6-mavzu. “Tarbiya” fanidan sinfdan tashqari ishlarga zamonaviy yondashuv


Tadbirlarni tashkil etishda o‘quvchilar jamoasini faollashtirish



Download 0,72 Mb.
bet4/5
Sana17.07.2022
Hajmi0,72 Mb.
#818056
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-ma\'ruza 2

Tadbirlarni tashkil etishda o‘quvchilar jamoasini faollashtirish.
Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash - tarbiyaning yetakchi maqsadidir.
Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo‘yish; faollarni aniqlash, o‘quv mehnat, ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish; sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va ko‘paytirish.
Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoa (maktab, sinf jamoasi, maktabdan tashqari bolalar birlashmasi va hokazolar)ni shakllantirish va rivojlantirish uchun qo‘llanma bo‘lib hisoblanadi.
Bolalarning jamoa turmush normalari va qoidalarining, intizomning buzilishiga munosabatlarini kuzatib, jamoaning tashkiliy tuzulishi ta’sirchanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq bo‘lib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanishi mumkin bo‘lgan ta’sirchan faollar bo‘lmaydi. Shuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muhokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning 2-chi bosqichida bo‘lsa, nomigagina emas balki harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo‘lsa, uning ayrim o‘quvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo‘yishini kuzatish mumkin.
Jamoaning rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilardan biri - o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatga ishtiyoqi keksalar holidan xabar olish, maktab hududidagi o’z sinflari uchun ajratilgan maydonchani tozalash, tadbirga tayyorgarlik ko‘rish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o‘quvchilaming faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo‘ladigan munosabatlami tahlil etish bilangina cheklanib bo‘lmaydi.
Jamoa tashkil etganda o‘quvchilar muhitida mavjud bo‘lgan haqiqiy guruhlarni tuzish, bir-biriga mehr bilan qaraydigan va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur. Pedagog bu guruhlarning xususiyatlarini, ularning yo‘nalishi, qiziqishlari, malakasini va hokazolarni bilishi, hisobga olishi va foydalanishi kerak. Jamoa ishni tashkil etishda va amalga oshirishda, vazifalami taqsimlash vaqtida mazkur xususiyatIami hisobga olish ishning samarodorligini oshiradi. Ikkinchi tomondan, bu hol guruhdagi muammolarni jamoaning qiziqishlari sohasiga va jamoaning qiziqishlarini guruhdagi muomala sohasiga olib kiradi.
Jamoa faoliyatini tashkil etishda o‘quvchilaming shaxslararo real mavjud bo‘lgan aloqalarini hisobga olish ikki xil maqsadga erishish: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular o‘rtasiga muomalaga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi.
Har bir ishning o‘ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo‘lganidek, bola tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim qonun-qoidalari borki, ularga arnal qilish tarbiya ishining samaarali bo‘lishini ta’minlaydi. Chunonchi,
- tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyaning hayot, mehnat bilan, O‘zbekistonirnizning mustaqilligi, gullab yashnashi yo‘lida qilinayotgan fidoiy ishlar bilan bog‘lanishi;
- o‘quvchini jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;
- tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik;
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazarnligi hamda birligi; tarbiyada o‘quvchilarning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Maktablarda tashkil etiladigan “Birinchi qo’ng’iroq”, “Mustaqillik kuni”, “Mehrjon bayrami”, “1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni”, “8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun”, “Navro’z”, “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni”, “9-may Xotira va qadrlash kuni”, alloma va mutafakkirlarning tavallud topgan kunlarini nishonlash, sport tadbirlarini o’tkazish jarayonida sinf rahbari va tadbir tashkilotchisi yuqoridagi qoidalarga amal qilgan holda topshiriqlar berishi lozim.
Sinf rahbarining ish usullari - bu sinf jamoalari faoliyatini tashkil etish hamda o‘quvchilarning ongi va his-tuyg‘ulariga ta’sir etish usullaridir. Sinf rahbari tarbiya usullaridan o‘z ish xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalanadi. Turli xil o‘zaro bog‘langan majmuani qo‘llanishi bolalar, o‘smirlar va yoshlarning ma’naviy qiyofasi, ongi, e’tiqodi, axloqiy tuyg‘ulari va xulq-atvorini tarkib toptirishga yordam beradi.
Sinf rahbari o‘quvchilarni faoliyatga jalb etishi tarbiya jarayonida alohida o‘rin egallaydi, bu faoliyat ularning ijtimoiy faolligini tarkib toptiradi. Turli xil jamoa ishlarida o‘quvchi ishini ijtimoiy mazmuniga ko‘ra bilishga o‘rganadi, o‘zining tengdoshlari va katta kishilar bilan bo‘ladigan munosabat doirasini kengaytiradi, ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirib oladi. Sinf rahbari ish faoliyatining asosiy vazifasi shaxsning o‘z munosabatlarini va faol o‘mini tarkib toptirishdan, shaxsiy tuyg‘ular va axloqiy xatti-harakatlaming muayyan bir yo‘lini rivojlantirishdan iboratdir.
Sinf rahbarining tarbiyaviy imkoniyatlari o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lmaydi. Bunda muayyan usullarni qollash zarur. Biz quyida ana shu usullardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish