6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja


Zaruriyat  va  tasodif  dialektik  aloqadorligi  quyidagilarda  namoyon



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/54
Sana07.07.2021
Hajmi1,19 Mb.
#111417
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

Zaruriyat  va  tasodif  dialektik  aloqadorligi  quyidagilarda  namoyon 

bo’ladi.  

Ichki  va  tashqi  narsalar  tushunchalari  nisbatdosh  ekanligini  e’tiborga  olish 

muhimdir.  Bir  jihatdan  ichki  bo’lgan  narsa  boshqa  bir  jihatdan  tashqi  xususiyat 

kasb etadi. Masalan, sayyoralarning Quyosh tizimsi orbitalari bo’ylab harakati bu 

sayyoralarni o’zaro bog’lovchi va ular aylanayotgan orbitalar shaklini belgilovchi 

ichki  munosabatlar  bilan  belgilanadi.  Quyosh  tizimsiga  nisbatan  boshqa  kosmik 

obyektlar  tashqi  muhitni  tashkil  etadi.  Ammo  Quyosh  tizimsi  galaktika  elementi 

bo’lib,  yulduzlararo  makonda  muayyan  o’rin  egallaydi.  Shu  sababli  ayni  shu 

obyektlar  Quyosh  tizimsi  sayyoralari  evolyusiyasining  ham,  ularga  yaqin  kosmik 

jismlar  evolyusiyasining  ham  ichki  manbai  hisoblanadi.  Shu  boisdan  zaruriyat  va 

tasodif  tushunchalari  ham  nisbatdoshdir:  bir  jihatdan  tasodifiy  bo’lgan  narsa 

boshqa bir jihatdan zaruriy hisoblanadi.  

Zaruriyat va tasodif qarama-qarshiliklar bo’lsa-da, lekin ular birdir. Har qanday 

hodisa ichki zaruriyat tufayli yuz beradi, ammo uning yuz berishi ko’p sonli tashqi 

omillar bilan bog’liq bo’lgani bois, zaruriyatni tasodif muqarrar tarzda to’ldiradi. 

Bu zaruriyat ham, tasodif ham sof holda mavjud bo’lmasligini anglatadi. Tasodif – 

zaruriyatning  namoyon  bo’lish  shaklidir.  Zaruriyat,  sabab,  qonunni  kashf  etish  – 

ahamiyatsiz, tasodifiy narsalarni mavhumlashtirish demakdir.  

Bir qarashda zaruriyat sababiyatga zid bo’lib tuyuladi. Bu ziddiyat yo tasodifiy 

hodisa  sababga  ega  emasligi  bilan,  yo  tasodifiy  hodisalar  umuman  bo’lmasligi 

bilan izohlanishi mumkin. Amalda har qanday, shu jumladan tasodifiy hodisa ham 

muayyan sababga ega bo’ladi. XVII-XVIII asrlarda zaruriyat va tasodif talqinida 

tabiatda  tasodif  mavjud  emas,  degan  tasavvur  hukm  surgan.  Ingliz  faylasufi 

T.Gobbs:  «Ertaga  yog’adigan  yomg’ir  zarur,  ya’ni  zaruriy  sabablar  bilan 

belgilangan;  lekin  biz  unga  tasodifiy  deb  qaraymiz  va  uni  shunday  ataymiz,  zero 

amalda mavjud sabablarni hali bilmaymiz. Umuman olganda, zaruriy sababini biz 

ko’ra olmaydigan narsa tasodifiy deb ataladi»

10

, deb qayd etgan. Shunga o’xshash 



fikrni  Golbax ham  ilgari  suradi:  «Tabiatda  biron-bir hodisa  tasodifan  yuz  berishi 

mumkin emas; hamma narsa muayyan qonunlarga bo’ysunadi; bu qonunlar faqat 

muayyan  oqibatlarning  sabablar  bilan  zaruriy  aloqasi  hisoblanadi.  Atomlarning 

tasodifiy  birikishi  haqida  gapirish  yoki  ayrim  oqibatlarni  tasodif  bilan  bog’lash 

jismlarning  harakatlanishi,  uchrashishi,  birikishi  yoki  ajralishi  qonunlarini 

                                                           

10

 Гоббс Т. О теле // Избр. произв.: в 2 т. Т. 1. -М.: – С.158 - 159. 




bilmaslikni tan olish demakdir»

11

. Ko’rib turganimizdek, tasodif sababi noma’lum 



bo’lgan  zaruriyat  sifatida  talqin  qilingan.  Sababi  aniqlangani  zahoti  tasodif 

zaruriyat  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Bu  –  mexanistik  materializm  talqini.  Tasodif 

ilmiy nazariyalardan quvg’in qilingan, u ikkinchi darajali, yordamchi, ahamiyatsiz 

omil  deb  hisoblangan.  Tasodifning  inkor  etilishidan  dunyoda  hamma  narsa  zarur, 

degan  xulosa  kelib  chiqadi.  Mazkur  yondashuvning  tadrijiy  oqibati  o’laroq 

fatalizm  yuzaga  keladi:  ya’ni  ilgari  ta’kidlanganideknimaiki  yuz  bermasin,  hatto 

ahamiyatsiz  voqyealar  ham  zarur,  muqarrar  bo’lib,  sabab-oqibat  aloqalarining 

cheksiz  zanjiridagi  ajralmas  bo’g’in  hisoblanadi.  Fatalistik  tasavvur  har  qanday 

voqyeani muqarrar deb biladi. XIX asr boshidagina zaruriyat va tasodifning aloqasi 

Gegel dialektikasida ko’rsatib berildi.  


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish