6-mavzu. L. Bеtхоvеn ijоdi Reja


Fоrtеpiаnо ijоdi. Simfоnik ijоdi



Download 22,34 Kb.
bet5/5
Sana03.02.2023
Hajmi22,34 Kb.
#907326
1   2   3   4   5
Bog'liq
Betxoven (1)

Fоrtеpiаnо ijоdi. Simfоnik ijоdi. L.Betxoven 57 yillik umri davomida bitta opera (Fidelio), 9 simfoniya, Prometeyning yaratmalari (Tvoreniya Prometeya) baleti, Gyotening "Egmont" dramasiga musiqa, oratoriya va 2 ta messa, shu jumladan tantanali messa, kantatalar, xorlar, 11 uvertyuralar ular ichida "Leonora №3", "Koriolan", "Egmont" kamer musiqali asarlari, turli asboblar va ulardan tuzilgan uyushmalar uchun kontsertlar, fortepiano uchun turli p`esalar va boshqa asarlar, 32 fortepiano sonatalari (bular orasida mashxur "Patetik", "Oy yog’dusi" (lunnaya), "Avrora", "Appassionata" va boshqalar, 22 ta variatsiyalar (turkum), 90 dan zied qo’shiqlar (ular orasida "Uzoqdagi sevgilimga", turkum to’plami, qo’shiqlaridan biri (sug’ur) umumta`lim maktabining 4 sinfida kuylash uchun tavsiya etilgan. Shotland, irland xalq qo’shiqlarini qayta ishlangan nusxalari va boshqalarni yozgan.
L.Betxoven 12 yoshidan ijod qila boshlagan, uning birinchi asari kompozitor Dreslerning temalariga yozgan variatsiyalaridir (variatsiya biror bir musiqiy temani xilma-xil variantlarini yaratib uni boyitishdir).
Betxovenning dastlabki (Bonndagi ijodi davri (1783-92)da taxminan 50 ga yaqin asarlar yaratilgan. Bo’lar asosan trio, sonatina va qo’shiqlardir. Shu davrda yaratgan asarlari orasida sol major sonatasi va "Sug’ur" ("Surok") qo’shig’i ko’proq mashxur bo’ldi.
Betxoven 1792 yilda Ovrupo musiqiy markazlaridan biri bo’lgan Venaga ko’chib boradi. Shu davrda jarangdor ammo tez so’nib qoladigan ovozga ega bo’lgan klavesin asbobi bilan raqobat qilayotgan fortepianoda chalish birmuncha ustuvor edi. Yosh Betxoven Vena musiqa muxlislarini o’zining fortepiano ijrosi bilan maftun qildi. Quloqqa xush yoqadigan, nozik musiqa asarlari, ya`ni Gaydn va Motsart ijodiga o’rganib qolgan Vena musiqa ixlosmandlari tantanali, keskin akkordlarga boy, jiddiy, qahramonlik, kurash va shu orqali "zulmatdan yorug’likka" degan shior ostida yangrayotgan Betxoven ijodini mutlaqo boshqacha qabul qila boshladilar. Betxovenning nomi keng tarqalib ketdi. U aristokratlar salonlarida kontsertlar berib tomoshobinlarni o’ziga jalb qiladi. Musiqa darslari beradi.
Betxoven Vena ijodi davrining boshlanishi hisoblangan (1795-1803 yillarda ko’pgina asarlar yaratdi. Ammo Betxoven ijodining gullagan davri asosan (1803-1812) yillar desa xato bo’lmaydi. Chunki uning aksariyat yetuk asarlari shu davrda yaratilgan.
Betxovenning simfoniyalarida qahramonlik g’oyailari, yuksak g’oya va obrazlar, dramatizm va emotsional his-tuyg’ular aks ettirilgan. Uning qahramonlik uchinchi va beshinchi simfoniyalarida asosan "Kurash orqali g’alaba" degan shior ruhi seziladi. 5-chi simfoniyasida Betxovenning o’zi "Taqdir shunday eshik qoqadi" degan edi. U o’sha davrdagi revolyutsion g’oyailarga (ya`ni 1782 yilgi Frantsuz revolyutsiyasi) sodiq bo’lib, asarlarida tinchlik, ozodlik, haqiqat, yaxshilik kabi ideallarga intiladi. Oxirgi 9-chi simfoniyasiga esa simfoniya an`analaridan chekinib, yangicha yo’l tutgan holda mashxur nemis shoiri F.Shillerning shodlikka maqtovi (odasi) so’z matnlari asosida xor ham kiritadi. Simfoniyaning finalida (oxirida) yangraydigan xor qismi yoshlikning qudrati va shijoatini kuylaydi.
Yosh hayotning gulxani, shodlik
Yangi erkin kunlarning sharti,
(Radost, yunoy jizni plamya!
Novix svetlix dney zalog.)
Ulug’vor, qudratli bu final musiqasi jahon xalqlarini birlashishga, baxtli yashashga, shodlikka chaqiradi. Betxoven "Egmont" uvertyurasini Gyotening tragediyasiga (1810 yilda) yozib tugatgach 9 ta nomeridan birinchi musiqa materialiga asoslanib yozadi. Bu tragediya Betxovenni qahramonlik mazmuni orqali o’ziga jalb etdi. "Egmont" dagi voqealar XVI asrga daxldor bo’lib, ispanlar niderlandlarni bosqinchilik yo’li bilan o’zlariga itoat qildirib, ular ustidan hukmronlik qilganlar. Niderland xalqi bosqinchilarga qarshi kurash boshlaydilar. Shu kurashda Graf Egmont botirlik va mardlik ko’rsatib, xalq ozodlik harakatlariga boshchilik qiladi. Egmont mardlarcha halok bo’lsada, xalq ozodlikka erishadi. Agar 5-chi simfoniyada voqealar 4 qismi davomida rivojlangan bo’lsa, bu asarda shu tragediya bir qism doirasida qisqa va ixcham shaklda ko’rsatiladi. Ya`ni bu asar cholg’u asari bo’lganligi sababli uning programmasi (mazmuni) haqida fikr yuritganimizda mavhum emas, balki Gyotening asariga asoslanamiz.
Buyuk Betxoven o’zining oltin durdonalari bilan jahon musiqa madaniyatini boyitgan kompozitordir.
Download 22,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish