6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/54
Sana07.07.2021
Hajmi1,19 Mb.
#111417
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Bog'liq
6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

Mohiyat  va  hodisa.  Bu  kategoriyalar  bilishning  turli  bosqichlarini  belgilaydi 

va ularning har biri obyektni anglab yetishning o’ziga xos darajasini aks ettiradi.  

Mohiyat  obyektiv  borliqning  ichki,  nisbatan  yashirin  va  barqaror  tomonini 

ifodalash uchun mo’ljallangan bo’lib, u narsa, jarayonning tabiatini va ularga xos 

bo’lgan qonuniyatlarini belgilaydi.  

Hodisa  –  bu  narsa,  jarayonda  qarshimizda  bevosita  namoyon  bo’luvchi 



xossalar, tomonlar yig’indisini ifodalash uchun mo’ljallangan kategoriya. 

 Hozirgi falsafiy adabiyotlarda mohiyat predmet borlig’i barcha rang-barang va 

qarama-qarshi  shakllarining  barqaror  birligidan  iborat  bo’lgan  predmetning  ichki 

mazmuni  sifatida  tavsiflanadi.  Mohiyat  har  qanday  tizimning  asosiy  jihatlari  va 

tendensiyalarini  belgilovchi  teran  aloqalar,  munosabatlar,  xossalar  va  ichki 

qonunlar  majmuidir. Muayyan  mohiyatsiz  jism,  jarayon  bo’lmaganidek,  muayyan 

hodisada o’z ifodasini topmagan mohiyat ham bo’lishi mumkin emas.  

Falsafada  hodisaning  ikki  ma’nosi  shakllangan.  Birinchidan,  hodisa  voqyea, 



tabiat  va  jamiyatdagi  jarayonladir.  U  mazkur  jarayonlar  bizning  ongimiz, 

idrokimizda aks etishini anglatadi. Masalan, momaqaldiroq, kamalak, qor yog’ishi, 

suv  toshishi,  yer  qimirlashi,  vulqon  otilishi  –  bularning  barchasi  tabiat 

hodisalaridir.  Inson  tabiat  hodisalarini  tushunish,  tushuntirishga  harakat  qilgan  va 

ularning  o’z  ongidagi  in’ikosi  bilan  amaldagi  ifodasi  o’rtasida  muayyan  farq 

mavjudligini aniqlagan. Tabiat hodisalarini ularning inson birinchi navbatda idrok 

etadigan  va  pirovard  natijada  uni  aldaydigan  yuzaki,  o’zgaruvchan  jihatlari 




tavsiflaydi. Shu tariqa hodisa kategoriyasining mohiyatning ziddi sifatidagi falsafiy 

ma’nosiga ega bo’ladi. 

Ikkinchidan  hodisa  –  mohiyatni  aniqlash  usuli.  U,  odatda,  narsalar  o’zaro 

ta’sirga  kirishganida,  mohiyat  o’zini  namoyon  etishi  natijasida  yuz  beradi.  Narsa 

qanday  bo’lsa,  ko’rsatilgan  aloqalar  va  o’zaro  ta’sirlar  xususiyati  ham  shunday 

bo’ladi.  Masalan,  yirtqich  hayvon  uni  o’txo’r  hayvonga  aylantirishga  qancha 

urinmasinlar,  baribir  yirtqich  bo’lib  qoladi.  Ammo  u  qanday  muhitda  va  o’z 

ishtahasining  qaysi  potensial  qurboni  bilan  to’qnash  kelishiga  qarab,  uning  xulq-

atvori  o’zgaradi.  Ayni  shu  sababli  hodisa  narsaning  mohiyatini,  uning  muayyan 

ichki va muhim xossasini u yoki bu tarzda namoyon etadi.  

Haqiqiylik  mezoniga  javob  beruvchi  bilimni  olish  bilishning  muhim 

vazifasidir.  Bunday  bilim  o’rganilayotgan  narsaning  mohiyatiga  kirish  demakdir. 

Mohiyatni  bilish  rivojlanishning  asosiy  jihatlari  va  tendensiyalarini  belgilaydigan 

teran  aloqalar,  munosabatlar  va  qonunlarni  aniqlashni  nazarda  tutadi.  Tabiatning 

mohiyati  cheksiz-chegarasiz  bo’lgani  bois,  uni  bilish  jarayoni  ham  cheksizdir. 

Mohiyat  tushunchasi  bilishni to’liq,  mukammal  bilimga  erishishga  yo’naltiruvchi 

tartibga  solish  tamoyili  ahamiyatiga  egadir.  Hodisa  tushunchasi  mohiyatni  bilish 

usulini  ko’rsatadi  va  shu  boisdan  metodologik  ahamiyat  kasb  etadi. 

O’rganilayotgan obyekt o’zi uchun g’ayritabiiy shart-sharoitlarga solinadigan ilmiy 

eksperiment butunlay yangi hodisalarni qayd etish va shu tariqa o’z shakllanishi va 

faoliyatining  ilgari  noma’lum  bo’lgan  qonunlarini  kashf  etishi  tasodifiy  bir  hol 

emas.  



Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish