Jamiyat tushunchasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari. Tarixning mazmuni, yo‘nalishlari va konsepsiyalari.
Sotsium murakkab, ko`ptomonli, serqirra ob`ekt bo`lgani uchun uni faqat birgina fanning predmeti sifatida ta`riflab bo`lmaydi. Uning turli tomonlari turli fanlar yordamida o`rganiladi. SHuninguchun ham ijtimoiy bilish to`g`risida so`z yuritganimizda, uning jamiyat to`g`risidagi fanlarning majmui ekanligini hisobga olamiz. Bu majmuada ijtimoiy qonuniyatlar va institutlarni, ijtimoiy tuzilma va stratifikatsiyani, turli darajadagi ijtimoiy tizimlarning ijtimoiy aloqalari va o`zaro munosabatlarini o`rganuvchi sotsiologiyamuhim o`rin egallaydi. Eng zamonaviy ta`rif quyidagicha ifodalanadi: «sotsiologiya - jamiyatning vujudga kelish, faoliyat ko`rsatish va rivojlanishining umumiy va o`ziga xos ijtimoiy xususiyatlari hamda qonuniyatlari, ularning rivojlanishi, odamlarning hatti-harakatlarida, o`zaro munosabatlarida, odamlar jamoalarida va umuman jamiyatda amalga oshirilish yo`llari, shakllari va usullari to`g`risidagi fandir»1.
Ijtimoiy bilish majmuasidagi muhim fanlardan yana biri psixologiya bo`lib, u insonning ichki dunyosini, ruhiyatning shakllanish va faoliyat ko`rsatish qonuniyatlarini o`rganadi.
Sotsiologiya va psixologiya fanlarining to`qnashish nuqtasida yangi ilmiy fan – ijtimoiy psixologiya vujudga kelib, uning predmeti ijtimoiy-psixologik hodisalar, ijtimoiy kayfiyat, sezgilar, odatlar, an`analar, xatti-harakat normalari va boshqalarning paydo bo`lishi, rivojlanishi hamda transformatsiyasining umumiy va o`ziga xos qonuniyatlaridan iboratdir.
Ijtimoiy bilishda tarix fani yana bir muhim o`rinni egallab, u umumiy ijtimoiy qonuniyatlarni alohida olingan faktlar tahlili orqali o`rganadi. Tarix fani «ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlarini aniqlab, tarixdagi qaytarilish lahzalarini o`rganish bilan birga har bir tarixiy voqeaning, har bir tarixiy shaxsning o`ziga xosligi va noyobligini ko`rsatib beradi»2. Tarix fani ijtimoiy bilishning qismi bo`lish bilan birga, uning o`zi majmuiy fan hisoblanib, uning tarkibiga arxeologiya, manbashunoslik, san`at tarixi va boshqalar kiradi. Bu majmuada etnologiya (etnografiya) alohida o`rinni egallab, bu fan turli bosqichdagi etnik guruhlarning paydo bo`lishi, rivojlanishi va ahamiyatini o`rganadi.
Etnologik bilish ko`pmillatli, polietnik sotsiumlarda yuz beradigan jarayonlarni tahlil qilishda muhim rol o`ynaydi.
Ijtimoiy bilish yuqorida ko`rsatilgan fanlardan tashqari siyosatshunoslik (siyosiy institutlar va jarayonlar), etika (jamiyatning ahloqiy rivojlanishi to`g`risidagi fan), iqtisodiy nazariya, kulturologiya (madaniyatshunoslik), pedogogika, huquqshunoslik, san`atshunoslik, dinshunoslik va boshqa shu kabi fanlarni ham o`z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |