O’rgatuvchi maslahatida – mutaxassislarning asosiy maqsadi g’oyalarning
yuzaga kelishi, echimlar qabul qilish uchun asos tayyorlashdir. Shu maqsadda
mijozlar uchun ma’ruzalar o’qiladi, seminarlar o’tkaziladi, o’quv qo’llanmalari ishlab chiqiladi. Umuman olganda mijozlar kerakli nazariy va amaliy axborotlar bilan ta’minlanadi. Amalda esa yuqoridagi har bir maslahat turlari sof holda qo’llanilmaydi, ular kombinatsiyalashgan shaklda uchraydi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati ko’p yillar
mobaynida bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan
hisoblanadi. Konsalting xizmati statistika tomonidan maxsus tarmoq deb tan olingan. AQSh da ushbu tarmoqda 700 ming kishi band bo’lib, uning bir
yillik xizmat hajmi 50 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |