Sababiyat tamoyili. Sababiyat aloqalarning genetik tipi, zero unda bir hodisa
muqarrar yangi bir hodisani yaratadi. Yangi sifatning paydo bo’lishi sababga ega.
Masalan, O’zbekistonda mudofaa sohasidagi islohotlar ilgarigi mudofaa
xizmatining hozirgi davr talablariga javob bermasligi davlat manfaatlariga mos
emasligi bilan belgilanadi. Hodisa va jarayonlarning o’zaro aloqadorlikda biri
ikkinchisini keltirib chiqaruvchi jarayondir. Masalan: 1997 yilda O’zbekistonda
kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi, unda belgilangan vazifalarni
tizimli amalga oshirishni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |