Sabab va oqibat.
Qanday voqyea yuz bermasin, barchasining o’z sababi bor.
To’g’ri olingan yo’l yo’lovchini tekisliklar orqali mo’ljallangan manzilga olib
keladi, xato va beparvolik uni sahroga olib boradi va halokatga giriftor etadi.
Hodisalarning umumiy o’zaro bog’liqligi va bir-birini taqozo etishi g’oyasi
determinizm tamoyilida o’z aksini topadi. Bu tamoyilga binoan tabiatda hamma
narsa sababning hukmiga bo’ysunadi.
Sabab tushunchasi insonga uning rivojlanishi dastlabki bosqichlaridayoq
ma’lum bo’lgan. Tabiiy hodisalarning kelib chiqishini tushuntiruvchi sabablarni
aniqlashga bo’lgan ilk urinishlarga mifologiyada, so’ngra dinda duch kelish
mumkin. Keyinchalik sabablarning falsafiy va ilmiy izohi yuzaga keladi. Sabab
(lot. causa – sabab) shunday bir hodisaki, u boshqa bir hodisaning oqibatini
bevosita belgilaydi, yuzaga keltiradi. Sababiyat mohiyatini bir hodisaning boshqa
hodisani yuzaga keltirishi, sababning oqibatni yaratishi tashkil etadi. Oddiy ong
sababiyat jarayonini soddalashtiradi: sabab faol tomon, oqibat – passiv tomon
sifatida tasavvur qilinadi, sabab oqibatdan oldin keladi. D.Yum bunday
tasavvurlarni tanqid qilar ekan, - u sabablar mavjudligiga shubha qiladi, aniqrog’i
buni inkor etadi: «Bir hodisa ayrim holda boshqa hodisadan oldin kelishidan
ularning biri – sabab, ikkinchisi – harakat degan xulosa chiqarish aqlga muvofiq
emas. Ularning birikuvi tasodifiy bo’lishi mumkin, balki bir hodisa yuz berganida
boshqa bir hodisaning mavjudligi haqida xulosa chiqarish uchun hech qanday asos
yo’qdir. Shunga qaramay... insonni bunday xulosa chiqarishga majbur qiluvchi
qandaydir tamoyil mavjud. Bu tamoyil odatdir...”
7
, deb qayd etadi. Sabablar
mavjudligining inkorini Yum shu bilan tushuntiradiki, sababning oqibatni yuzaga
keltirish jarayonini biz bevosita kuzata olmaymiz. Sabab haqida biz yuz bergan
oqibatga qarab xulosa chiqaramiz, ammo bu voqyea chindan ham ayrim sababning
7
Қаранг: Юм Д. Соч.: в 2 т. Т. 2– М.: 1965-1966.. –С. 44-46.
oqibatimi, degan savolga biz aniq javob bera olmaymiz, chunki sabab-oqibat
aloqasi mavjudligini biz sinov yo’li bilan hech qachon tasdiqlay olmaymiz
8
.
Hozirgi zamon fani sabab obyektlar o’rtasidagi o’zaro aloqa bo’lib, uning
oqibatida o’zaro aloqaga kirishgan obyektlarning ikkalasi ham o’zgarishini
aniqlash imkonini beradi. Masalan, Yerga yirik meteoritlar tushishiga ulkan
ekologik falokatlar sabab bo’lgan. Bir qarashda Yer jabrlangan passiv tomon,
meteorit esa – faol tomon bo’lgan. Amalda klassik mexanika qonunlariga muvofiq
Yer va meteoritning to’qnashuvi yuz bergan. Buning oqibatida ikkala jismda
tegishli deformasiyalar yuzaga kelgan. Amaliyot har qanday hodisaning vujudga
kelishi biron-bir omil yoki omillar bilan belgilanishini ko’rsatadi.
Yuz berishi yangi hodisa vujudga kelishiga olib keluvchi hodisa sabab deb
ataladi. Sabab ta’sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi
. Dunyoda
barcha hodisalar, o’zgarishlar, jarayonlar muqarrar tarzda muayyan sabablar tufayli
yuz beradi. Dunyoda sababsiz hodisalar yo’q va bo’lishi mumkin ham emas
.
Sababiyat qonuni dunyoda barcha hodisalar sababiy belgilangan degan qoidaga
asoslanadi
.
Sababiyat qonunini tan oluvchi va uni borliqning barcha hodisalariga
tatbiq etuvchi faylasuflar
deterministlar deb, sababiyat qonunini inkor etuvchi
faylasuflar esa indeterministlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |