6-Mavzu. Marjinalizm ta'limoti. (2-soat). Reja


Amerikalik neoinstitusionalizm



Download 34,14 Kb.
bet11/19
Sana29.12.2021
Hajmi34,14 Kb.
#77296
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Ma'ruza 6

Amerikalik neoinstitusionalizm nazariyotchilari iqtisodiy jarayonlarni industriya rivoji va texnokratiya rolining o'sishi bilan bog'lamoqdalar, shuningdek bu jarayonlarning borishini tushuntirishda jamiyat ijtimoiy hayotiga asoslanmoqdalar. Bunday xilma-xillik tufayli ijtimoiy-institusional yo'nalish ichida turli oqim va maktablar vujudga keldi. Institusionalizmdagi ana shunday uchta asosiy:

        1. Ijtimoiy-psixologik;

        2. Ijtimoiy-huquqiy;

        3. Empirik yoki kon'yunktur-statistik oqimni ajratish mumkin. Lekin, shu bilan birga, barcha yo'nalishlar uchun xos bo'lgan umumiylik ham mavjud. Ularning barchasi ozmi- ko'pmi burjua jamiyatini ahloqiy-psixologik jihatdan tanqid ostiga oladilar, iqtisodiyot fanida reformistik yo'lni oqlaydilar va bu oqim olimlari burjua jamiyatini mutlaq maqtashdan chetlangandirlar.

Ijtimoiy-psixologik institusionalizmning asoschisi Torsteyn Veblen va uning tarafdorlari iqtisodiy jarayonlarga psixologik jihatdan yondashib, iqtisodiy rivojlanishning psixologik nazariyasini yaratishga intildilar. Veblenning asosiy asarlari «Bekorchi sinflar nazariyasi» (1899), «Mohirlik instinkti» (1914), «Fanning hozirgi sivilizasiyadagi o'rni va boshqa ocherklar» (1919), «Muhandislar va baho tizimi» (1921) va «Zamonaviy o'zgaruvchi tizimlar to'g'risidagi ocherklar» (1934) kitoblarida jamlangan. U keng sosiologik tadqiqotlar olib borish asosida unga zamondosh bo'lgan jamiyatni juda qattiq tanqid ostiga oldi. Kapitalizm illatlari mavjud xususiy mulk bilan tushuntiriladi (sosialistik yo'nalishni eslang). Xususiy mulkning tanqid qilinishi albatta burjuaziya mafkurachilarini ham tashvishga soldi. Uningcha, xususiy mulk, ayniqsa rante (absenteistik mulk) borligi tufayli aholining ma'lum bir qismi parazitik hayot kechiradi. Shu tufayli kapitalizmning harakatlantiruvchi kuchi buzilib boradi, ayniydi. Veblen marksist bo'lmagan, ammo kapitalizm tuzumining yaramasligini tan olgan, u hatto birinchi paytlarda 1917 yildagi oktyabr inqilobini qutlagan, uni mavjud tuzumni o'zgartirish kerak, degan fikrning tasdigi deb o'ylagan. Amalda esa u kapitalizmni «texnokratik» jamiyatda islohotlar yo'li bilan «yaxshilash» usulini taklif etadi. Bu g'oyalar marksizmga zid fikrlardir.

Veblen «Bekorchi sinflar nazariyasi» («Teoriya prazdnogo klassa») kitobida quyidagilarni yozadi: «Jamiyatdagi odamning hayoti boshqa turdagi hayot kabi mavjudlik uchun kurashdir va demak, tanlanish va moslashish jarayonini aks ettiradi. Jamiyat strukturasining evolyusiyasi institutlarning tabiiy tanlanish jarayonidir». Darvinning tabiiy tanlanish ta'limoti ijtimoiy hodisalarga mexanik ravishda ko'chiriladi. Insonning ongli harakatiga etarlicha baho bermasdan, odamlarning yurish-turishi g'ayriixtiyoriy saboqlar, instinkt, fe'l-atvor va odatlar orqali tushuntiriladi. Jamiyat rivoji biologik qonuniyatlar bilan bir xil deb qaraladi, proletariatnig sinfiy kurashi inkor qilinadi, markscha inqilobga darvinistik evolyusionizm qarama-qarshi qo'yiladi.



J.Kommons ijtimoiy-huquqiy institusionalizm yo'nali-shining asosiy vakili hisoblanadi. Uning asosiy g'oyalari amerika tred-yunionizm mafkurasini ifodalaydi. Uning ta'limoti jamoat institutlari faoliyatini (oila, ishlab chiqarish korporasiyasi, savdo birlashmalari, tred-yunionlar, davlat va yuridik huquqiy munosabatlar) tadqiq etish bilan bog'liq.

U mavjud tuzumni isloh va modernizasiya qilishga intiladi, biznes tizimini shunchalik samarali qilish kerakki, u o'zini o'zi saqlashga qodir bo'lsin, deydi u. Kommonsning asosiy g'oyalari «Kapitalizmning huquqiy asoslari» (1924), «institusional Iqtisodiyot. Uning siyosiy iqtisoddagi o'rni» (1934), «Jamoa faoliyatining iqtisodiy nazariyasi» (1950)

asarlarida o'z aksini topgan.

Mitchell ustozi Veblendan tadqiqotning genetik uslubini meros qilib oldi, uningcha iqtisodiy hodisalarni belgilovchi omillar bu ijtimoiy psixologiya, an'ana va urf-odatlardir, shu sababli tadqiqot predmeti sifatida odamlarning jamiyatdagi hulqi o'rganilishi kerak. Shuningdek, ustozning ishlab chiqarish va biznes o'rtasidagi qarama-qarshilik to'g'risidagi fikri ham qabul qilingan, bu ishlab chiqarish va narxlar faoliyati harakatidagi farqlarning sababini ko'rsatadi.

U o'zining «Iqtisodiy nazariya tiplari to'g'risida leksiyalar» (1935) asarida iqtisodiy masalalarni madaniyat va sosiologiya muammolari bilan o'zaro aloqada, ammo asosan psixologik tahlil asosida tadqiq etadi. Siyosiy-iqtisodiy institutlar to'g'risidagi ta'limot sifatida qaraladi. Kapitalistik ishlab chiqarishni tartibga solish zarurligi, Mitchell ta'limotining bosh qisqacha xulosalarsidir.

Mitchell tadqiqotlari empirik va institusional uslublarning qorishmasidan iborat. U iqtisodiy siklning amaldagi modelini loyihalashtirishga muvaffaq bo'la olmadi.




Download 34,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish