6-mavzu: jamiyat va inson falsafasi


Formatsion va sivilizatsion yondoshuvlar rivojining nisbati va istiqbollari



Download 270,96 Kb.
bet19/43
Sana14.04.2022
Hajmi270,96 Kb.
#550426
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Bog'liq
6- Mavzu

Formatsion va sivilizatsion yondoshuvlar rivojining nisbati va istiqbollari. Formatsion va sivilizatsion yondoshuvlar bir-birlaridan farqqiladi. Ammo bir-birlarini to`liq inkor etmaydilar, ular bir-birini o`zaro to`ldiradi. Agar formatsion yondoshuv – tarixning ijtimoiy-iqtisodiy kesimi bo`lib, tarixni moddiy ishlabchiqarish usuli asosida tahlil etsa, sivilizatsion yondoshuv madaniyat omiliga, madaniyatga, asosan, xulq-atvor xarakteriga – an`analarga, urf-odatlarga, turmush tarziga, mentallikka e`tibor qaratadi.
Formatsion yondoshuv jamiyatni vertikal kesmasi bo`yicha rivojlanishini quyi bosqichdan yuqoriga qarab murakkablashib borishini ko`rsatsa, sivilizatsion yondoshuv jamiyatni gorizontal yo`nalishdagi rivojini tarixiy makondagi tarixiy tuzilmalar, sivilizatsiyalar, unda yashovchi, ong va irodaga, muayyan qadriyatlarga ega bo`lgan kishilarning o`ziga xos madaniyatlari, turmush tarzlarining tahlilidan iborat.
Formatsion nazariya yangilanishi mumkin va zarur, shu jumladan sivilizatsion yondoshuv elementlari asosida ham. O`z navbatida sivilizatsion yondashuv ham, insoniyat tarixining yaxlit manzarasini aks ettiruvchi formatsion nazariyaning oqilona elementlari hisobiga yangilanishi mumkin.
Jahon rivojining zamonaviy konsepsiyalari.
SSSR va jahon sotsializm tizimining halokatga yuz tutishi bilan xalqaro hamjamiyatning geosiyosiy strukturasi o`zgardi. Xalqaro munosabatlarning ikki buyuk davlat – Amerika Qo`shma SHtatlari va Sovet Ittifoqi o`rtasidagi kuchlarning, ayniqsa, harbiy sohadagi nisbiy mutanosibligiga, kapitalistik va sotsialistik tizimlar o`rtasida dunyoni «sovuq urush» asosida qarama-qarshi bloklarga bo`linishiga asoslangan ikki qutbli sistemasi barham topdi. Xalqaro hamjamiyat xalqaro munosabatlarning yangi davriga – yangicha dunyoviy tartibotga qadam qo`ydi. Jahon siyosatshunosligida dunyoda yuzaga kelgan yangicha vaziyat to`g`risida bahs-munozaralar avj ola boshladi.
«Tarixning intihosi (nihoyasi)» konsepsiyasi. Mazkur munozaraga birinchilar qatori «tarixning intihosi» ta`limotining asoschisi amerikalik siyosatshunos F.Fukuyama hisoblanadi. Uning fikricha, eng buyuk kommunistik davlat – Sovet Ittifoqining qulashi va ijtimoiy tuzum sifatida sotsializmning o`z-o`zidan barham topishi dunyoning bipolyar, ya`ni ikki qutbli tizimining tugashi va ko`p qutblilik holatiga o`tishi bilan cheklanib qolmasdan, an`anaviy, ya`ni ijtimoiy ma`noda tarixning ham intihosiga etishini anglatadi. «Tom ma`noda tarix yakuniga etdi: mafkuraviy evolyusiya tugadi va boshqaruvning so`nggi shakli sifatida g`arb liberal-demokratiyasining universallashuvi boshlandi», - deb yozadi u37. Dunyo endi liberal-demokratiya darajasiga etgan «tarixdan keyingi» xalqlar va hali «tarixda mavjud», lekin rivojlanishning asosiy maqsadi mutlaq g`arblashish (vesternizatsiya) bo`lgan hamda AQSHda o`zining yorqin ifodasini topgan g`arbona qadriyatlar orqali «tarixdan keyingi» mamlakatlar hamjamiyatiga qo`shilishdan iborat xalqlarga bo`linadi. Aynan AQSH jahon hamjamiyatiga etakchilik vazifasini va yangicha dunyoviy tartibot uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga oluvchi yagona buyuk davlat sifatida ko`rsatiladi.

Download 270,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish