Tadbirkorlik tushunchasi va tadbirkorlik faoliyatining mohiyati
Tadbirkorlik bozor iktisodietiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshkacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chikarish va ayirboshlashni tashkil etish buyicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida tadbirkorlikka kuyidagicha ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik-mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdir”.
Tadbirkorlikning mohiyati kuyidagilar orkali yanada oydinlashadi:
Birinchidan, tadbirkorlikning sub’ekti kim bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risidagi Qonunga muvofik balogat eshiga etgan xar bir fukaro uz mulki asosida eki mulk egasining vakolati asosida uz ixtier etgan Qonunga zid bulmagan faoliyat turi bilan shugullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yukoridagi ta’rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni ifoda etilgan bo‘lib, u mazmunan boy, xilma xil kurinishiga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish moxiyat jixatidan davlat, jamiyat axamiyatiga molik ish bulmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruxini aloxida ko‘rsatish mumkin:
yangi tovar yoki xizmat loyixasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shugullanadi.
tovar ishlab chikarishni tashkil etish bilan shugullanuvchi tadbirkorlar.
tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shugullanuvchi tadbirkorlar.
Uchinchidan, maqsad jixatidan tadbirkorlikning ikki turini:
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan;
b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muxofazasi, yosh avlod tarbiyasi, soglikni saklash) erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar kuyidagilardan iborat:
SHugullanaetgan soxa buyicha ilm, bilimga egaligi.
Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul kilish buyicha tashabbuskorlik kobiliyati.
Iqtisodiy jaraenlarni chukur fikrlay olish.
Qonunlarga itoatkorligi.
Innovatsiyachilikning faolligi.
Maqsad sari intiluvchanlik.
Tashkilotchilik.
Tejamkor bo‘lishi.
Uz so‘zining ustidan chikish.
Ruxiy poklik va xalolligi.
Uz jamoasi uchun ko‘rashuvchanlik.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kuyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:
Mulk munosabatlarining uygunlashuvi. Bozor iktisodieti sharoitida mulkiy munosabatlar uch jixat bilan belgilanadi: -
egalik kilish, ya’ni mulk egasi sifatida mulkka tula xukumronlik kilish: sotish, ijaraga berish, xadya etish;
foydalanib turish, ya’ni mulk egasining nazorati asosida ma’lum shart va to‘lov evaziga mulkdan vaktincha foydalanish;
operativ tezkor boshkarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida resruslarni taksimlash va ishlab chikarishni tashkil etish buyicha mulkni boshkarish huquqini joriy etish.
Tadbirkorlarga uz kobiliyatini tula namoen etish uchun kuyidagi iqtisodiy erkinliklarning berilishi.
maxsulot assortimenti turlarini ava ishlab chikarish usulini tanlash erkinligi;
xamkorliklarngi mustakil tanlash;
mablaglarni qonunga zid bulmagan soxalarga mustakil sarflash erkinligi va x.k.;
Bozorning ochikligi, ya’ni tovarlar, sarmoyalar, ma’lumotlar, ish kuchi, xom ashe xarakati uchun sun’iy goyalarning yukligi.
Bozor infratuzilmasining mavjudligi.
Bunga kuyidagilar kiradi:
tijorat banklari;
tovar, fond, mexnat, valyuta birjalari;
tijorat tavakkalchiligi va mulk sug‘urtasi;
ma’lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari;
ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari, arbitrajlar va x.k.
Tadbirkorlik uchun huququiy kafolatning mavjudligi, ya’ni tadbirkorlikni ximoyalovchi Qonunchilikning mavjudligi.
YAngi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq tulash, tabiiy boyliklardan foydalanish buyicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va x.k.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada ragbatlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘rsatilishicha: xususiy tadbirkorlik, kichik va urta biznesni rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati soxasiga kredit resurslarini keng jalb kilish va xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun makbul sharoit yaratish maqsadida;
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari kuidagicha belgilangan:
-mulk shaklidan kat’iy nazar ishlab chikarish, ilm-fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, chakana savdo Qishloq xo‘jaligi va boshka ishlab chikarish soxalarida 100 nafardan, kichik tadbirkorlik korxonalari bo‘lib hisoblanadi;
- mulk shaklidan kat’iy nazar boshqa korxonalarning ishchi va xizmatchilarini soni 100 nafardan oshgan tadbirkorlik korxonalari yirik korxonalar hisoblanadilar.
Xozirda tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va xususiy tadbirkorlik soxasiga xorijiy sarmoyalarni olib kirish uchun mikrofirmalar, kichik korxonalar va korxonalar tashkil etilib, makbul sharoitlar yaratilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |