Soliq tizimi.
1991-yil avgustda O‗zbekistonda eng zamonaviy shaklda,
yangi tipdagi soliq tizimi yuzaga keldi. O‗zbekiston soliq organlari 1991- yilda
qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar
to‗g‗risida»gi qonun, 2008-yilda yangi tahrirda qabul qilingan «O‗zbekiston
Respublikasining soliq kodeksi» asosida ish yuritmoqda. Tibbiyot, ta‘lim va sport
ob‘yektlarini saqlash xarajatlari korxonalarning soliqqa tortiladigan bazasidan
chiqariladi, savdoda ilgari to‗lab kelingan uchta to‗lov o‗rniga esa yagona soliq
to‗lov joriy etildi. Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida fuqarolarning yillik
daromadlarini Deklaratsiya qilish tartibi joriy qilindi. 2008-yildan keyingi davrda
ham mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ham barqaror
rivojlandi. Xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarning soliq yukini yanada kamaytirish,
mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‗lovining 10 foizdan 8
foizga, 2009-yilda 7 foizga, keyinchalik ushbu ko‗rsatkichni 5 foizga tushirilishi,
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i stavkalarining kamaytirilishi va
ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va
21
xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun rag‗batlantiruvchi omillar yaratdi.
2017–2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan, soliq solish tizimini
izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq
yukini pasaytirish kabi vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan,
shuningdek, soliq ma‘muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar
va boshqa majburiy to‗lovlar yig‗iluvchanligini oshirish maqsadida 2017-yil 18-
iyulda Prezidentning «Soliq ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar
va boshqa majburiy to‗lovlarning yig‗iluvchanligini oshirish chora tadbirlari
to‗g‗risida»gi farmoni qabul qilindi. 2018-yil 1-yanvaridan boshlab, soliq organlari
va halol soliq to‗lovchilar o‗rtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal etishda
har tomonlama ko‗maklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini
ta‘minlaydigan soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringini joriy
etish belgilandi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv
tizimi tubdan о‗zgartirildi, xо‗jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi
tizimi yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz
iqtisodiy tanazzul davridan о‗tib oldi. 1995 yilga kelib makroiqtisodiyotda
barqarorlikka erishildi va 1996 yildan boshlab barqaror о‗sish ta‘minlanmoqda.
Mamlakatda о‗tkazilgan tub islohotlar n atijasida iqtisodiy о‗sishni ta‘minlovchi
zarur shart – sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari
yaratildi.
Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida kо‗p ukladli iqtisodiyot
shakllandi. Eng muhimi, odamlarimizning tafakkuri, hayotga bо‗lgan munosabati
tubdan о‗zgarmoqda. Turmush darajasi, oilasining farovonligi о‗ziga bog‗lik
ekanligini tushunib yetayotgan odamlar tobora kо‗payib bormoqda. Shunday qilib,
iqtisodiyot tarkibidagi tub о‗zgarishlar, yangi korxonlarning bunyod etilishi sanoat
mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |