6-mavzu: jamiyat va inson falsafasi


Jamiyatning idealistik talqini



Download 270,96 Kb.
bet5/43
Sana14.04.2022
Hajmi270,96 Kb.
#550426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
6- Mavzu

Jamiyatning idealistik talqini. Jamiyat rivojlanishini idealizm nuqtai nazaridan tushuntirib berish antik davrga - Fukidid va Geradot yashagan davr (mil. avv. V asr)ga to`g`ri keladi. Aflotun («Davlat», «Qonunlar» va boshqa asarlarida) jamiyat to`g`risidagi idealistik ta`limotni keng rivojlantirgan. Etatik an`ana undan boshlanib, unga asosan jamiyat bilan davlatni aynan bir deb tushuntirishga harakat qilingan. Aflotun o`zining uch ijtimoiy sinfdan iborat ideal davlatning modelini ishlab chiqqan: «faylasuflar» («donishmandlar») davlatni boshqaradilar; «lashkarlar» («qo`riqchilar») qo`riqlaydilar, ozod mehnatkashlar (dehqonlar, hunarmandlar), shuningdek qullar (ular jamiyat va uning tizimdan tashqaridalar) mehnat qiladilar. Aflotun ijtimoiy taraqqiyotning antik idealistik talqiniga asos soldi. Uning fikricha, ijtimoiy taraqqiyot jamiyat «g`oyasini»ning kengayuvi bo`lib, jamiyat to`g`risidagi fikrlar u paydo bo`lmasdan avvalroq mavjud bo`lgan. Aflotun «izdoshlari» ham davlat vajamiyat tushunchalarini bir-biridan farq qilmaydilar. Aflotunning fikricha, davlatning tuzilishi alohida olingan individ ruhining tuzilishi bilan bir xildir.
Jamiyat rivojlanishining idealistik talqini keyinchalik Arastu asarlarida o`z aksini topdi («Siyosat», «Etika» va b.). U ijtimoiy tuzumning uch bosqichini ko`rsatib berdi: a) oila; b) jamoa; v) davlat. Ularning hammasi bir-biri bilan ierarxik munosabatdadir. Jamoa – oilalar majmuasi; davlat esa jamoalar yig`indisidan iboratdir. SHaxs jamiyat qonunlariga (oila, jamoa, davlatga) buysunishi, o`z-o`zini tarbiyalashi va yaxshilik qilishi jamiyatning qaror topib rivojlanishiga xizmat qilishi kerak. Davlatga (umuman jamiyatga ham) antik idealistik yondashuvning mohiyati shundaki, u alohida individga nisbatan birlamchi qaraladi.
Jamiyatning bunday an`anaviy talqiniga SHarq mutafakkirlari ham o`z hissalarini qo`shganlar. Bunga Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Beruniyning «O`tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar», YUsuf Xos Xojibning «Qutadg`u bilig», Navoiyning «Payg`ambarlar va donishmandlar tarixi», Amir Temurning «Tuzuklari», A.Jomiyning «Iskandarning donishmandlik kitobi» va boshqa asarlarni misol qilib keltirishning o`zi kifoya qiladi. Bundan sharq mutafakkirlarining antik davr falsafasi vorislari ekanliklari ko`rinib turibdi. Masalan, Ibn Sinoning fikricha, jamiyat uch sinfga bo`linishi kerak: boshqaruvchilar, lashkar (harbiy), ishlab chiqaruvchilar. Bu esa, Aflotunning qarashlarini tasdiqlaydi. O`z navbatida Forobiyning jamiyatga oid qarashlari, g`oyalari Arastuning fikri bilan bog`lanib, SHarqdagi o`sha davrning ijtimoiy-siyosiy sharoitiga moslashtirilgani, rivojlantirilgani ko`rinib turibdi. SHarq mutafakkirlaridan Al-Buxoriy («SHoh uchun foydali xabarlar to`g`risida kitob»), Bedil («Bilish»), Mashrab («Devoni Mashrab»), Ahmad Donish («Kamyob hodisalar») ham o`z asarlarida jamiyat, davlat, ularni boshqarish va shaxsning o`rni to`g`risida o`z fikrlarini yozib qoldirganlar9.
Jamiyat haqidagi idealistik talqin rivojiga T.Gobbs va J.Lokk (ijtimoiy kelishuv shartnomasi nazariyasi), J.Viko («millat harakati to`g`risida»gi ta`limot), Volter (hamma insonlarning boshdanoq siyosiy tengligi to`g`risidagi g`oya), I.Kant («abadiy dunyo» to`g`risidagi ta`limot) o`z hissalarini qo`shdilar. Jamiyatning tugallangan idealistiktalqinini Xegel falsafasida o`zining to`liq aksini topdi. Uning «Huquq falsafasi», «Tarix falsafasidan ma`ruzalar», «Estetikadan ma`ruzalar», «Falsafa tarixidan ma`ruzalar» asarlari deyarli to`laliigicha ijtimoiy muammolarga bag`ishlangan. Xegel ularda «jamiyat» tushunchasining «davlat» tushunchasidan kengligini aniq va tushunarli shaklda bayon etib berdi. Fuqarolik jamiyati, ya`ni bevosita davlat boshqarmaydigan sotsium to`g`risidagi g`oya aynan Xegel tomonidan ilgari surilgan. Ijtimoiy rivojlanishning mohiyati, Xegel fikricha, butun olamni, shu jumladan, jamiyatni ham o`z ichiga oluvchi «mutloq g`oya»ning o`z-o`zidan yoyilishidir. Uning fikricha, «mutloq g`oya» mantiq (yoki sof tafakkur) doirasida, keyinroq esa tabiat sifatida rivojlanadi. Lekin bunda tabiat mohiyatan emas, balki faqat tashqi hodisa sifatida yuzaga chiqadi. «Mutloq ruh»ning uchinchi yuqori rivojlanish bosqichi tarix ya`ni inson faolligining hamma turlaridan (ong, faoliyat va b.) iborat. Xegel ijtimoiy rivojlanish qonunlarini tafakkur (mantiq) qonunlari bilan aynan bir deb biladi. Bu esa jamiyatni tushuntirishdagi mutloq idealizmning namoyon bo`lishidir.
XX asrga kelib neoxegelchilar (R.Kollingvud, B.Kroche, G.Glokner va b.) Xegel falsafasini yangi zamonaviy ijtimoiy jarayonlarga moslashtirib qo`llashga harakat qildilar. Masalan, ingliz neoxegelchi B.Bozanket Xegelning «mutloq ruh» to`g`risidagi g`oyasi hamma ijtimoiy institutlarning (davlat, din, huquq, axloq va b.) eng yuqori individuallashgan shaklining namoyon bo`lishidan boshqa narsa emas, deb e`tirof etadi. Jamiyatga neoxegelcha yondashishning xarakterli xususiyati ijtimoiy borliq va tafakkurni aynan, deb tan olishdan iboratdir.
Jamiyat idealistik talqini rivojiga ekzistensializm, «hayot falsafasi», neokantchilik, neopozitivizm, neofreydizm va boshqa oqimlar ham o`z hissalarini qo`shdilar.

Download 270,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish