6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/54
Sana07.07.2021
Hajmi1,19 Mb.
#111417
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

Yakkalik  –  faqat  mazkur  obyektga  xos  bo’lgan  xossalarni  ifodalovchi 

kategoriya. «Yakkalik» kategoriyasi narsada, hodisada faqat shu narsaga, hodisaga 

xos  bo’lgan  jihatni  aks  ettiradi.  Yakkalik  ayrim  narsalar  nisbatan  mustaqil 

mavjudligini  ham,  mazkur  narsaning  bu  nisbatan  mustaqilligi,  diskretligi, 



alohidaligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan individual betakror belgilarni 

ham qayd etadi. 



Umumiylik  ayrim  narsaning  muayyan  turkumga  mansub  barcha  narsalar 

bilan  o’xshashligini  belgilovchi  xossalar  bilan  ifodalanadi.  «Umumiylik»  -  bu 

narsalar  va  hodisalar  o’rtasida  muayyan  sifat  jihati  doirasida  amalda  mavjud 

bo’lgan ayniylikdir. 

Umumiylik  yakka  narsaning  mohiyatini  aks  ettiradi.  Umumiylikni  faqat 

mohiyatni  aniqlash  orqali  ochib  berish  mumkin.  Yakkaliksiz  umumiylik  sezgilar 

darajasida  idrok  etiladigan  belgilardan,  yakkalikning  betakror  individualligi, 

boyligidan mahrum bo’lgan mavxumlik bo’lib qoladi. Yakkalik va umumiylikning 

keltiriladigan  ta’riflari  ularni  ayni  bir  ayrim  obyektning  tomonlari  sifatida 

tavsiflaydi. Masalan, hayot bugungi kunda oqsilli jismlar va nuklein kislotalarning 

mavjudlik  shakli  sifatida  tavsiflanadi.  Irsiyat  va  o’zgaruvchanlik  –  butun 

tiriklikning  umumiy  xossalari.  Ammo  oqsilning  kimyoviy  tarkibi  va  ayniqsa 

tuzilishi har bir organizmda individual darajada betakrordir. Bu bir jonzotni boshqa 

jonzotdan  farqlash  imkonini  beruvchi  birdan-bir  xossadir.  Mantiqda  yakkalik  va 

umumiylik  –  tushunchalar  tavsifidir  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Umumiylik 

tushunchasida  ikki  va  undan  ortiq  predmet,  yakkalik  tushunchasida  esa  –  bitta 

predmet tushuniladi. Grammatik jihatdan umumiylik turdosh ot bilan, yakkalik esa 

–  atoqli  ot  bilan  ifodalanadi.  Falsafada  yakkalik  va  umumiylik  borliq 

hodisalarining o’xshashligi va farqlarini belgilovchi xossalardir.  

Yakkalik ham, umumiylik ham mustaqil mavjud bo’lmaydi. Har qanday ayrim 

narsa  yoki  hodisa  qarama-qarshiliklar  birligi  hisoblanadi.  Bir  vaqtning  o’zida  u 

ham yakkalik, ham umumiylikdir. Har qanday umumiylik ayrim narsa, hodisaning 

tarkibiy  qismi,  elementi  hisoblanadi,  chunki  u  ayrim  narsa  yoki  hodisani  to’liq 

emas, balki bir yoqlama – narsalarda mavjud ayniy jihatlarni aks ettiradi. Yakkalik 

o’z  mohiyatiga  ko’ra  mavhum  hisoblangan  umumiylikdan  boyroqdir.  Ammo 

umumiylik  narsaning  mazmuni,  mohiyatini  chuqurroq  yoritadi.  Ayrim  narsalar, 

hodisalar,  jarayonlar  mustaqil  mavjud  bo’ladi.  Umumiylik  ham,  yakkalik  ham 

faqat ayrim narsa yoki hodisadagina mavjuddir. 

O’rta asrlar falsafasida umumiy tushunchalar tabiati haqidagi masala atrofidagi 

bahs  uning  ishtirokchilari  realistlar  va  nominalistlarga  bo’linishiga  olib  keldi. 

Realistlar  umumiylikni  yakkalikdan  ajratib,  umumiylikni  mustaqil  holda  mavjud 

hodisa sifatida, narsalar paydo bo’lgunga qadar – narsalarning (Xudo aqlidagi) ilk 

timsoli sifatida, narsalarda – Xudoning ro’yobga chiqarilgan g’oyasi sifatida talqin 

qilganlar. Shunday qilib, realistlar fikricha umumiylik narsalarga qadar, narsalarda 

va  narsalardan  keyin  narsaning  muayyan  g’oyasi  sifatida  mavjud  bo’ladi. 

Nominalistlar  esa,  aksincha,  faqat  yakka  narsalar  amalda  mavjud,  umumiy 

tushunchalar  esa,  ayrim  narsalarning  nomlari,  xolos,  deb  hisoblaganlar.  Mazkur 



tasavvurlar  aks  sadosiga  bugungi  kunda  ham,  masalan,  umumiylik  obyektlar 

to’plami  bilan,  yakkalik  esa  –  bitta  predmet  bilan  tenglashtirilgan  holda  duch 

kelish  mumkin.  Amalda  umumiylik  va  yakkalik  kategoriyalari  obyektlarni  emas, 

balki ularning xususiylik tomonlari sifatida birgalikda mavjud bo’lgan xossalarini 

aks ettiradi. Umumiylik va yakkalikning birligi o’ziga xosdir, chunki ularning har 

bir  obyektdagi  ko’rinishi,  uyg’unligi,  birining  ikkinchisidan  ustunligi  betakrordir. 

Shu sababli har bir ayrim hodisa, narsa – xususiydir.  

Xususiylik  tushunchasi  zikr  etilgan  kategoriyalar  mazmunini  ochib  beruvchi 

asosiy  tushunchadir.  Xususiylik  –  «narsa»  tushunchasining  sinonimi,  ya’ni 

borliqning  nisbatan  mustaqil,  sifat  jihatidan  muayyan  parchasi.  U  xossalar 

to’plamiga ega. «Xususiylik» yakkalik va umumiylik o’rtasidagi oraliq kategoriya 

hisoblanadi. Xususiylik – yakkaga nisbatan umumiy bo’lgan va umumiyga nisbatan 

yakka  bo’lgan  narsa  yoki  hodisa.  Masalan:  modda  (qonun  moddasi)  –  yakka; 

qonun – xususiy; huquq - umumiy. «Qonun» tushunchasi «modda» tushunchasiga 

nisbatan  umumiydir.  O’z  navbatida  «qonun»  tushunchasi  «huquq»  tushunchasiga 

nisbatan yakkalikni aks ettiradi. 

Yakkalik,  umumiylik  va  xususiylik  kategoriyalari  bilish  jarayonida  uning 

tayanch nuqtalari, bilimsizlikdan bilim sari bosqich rolini o’ynaydi.  




Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish