasidan hamda ularning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi bilimlarni chuqurlashtirilgan holda yoritib berildi.
X alq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan dastlabki kasbiy diagnostik testda tushgan PISA test hamda nostandart (jadvalli) testlarni ishlanishi va ularni yechishda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Bunda internet saytlarida berilgan PISA testlarni o’qituvchi bilan birgalikda ko’rib chiqildi.
Treng mashg’ulotlari jarayonida test sinovlarida o’quv atlaslaridan tushishi mumkin bo’lgan savollar, geografik xaritalar va ularning shartli belgilariga oid hamda topografik xaritalarda relyefning aks ettirilishiga ya’ni gorizantal chiziqlarga oid savollar, masala va mashqlarning yechilishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi va o’quv atlaslaridan dars mashg’ulotlarida samarali foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalar berildi.
Treng mashg’ulotlarining so’ngi kunlarida Soipova Kamola Safiyevna bilan birgalikda 2022-yil 13-aprel kuni Respublikamiz hududidagi geografiya fani o’qituvchilariga joriy o’quv yilidagi malaka toifalarini oshirish bo’yicha o’tkazilgan navbatdagi attestatsiya sinovlarida tushgan va telegram guruhlarida geograf o’qituvchilar tomonidan muhokama qilinayotgan test savollarini ko’rib chiqildi va testlarni murakkablik darajasi bo’yicha 3 guruhga ajratildi.
Shuningdek, treng mashg’ulotlari davomida o’qituvchi Soipova Kamola Safiyevna tomonidan quyidagicha takliflar bildirildi:
1. Har bir maktabda sifatli taʼlim berish uchun alohida geografiya xonalarini tashkil etish lozim. Sababi koʻrgazmali vositalardan samarali foydalanish uchun geografiya xonalari juda zarur. Chunki geografik xarita va globuslarni hamda ko’rgazmali vositalarni har soatda boshqa xonalarga ko’chirib olib yurish noqulay va ularni tezda yoroqsiz ahvolga olib keladi.
2. Maktab hujjatlarini qisqartirish kerak va oʻqituvchining yuklamasiga dars mashgʻulotlaridan tashqari ortiqcha ishlar (har-xil hisbotlar tayyorlash, tuman miqyosidagi tadbirlar va yig’ilishlarda ishtirok etish) ni yuklashni yuklashni kamaytirish lozim.
3. Maktab o’quvchilarining intizomiga juda qattiq qarash lozim. Davomat masalasida nafaqat o’qituvchi balki ota-ona ham birdek ma’suldir. O’quvchilarni tarbiyasi kun sayin og’irlashib bormoqda. Hatto ota-ona farzandini maktabga yubora olmayapti ya’ni bola ota-onasini gaplariga quloq solmaydi, o’z bilganidan qolmayapti, natijada maktabga kelib dars mashg’ulotlarini buzilishiga olib kelmoqda. O’qituvchi nafaqada bo’lsa ham bolalarni bilimsiz bo’lmasligi uchun ishlashga majbur bo’lmoqda, sababi, yosh pedagog kadrlar tarbiyasi og’ir bolalar bilan ishlay olmayapti va o’z hoxshiga ko’ra ishdan bo’shab ketmoqda, vohalanki, bu yosh pedagoglarning bilimi yetarli lekin o’quvchilar o’qituvchiga haqoratli gaplar hatta qo’l ko’tarish xolatlari uchramoqda. Bunday o’quvchilarga va ularning ota-onalariga qonuniy ravishda intizomiy chora ko’rish yoʻllarini topish lozim.
4. Test sinovlari juda murakkab raqamli maʼlumotlarni kamaytirish lozim. Buday testlar oʻrniga fanining asoslarini ochib beruvchi tushuncha va qonuniyatlar mohiyatini yoritib beruvchi testlar tuzish lozim.
5. Malaka toifalarini berishda oʻqituvchilarning yosh xususiyatlari va pedagogik stajiga ham eʼtibor berish lozim. Masalan, 40 yoshgacha test sinovlarni o’tkazish lozim boʻlsa, 40 yoshdan katta boʻlgan o’qituvchilarga test sinovlari o’rniga dars jarayonlarni kuzatish va pedagogik mahoratiga qarab malaka toifalari berish tizimini ishlab chiqish lozim. Shuningdek, nafaqaga chiqqan pedagog kadrlarni qaysi malaka toifada nafaqaga chiqqan bo’lsa, o’sha malaka toifasini keyingi pedagogik faoliyatlarida cheklanmagan muddatda saqlab qolish lozim. Shundagina nafaqadagi o’qituvchilarni attestatsiya va test sinovlariga jalb etish shart bo’lmaydi. Bu yoshda o’qituvchi butun darsliklardagi ma’lumotlarni yodda saqlab qololmaydi. Lekin dars mashg’ulotlari oldidan albatta bir-ikkita mavzularga puxta tayyorlanib darsni sifatli qilib olib borishi mumkin.
Toshkent viloyati Toshkent tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 25-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Soipova Kamola Safiyevnaning “Geografiya” fani bo‘yicha bilim ko‘rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |