2
O‘zbekiston korxonalari о‗rtasidagi aloqalar uzililishi natijasida ishlab chiqarish
pasayishi, xususiy mulkni rivojlantirish zarurati, o‘tish davrida aholini ijtimoiy
himoya qilash, dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish
zaruriyati bilan bog‘liq edi. Ijtimoiy yо‗naltirilgan bozor iqtisodiyoti О‗zbekiston
davlat suverenitetining iqtisodiy asosi qilib olindi. Bu yо‗lni shakllantirish uchun
iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo,
iqtisodiy islohotlarning
quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
ijtimoiy yо‗naltirilgan bozor iqtisodini bosqichma – bosqich shakllantirish,
milliy boyliklarning о‗sishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib
sharoitni ta‘minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim
yaratish;
kо‗p ukladli iqtisodiyotni yaratish, kishining mulkdan begonalashuvini
bartaraf etish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama о‗sishi uchun asos
bо‗ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini
ta‘minlash;
korxonalar va fuqarolarga keng
iqtisodiy erkinliklar berish, ularning
xо‗jalik ishlariga davlatning tо‗g‗ridan – tо‗g‗ri aralashuvidan voz kechish,
iqtisodni boshqaruvning ma‘muriy – buyruqbozlik usullarini yо‗q qilish, iqtisodiy
vositalar va rag‗batlantirishlarni keng qо‗llash;
moddiy,
tabiiy
va
mehnat
resurslaridan
unumli
foydalanishni,
raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyot tizimiga
kirib borishini ta‘minlaydigan chuqur iqtisodiy о‗zgarishlarni amalga oshirish;
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy о‗zgarishlar qilish va raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqarish;
jahon iqtisodiy tizimiga qо‗shilib borish;
kishilarda
yangicha
iqtisodiy
tafakkurni
shakllantirish,
ularning
dunyoqarashini о‗zgartirish, har bir kishiga о‗z mehnatini qо‗llash sohalari va
shakllarini о‗zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish.
Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy – islohotlarning asosiy va muhim
tomonlari aniq belgilab olindi.
Eng avvalo, birmuncha о‗tkir ijtimoiy – iqtisodiy
muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal etishga yordam beradigan asosiy
tarmoqlarni rivojlantirishga e‘tibor qaratildi.
О‗zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yо‗nalishlarda amalga oshirildi:
mulkiy islohotlar;
institutsional va moliya–kredit islohotlari;
agrar islohotlar;
tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari;
ijtimoiy sohadagi islohotlar.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor
3
iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Shu boisdan islohotlarning
huquqiy asoslarini yaratishga alohida e‘tibor berildi. О‗zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta‘kidlaganidek, «Iqtisodiy islohotni amalga
oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining
huquqiy negizini
yaratishdan iboratdir». Shu nuqtai nazardan dastlabki vaqtning о‗zida iqtisodiy
munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun
hujjatlari qabul qilingan. Bu qonunlarni mazmun – mohiyati jihatidan quyidagi
yо‗nalishga bо‗lish mumkin:
1. О‗zbekistonning davlat va uning iqtisodiy mustaqilligining huquqiy
negizlarini yaratish, davlatni boshqaruv qoidalarini tartibga soluvchi qonunlar. Ana
shu yо‗nalishda «О‗zbekistan Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari
tо‗g‗risida», «Yer osti boyliklari tо‗g‗risida», «О‗zbekistan
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tо‗g‗risida», «Mahalliy davlat hokimiyati tо‗g‗risida», «Fuqarolarning
о‗zini – о‗zi boshqarish organlari tо‗g‗risida» va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2. Mulkchilik munosabatlari va kо‗p ukladli iqtisodiyotni
shakllantiruvchi qonunlar. Bu yо‗nalish doirasida mulkchilik tо‗g‗risida, mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tо‗g‗risida, yer tо‗g‗risida, ijara
tо‗g‗risida, davlat uy – joy fondini xususiylashtirish tо‗g‗risida va boshqa
qonunlar qabul qilindi.
3. Xо‗jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya‘ni
xususiylashtirish,
mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xо‗jaligi, dehqon xо‗jaligi, shirkat
xо‗jaligi tо‗g‗risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va
uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati,
pul tizimi,
tadbirkorlik, sug‗urta, birjalar va birja faoliyati tо‗g‗risida, qimmatli qog‗ozlar va
fond birjasi tо‗g‗risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat
о‗rtasidagi, korxonalar о‗rtasidagi munosabatlarni yо‗lga qо‗yuvchi qonunlar,
Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning
bankrot bо‗lishi haqida qonunlar qabul qilindi, Xо‗jalik – protsessual kodeksi
ishlab chiqildi, xо‗jalik sudi tuzildi.
4. О‗zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy
normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat tо‗g‗risida
qabul qilingan qonunlar,
xalqaro pakt va bitimlar, ularning О‗zbekiston tomonidan imzolanishi
mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
Respublika
iqtisodiyotining
huquqiy
asoslari
birinchi
Prezident
farmonlarida, hukumat qarorlari va boshqa meyoriy hujjatlarda yanada
takomillashtirib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: