6-mavzu: jamiyat va inson falsafasi



Download 270,96 Kb.
bet17/43
Sana14.04.2022
Hajmi270,96 Kb.
#550426
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Bog'liq
6- Mavzu

Sivilizatsion yondoshuv. Formatsion yondoshuvdan farq qilib, sivilizatsion yondoshuv yagona, yaxlit tizimga tushirilgan ta`limot sifatida shakllangan emas. «Sivilizatsiya» tushuchasi (lot. civilize – fuqarolarga, davlatga xos) ilk bor XVIII asrda evropalik ma`rifatparvarlarning asarlarida qo`llana boshladi. U jiddiy evolyusiyaga yuz tutib, hozirgi paytgacha bir qancha ma`nolarda qo`llaniladi30. Dastlabki davrlarda u tabiat olami tuzilishidan farqli ravishda umuman insoniyatni, uning ijtimoiy tuzilishini anglatgan va birlik shaklda ishlatilgan. Keyinchalik u yovvoyilik va johillikdan keyin keluvchi ijtimoiy rivojlanish bosqichini bildirgan. Co`ngra u qadriyaviy xususiyat kasb etib, madaniyat tushunchasiga, ayniqsa, individual va ijtimoiy xulq-atvor normativlariga singib ketgan ma`naviy madaniyat, ya`ni kishilar, xalqlarning mentalligi ma`nosiga yaqinlashib qoldi. Amerikalik olimlar A.Kreber va K.Klakxan 1952 yilda «madaniyat» terminining 164 ta ta`rifini e`lon qildilar va ko`p hollarda uni «sivilizatsiya» termini bilan bir qatorda qo`llanilganligini qayd etdilar31. «Sivilizatsiya» va «madaniyat» tushunchalari ko`pincha sinonimlar sifatida ishlatib kelindi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan sivilizatsiya tushunchasini butun bir xalqlar va mamlakatlarning rivojlangan holatiga, «oliy darajadagi madaniy tuzilmalar»ga tatbiqan, ko`plik shaklida qo`llanila boshlandi. 1861 yilda Zalsburgda insoniyat sivilizatsion rivojining rang-barangli nazariyasini, tarixga madaniy-tarixiy yoki sivilizatsion yondoshuvni shakllantira boshlagan madaniy-tarixiy maktab paydo bo`ldi. N.YA. Danilevskiy (1822-1865), O.SHpengler (1880-1936), A.Toynbi (1889-1975), P.A.Sorokin (1889-1968) va boshqalar ushbu maktabning mashhur namoyondalari edi. Ularning har biri «sivilizatsiya» terminiga o`z talqinlarini berganlar: Danilevskiy – «madaniy-tarixiy tiplar», SHpengler – «Etuk madaniyatlar», Toynbi – «Lokal sivilizatsiyalar», Sorokin – «Madaniy supersistemalar» g`oyalarini ilgari surishgan. Ularning ichida eng ommaviylashgani «lokal sivilizatsiyalar» termini bo`ldi.
Umuman olganda, madaniy-tarixiy yo`nalish namoyondalari sivilizatsiyani odatda etnik chegaralar bilan mos tushmaydigan, etnoslararo xarakterga ega bo`lgan madaniyat tiplari tarzida tushunganlar. Lekin etnoslararo sivilizatsiyalar muayyan madaniy markazlarning kuchli ta`siri ostida vujudga keladi. Xususan, Qadimgi SHarqqa nisbatan yaqin sharq, hind va uzoq sharq sivilizatsiyalari, Evropaga nisbatan esa – antik sivilizatsiya haqida fikr yuritilib, ular mos ravishda Qadimgi Mesopotamiya, SHimoliy Hind, Xitoy va Gretsiya ta`sirida paydo bo`lgan.
Sivilizatsion yondoshuvda sivilizatsion ayniyat (identichnost) mezonlari, ya`ni madaniyatning u yoki bu tipini qanday belgilar asosida aniqlanishi masalasi nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo`ladi. SHunga bog`liq holda ularning soni, klassifikatsiyasi va o`zaro aloqadorligi muammosi turlicha hal etiladi. Masalan, O.SHpengler sivilizatsiya shakllanishida dinning belgilovchi ahamiyat kasb etishini ko`rsatib, 8 ta buyuk madaniyatlar yoki sivilizatsiyalar nomini keltiradi. Bular: misr, bobil, hind, xitoy, appolon (YUnon-rim), arab (afsunkor), Meksika, g`arb (faust) madaniyatlari yoki sivilizatsiyalaridir32.
A.Toynbi sivilizatsion ayniylikning mezoni sifatida, din, tarix, til, an`ana va madaniyatni qabul qiladi hamda shu asosda 5 ta «jonli» sivilizatsiyalarni ajratadi – g`arb xristianligi orqali birlashagn g`arb jamiyati; janubi-sharqiy Evropani Rossiya bilan birlashtirgan pravoslav-xristian jamiyati, SHimoliy Afrikadan tortib Buyuk Xitoy devori hududigacha bo`lgan – islom jamiyati, tropik-subkontinental Hindistondagi – hind jamiyati, Janubiy-SHarqiy Osiyoning subtropik va mo``tadil hududlarida shakllangan – Uzoq SHarq jamiyati33.
N.Danilevskiy 10 ta sivilizatsiyani yoki uning iborasi bilan aytganda, madaniy-tarixiy tiplarni farqlaydi. Bular: misr, ossuriya-bobil-finikiya-xaldey (qadimgi somiy), xitoy, hind, eron, yahudiy, yunon, rim, arab (yangi somiy), evropa (romano-german)34 sivilizatsiyalaridir.
Sivilizatsion konsepsiya tarafdorlari rivojlanishning davriyligi nuqtai nazaridan turib, sivilizatsiyaning vujudga kelish, gullab-yashnash va halokati bosqichlarini ajratadilar. Uni o`simliklar, jonivorlar va inson hayoti davrlari bilan qiyoslab, sivilizatsiyalar «tug`iladi, rivojlanishning turli bosqichlaridan o`tadi, qariydi, so`nadi, halok bo`ladi», deb hisoblashadi. Umuman olganda, tarix, ularning fikricha, jahon tarixi miqyosida muayyan tarzda o`zaro aloqada bo`lgan, rivojlanib boruvchi lokal sivilizatsiyalar majmuini tashkil etadi, jahon sivilizatsiyasi esa, turli sivilizatsiyalarning o`zaro ta`siri natijasidir.
SHunday qilib, sivilizatsiya – tarixning madaniy-tarixiy konsepsiyasi nuqtai nazaridan, - sotsiomadaniy asosga ko`ra bir-biridan farq qiluvchi mamlakat va xalqlarning yirik hamda uzoq davom etadigan mustaqil umumiyati bo`lib, ularning o`ziga xosligi tabiiy, oxir-oqibat hayotning ob`ektiv sharoitlari, shuningdek, ishlab chiqarish usuliga bog`liq bo`ladi. Bu umumiyatlar vujudga kelish, shakllanish, inqiroz va barham topish bosqichlarini bosib o`tdilar.

Download 270,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish