4. Pasayish bosqichi. Qanday holat yuz bermasin, baribir ma’lum vaqtdan so‘ngra tovarning sotilishi pasaya boradi. Tovar sotilishining pasayishi ba’zan tez yua bersa, ba’zi hollarda sekinlik bilan bir tekis boradi. Pasayish bosqichi xususiyatlari - raqobatchilar ko‘p, xaridorlar tajribali, bozorni yangi mahsulotlar egallaydi, sotish kamayib, foyda qisqaradi. Qilinishi kerak – mahsulotni sekin-asta yangisi bilan almashtirish kerak. Ba’zan tovar hayotiylik davrining pasayish bosqichida ham tovarni “tiriltirish” va uning hayotiylik davrini davom ettirishga harakat qilib ko‘rish mumkin. Buning uchun firmaning marketing xizmati reklamani faollashtirishi, narxni o‘zgartirishi, tovarlarning o‘rab-joylanishini takomillashtirishi, sotish tizimini qaytadan tashkil etishni, eng asosiysi esa yangi bozorlarga kirish va ularni o‘zlashtirish kabi ishlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
Bozorga kirish bosqichi:
- natijalarning yuqori darajadagi noaniqligi bilan tavsiflanib, yangi tovarning muvaffaqiyat qozonishini oldindan aniqlab bo’lmaydi;
- korxonaning marketing bo’yicha xatti-harakatlari xaridorlar va vositachilarni yangi tovar bilan tanishtirishga qaratiladi;
- bu bosqichda korxona marketing uchun katta xarajatlar qiladi, ishlab chiqarish va sotish hajmining kamligi sababli tannarx yuqori bo’ladi;
- ushbu bosqichda foydaga erishib bo’lmaydi.
O’sish bosqichi:
- sotuvning tez o’sishi bilan tavsiflanadi;
- ishlab chiqarish hajmi ortishi hisobiga mahsulot tannarxi pasayishi kuzatiladi;
- narxlar pasayishi mumkin, bu orqali bozorning ko’proq qismini egallash imkoniyati paydo bo’ladi;
- marketing xarajatlari yuqoriligicha qoladi;
- ushbu bosqichda korxonaning raqobatchilari paydo bo’ladi.
Yetuklik bosqichi:
- talab hajmi o’zining maksimum darajasiga erishadi;
- bu bosqichda bozor kuchli segmentlangan bo’ladi va korxonalar barcha talablarni qondirishga harakat qiladilar. Aynan shu bosqichda tovarni qayta texnologik takomillashtirish yoki modifikatsiyalash samarali hisoblanadi;
- ushbu bosqichda korxonaning asosiy vazifasi – o’zining bozordagi ulushini saqlab qolish yoki imkon darajasida kengaytirish hamda raqobatchilariga nisbatan ustunlikka ega bo’lishdir.
Pasayish bosqichi:
- talabda pasayish kuzatiladi;
- sotuv hajmi foyda olish imkoniyatlari kamayadi, ayrim korxonalar o’z investitsiyalarini qisqartiradi va bozorni tark etadilar. Boshqa korxonalar esa iqtisodiy qiziqishlari mavjud bo’lsa yoki pasayish bosqichma-bosqich yuz berayotgan bo’lsa, bozorga ixtisoslashuvga harakat qiladilar,
- ayrim hollardagi bozorning qayta jonlanishini inobatga olmagan holda, texnologik jihatdan eskirgan tovarni ishlab chiqarishni to’xtatish muqarrar yuz beruvchi holatga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |