Maslahat uslublari. Maslahat uslublari turli xil bo’lishi mumkin.
Maslahatning uch turi – ekspertli, jarayon va o’rgatuvchi maslahatlar keng
qo’llaniladi.
Ekspertli maslahat – konsaltingning eng passiv shaklidir. Maslahatning
bu turida maslahatchi diagnostika, qaror qabul qilish va ularni joriy etishni
mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mijoz esa bunday hollarda maslahatchiga
kerakli axborot etkazib berishi zarur bo’ladi.
Jarayon maslahatida – loyihani ishlab chiqish bosqichlarida konsalting
firma maslahatchilari mijoz bilan faol ish olib borib, yuzaga kelgan
muammolarni hamkorlikda tahlil qiladi va kerakli takliflar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |