6.Mavzu: Farmtsevtik korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish. Reja:
Farmatsevtik korxona.
O'zbekiston Respublikasida farmatsevtik korxonalar faoliyati.
korxonalarida tayyorlangan dorilarning zamonaviy holati, rivojlanishi va afzalliklari
Farmatsevtik korxona - dori moddalari, dori vositalari yoki shakllarini ishlab chiqarish bo'yicha sanoat korxonasi. Farmatsevtika tarmog'i korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali va oqilona foydalanish, eksportga yo'naltirilgan raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirish, shuningdek respublika aholisining mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlariga bo'lgan talab-ehtiyojini yanada to'liq qondirish maqsadida: O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2006 yil 14 iyuldagi "Dori vositalari va tibbiy maqsaddagi buyumlarni ishlab chiqaradigan mamlakatimizning korxonalarini qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ416-sonli, 2007 yil 19 noyabrdagi "2011 yilgacha bo'ladigan davrda farmatsevtika tarmog'i korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jixozlash dasturi to'g'risida"gi PQ-731 sonli qarorlari qabul qilindi. Ushbu hujjatlarga asosan farmatsevtik korxonalarni qayta qurish, ularni zamonaviy jihozlash, chet el investitsiyalarini jalb etish, sifat xalqaro tizimini joriy etish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirda O'zbekiston Respublikasi hududida 220 farmatsevtik korxonalari o'z faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar. Ular bugungi kunga kelib 3000 dan oshiq dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarmoqda. Ishlab chiqarilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlardan asosan har xil nomdagi tabletkalar, in'yeksion eritmalar, ichki va tashqi maqsadda ishlatilagan eritmalar, kapsulalar, surtmalar va boshqa dori turlari hamda, bir qancha tibbiy buyumlar ishlab chiqarish texnologiyalari yo'lga qo'yilgan bo'lib, ulardan bir nechtasi xorijiy davlatlarga eksport qilinadi. Bu esa o'z navbatida, davlatimiz byudjetini xorijiy valyuta bilan to'ldirishga zamin yaratadi.
Maxalliy farmsevtik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar respublikamiz aholisini dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo'lgan talabni tahminan 17-20% ta'minlaydi. Bu ko'rsatkichni jahonning rivojlangan mamlakatlarida o'z aholisini mahaliy farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqarilgan dori vositalari bilan ta'minlanganlik darajasi 50 % dan 60 % gacha, AQSh da esa bu ko'rsatkich 70 % dan ortiqligini ko'rishimiz mumkin.
Mamlakatimizdagi farmatsevtika sohasi bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamdagi tashkiliy ishlar bu ko'rsatkichni kelasi yillarda jadal sur'atlatlarda rivojlantiradi. Hukumatimiz ishlab chiqqan ―Milliy dori siyosati‖ - bu borada aholini dori ta'minotini yaxshilash borasidagi muhim tadbirlar rejasi belgilangandir. Ular:
1. O'zbekistonning boy tabiiy resurslari asosida zamonaviy dori turlarini va standartlash usullarini yaratishdir.
2. Yaratilgan dorilarni belgilangan tartibda laboratoriya va klinik sinovlardan o'tkazish va amaliyotga joriy etish.
3. Mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish.
4. O'zbekiston olimlari tomonidan yaratilgan shuningdek, chet el zamonaviy texnologiyalari asosida olinadigan dori turlarini ishlab chiqarishga joriy etish.
5. Mamlakatimizning ichki va tashqi farmatsevtika bozoriga chiqarilishini ta'minlash bilan davlat salohiyatini ko'tarishga hissa qo'Shish vazifalarida belgilanadi.
Farmatsevtika sohasining oldiga nafaqat Respublika aholisini sifatli tibbiyot mahsulotlari bilan talabni qondirish, balki eksport miqdori ham oshirish masalasi maqsad qilib qo'yildi. Hozirgi kunda respublikamzdagi 28 dan ortiq farmatsevtik korxona o'z mahsulotlarini Rossiya, Qozog'iston, Ukraina, Qirg'iziston, Tojikiston, Latviya va Afg'oniston davlatlariga eksportini amalga oshirmoqda. Farmatsevtika sohasini qo'llab quvatlashga bo'lgan e'tiborni hisobga olib shuni aytish mumkinki, O'zbekiston farmsanoati baland cho'qqilarga chiqadi, kelajakda jahon bozorlarini «O'zbekistonda ishlab chiqarilgan» degan yozuv ostida farmatsevtik mahsulotlar bilan keng miqyosda ta'minlanishi hech shubhasizdir. Hukumatimiz rahbariyati tomonidan aholini yuqori sifatli, bezarar va etarli darajadagi samarali dori vositalari bilan ta'minlash ishlariga alohida e'tibor berib kelinmoqda.
O'zbekiston Respublikasining ―Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida‖gi (1996 yil 29-avgust) va ―Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to'g'risida‖gi (1997 yil 25-aprel) qonunlarida, mamlakatda dori vositalari muomalasining qonuniy asoslari yaratilgan. O'zbekiston Respublikasi milliy dori siyosatida farmatsevtika sohasini rivojlantirish va aholini dori ta'minotini yaxshilash borasidagi tashkiliy va ilmiy-amaliy tadbirlari belgilab berilgan.
Ўзбекистон фармацевтика саноатида ислоҳотларнинг беш йиллик давридаги муҳим ўзгаришларини Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар маркази эксперти Бахтишод Ҳамидов шарҳида ўқишингиз мумкин.
2016-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасида фармацевтика саноати соҳасида салмоқли натижаларга эришилди. Жумладан, дори воситалари ишлаб чиқарувчилар 5 йил давомида барча солиқларни тўлашдан озод этилди. Шунингдек, Ўзбекистоннинг фармацевтика бозорида ўсиш динамикаси (йилига 8-10 фоиз) бўйича МДҲ минтақасида энг тез ривожланаётган бозорлар қаторига кирди.
Ўзбекистонда фармацевтика соҳаси 1993 йилдан шаклланишни бошлади. Ўша йили Ўзкимёфарм заводи ва Вакциналар илмий-ишлаб чиқариш бирлашмасини ўз ичига олган "Ўзфармсаноат" давлат концерни ташкил этилди.
2017 йилдан бошлаб мазкур соҳани янада ривожлантиришга эътибор кучайди. 2017-2021 йил март ойи давомида фармацевтика соҳасида ислоҳотларни олиб боришга қаратилган 44 та ҳужжат қабул қилинди.
Натижада, мамлакатимиз фармацевтика тармоғига сармоялар кўлами ошиб боришига ҳуқуқий замин яратилди.
Ҳозирги кунда маҳаллий дори-дармон ишлаб чиқаришни кўпайтириш бўйича узоқ муддатли стратегия мавжуд бўлиб, давлат энг зарур дори препаратлари, инфузион эритмалар, вакциналар, қон препаратлари, бир марта ишлатиладиган қон қуйиш тизимлари ва қон ўрнини босадиган маҳсулотлар ишлаб чиқаришда ички эҳтиёжни таъминлаш сиёсатини амалга ошириб келмоқда. Шунингдек, дори воситаларини ишлаб чиқаришнинг халқаро стандартлари татбиқ этилмоқда.
Дори воситалари ишлаб чиқарувчилар 5 йил давомида барча солиқларни тўлашдан озод этилиши белгилаб қўйилди. Янги ишлаб чиқариш кучларини ташкил этиш ва мавжудларини реконструкция қилиш бўйича лойиҳаларни амалга ошираётган компаниялар технологик асбоб-ускуналарни олиб киришда барча божхона тўловларини тўлашдан озод қилинди.
Do'stlaringiz bilan baham: |