6-Mavzu: Korxona tavsifi



Download 51,96 Kb.
bet9/10
Sana04.11.2022
Hajmi51,96 Kb.
#860407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxona tavsifi

Korporatsiya yirik aksioner jamiyatlar birlashmasi hisoblanib, bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Natijada ishlab chiqarish monopollashadi. Korporatsiya atamasi lotincha korporatio so’zidan olingan bo’lib, birlashma, hamjamiyat ma’nosini beradi.
Korporatsiya investitsiya kapitalining markazlashuvini, ilm-fan taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardosh bo’lishini va uzoq hayot siklini ta’minlaydi. Korporatsiyalar tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi aksiyadorlik jamiyatlarining xohish-ixtiyori bilan paydo bo’ladi. Har bir korxona faoliyatini yurgizish uchun o’z holicha turli funksiyalarni, ya’ni:
- xom ashyo, materiallar, energiya, uskuna qidirib topish, sotib olish va texnologik takomillashtirish;
- mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash;
- tayyor mahsulotni sotish bo’yicha qator ishlarni bajarishi lozim bo’ladi.
Bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi bir qancha korxonalar yig‘ilishib, barcha uchun umumiy bo’lgan korxonalar faoliyatini ta’minlovchi funksiyalarni hamma uchun bajaradigan bir idora, muassasa tuzishni rejalashtirganlar. Natijada shunday birlashma yuzaga kelganki, unda korxonalar o’z mulki va iqtisodiy mustaqilligini saqlagan holda hammalari uchun umumiy bo’lgan funksiyalarni bajarishdan ozod bo’lganlar va shu funksiyalarini bajarganligi uchun umumiy idora-muassasaga xaq to’laganlar.
Konsern umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo’shma faoliyatda ishtirok etish bilan bog‘liq bo’lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks ettiradi.
Konsern – bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko’p tarmoqli korporatsiya. Konsern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida joylashgan unlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Konsern tarkibiga kirgan korxona va tashkilotlar orasida o’zaro korporatsiyalangan turg‘un aloqalar mavjud bo’lib, ular konsern rivoji yo’lida umumiy moliyaviy resurslardan va yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar.
Konsorsium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladigan muvaqqat birlashmasidir. Konsorsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi.
Konsorsium a’zolarining huquq va majburiyatlari kon­sorsium to’g‘risidagi bitimda belgilab qo’yiladi. Qo’yilgan vazifani bajarish uchun konsorsium ishtirokchilari badallari hisobidan yagona moliyaviy va moddiy fondlar barpo etadilar, byudjet mablag‘lari va davlat bankidan kreditlar oladilar. Vazifa bajarilgach, konsorsium tarqaladi. Konsorsiumlarga boshqaruv bo’yicha qo’mitalar, direktorlar kengashi kabilar boshchilik qiladi. Konsorsiumlar aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta miqdordagi sarmoyali sohalarda keng tarqalgan.

Download 51,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish