6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/54
Sana07.07.2021
Hajmi1,19 Mb.
#111417
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Bog'liq
6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

Sabab  va  oqibat. Qanday voqyea yuz bermasin, barchasining o’z sababi bor. 

To’g’ri  olingan  yo’l  yo’lovchini  tekisliklar  orqali  mo’ljallangan  manzilga  olib 

keladi,  xato  va  beparvolik  uni  sahroga  olib  boradi  va  halokatga  giriftor  etadi. 

Hodisalarning  umumiy  o’zaro  bog’liqligi  va  bir-birini  taqozo  etishi  g’oyasi 

determinizm  tamoyilida  o’z  aksini  topadi.  Bu  tamoyilga  binoan  tabiatda  hamma 

narsa sababning hukmiga bo’ysunadi.  

Sabab  tushunchasi  insonga  uning  rivojlanishi  dastlabki  bosqichlaridayoq 

ma’lum  bo’lgan.  Tabiiy  hodisalarning  kelib  chiqishini  tushuntiruvchi  sabablarni 

aniqlashga  bo’lgan  ilk  urinishlarga  mifologiyada,  so’ngra  dinda  duch  kelish 

mumkin.  Keyinchalik  sabablarning  falsafiy  va  ilmiy  izohi  yuzaga  keladi.  Sabab 

(lot.  causa  –  sabab)  shunday  bir  hodisaki,  u  boshqa  bir  hodisaning  oqibatini 

bevosita  belgilaydi,  yuzaga  keltiradi.  Sababiyat  mohiyatini  bir  hodisaning  boshqa 

hodisani  yuzaga  keltirishi,  sababning  oqibatni  yaratishi  tashkil  etadi.  Oddiy  ong 

sababiyat  jarayonini  soddalashtiradi:  sabab  faol  tomon,  oqibat  –  passiv  tomon 

sifatida  tasavvur  qilinadi,  sabab  oqibatdan  oldin  keladi.  D.Yum  bunday 

tasavvurlarni tanqid qilar ekan, - u sabablar mavjudligiga shubha qiladi, aniqrog’i 

buni  inkor  etadi:  «Bir  hodisa  ayrim  holda  boshqa  hodisadan  oldin  kelishidan 

ularning  biri  –  sabab,  ikkinchisi  –  harakat  degan  xulosa  chiqarish  aqlga  muvofiq 

emas. Ularning birikuvi tasodifiy bo’lishi mumkin, balki bir hodisa yuz berganida 

boshqa bir hodisaning mavjudligi haqida xulosa chiqarish uchun hech qanday asos 

yo’qdir.  Shunga  qaramay...  insonni  bunday  xulosa  chiqarishga  majbur  qiluvchi 

qandaydir  tamoyil  mavjud.  Bu  tamoyil  odatdir...”

7

,  deb  qayd  etadi.  Sabablar 



mavjudligining  inkorini  Yum  shu  bilan  tushuntiradiki,  sababning oqibatni  yuzaga 

keltirish  jarayonini  biz  bevosita  kuzata  olmaymiz.  Sabab  haqida  biz  yuz  bergan 

oqibatga qarab xulosa chiqaramiz, ammo bu voqyea chindan ham ayrim sababning 

                                                           

7

 Қаранг: Юм Д. Соч.: в 2 т. Т. 2– М.: 1965-1966.. –С. 44-46. 




oqibatimi,  degan  savolga  biz  aniq  javob  bera  olmaymiz,  chunki  sabab-oqibat 

aloqasi mavjudligini biz sinov yo’li bilan hech qachon tasdiqlay olmaymiz

8

.  


Hozirgi  zamon  fani  sabab  obyektlar  o’rtasidagi  o’zaro  aloqa  bo’lib,  uning 

oqibatida  o’zaro  aloqaga  kirishgan  obyektlarning  ikkalasi  ham  o’zgarishini 

aniqlash  imkonini  beradi.  Masalan,  Yerga  yirik  meteoritlar  tushishiga  ulkan 

ekologik  falokatlar  sabab  bo’lgan.  Bir  qarashda  Yer  jabrlangan  passiv  tomon, 

meteorit esa – faol tomon bo’lgan. Amalda klassik mexanika qonunlariga muvofiq 

Yer  va  meteoritning  to’qnashuvi  yuz  bergan.  Buning  oqibatida  ikkala  jismda 

tegishli  deformasiyalar  yuzaga  kelgan.  Amaliyot  har  qanday  hodisaning  vujudga 

kelishi biron-bir omil yoki omillar bilan belgilanishini ko’rsatadi.  



Yuz  berishi  yangi  hodisa  vujudga  kelishiga  olib  keluvchi  hodisa  sabab  deb 

ataladi. Sabab ta’sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi. Dunyoda 

barcha hodisalar, o’zgarishlar, jarayonlar muqarrar tarzda muayyan sabablar tufayli 

yuz  beradi.  Dunyoda  sababsiz  hodisalar  yo’q  va  bo’lishi  mumkin  ham  emas

Sababiyat  qonuni  dunyoda  barcha  hodisalar  sababiy  belgilangan  degan  qoidaga 

asoslanadiSababiyat qonunini tan oluvchi va uni borliqning barcha hodisalariga 

tatbiq  etuvchi  faylasuflar  deterministlar  deb,  sababiyat  qonunini  inkor  etuvchi 

faylasuflar esa indeterministlar deb ataladi. 


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish