6-Mavzu: Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino va atoqli mutafakkir Yusuf Xos Xojibning psixologik qarashlari (2soat) Reja



Download 29,78 Kb.
bet1/3
Sana25.06.2022
Hajmi29,78 Kb.
#702344
  1   2   3
Bog'liq
6-ma'ruza (2)


6-Mavzu: Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino va atoqli mutafakkir Yusuf Xos Xojibning psixologik qarashlari (2soat)
Reja:
1 Buyuk komusiy olim Abu Ali ibn Sinoning (980-1037 yy.) “ Donishnoma”, “ Risolai ishq”, “Tib qonunlari” asarlarida psixologiya sohalariga oid ma’lumotlar.
2 Abu Ali ibn Sino umr davrlari psixologiyasi asoschisi sifatida. Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot psixologiyasiga oid qarashlari va ularning bugungi kun fani uchun ahamiyati.
3 Yusuf Xos Xojib XI asrning atoqli mutafakkiri.Uning psixologik qarashlari.
Ilm ahli abu ali Ibn Sino (980-1037 yillar) ni jahon va madaniyatining yuqori cho‘qqisi, mashhur entsiklopedist olim sifatida biladi va yuksak darajada e’zolaydi. Uning ilmiy merosida falsafiy masalalar muhim o‘rin egallaydi. Ibn Sino qaysi bir aniq ilmiy masala ustida fikr yuritmasin, deb yozgan edi, m.xayrullaev, uni umumiy falsafiy nuqtai nazardan baholaydi, unga umumiy bilimlar tizimining biri sifatida yondashadi.
abu ali Ibn Sino – jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan mashxur entsiklopedist olim, tabiatshunos, faylasuf, astranom, matematik, musiqashunos, xuquqshunos, ahloqshunos, filolog, yozuvchi va shoir, o‘rta osiyo halqlari madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri. Yevropada avitsenna taraqqiyoti tarixida muhim rol o‘ynaydi. Horazmiy, farobiy, beruniy, umar xayyom, ulug‘bek kabi olimlar orasida oldingi o‘yinlardan birini egallaydi.
Ibn Sino davrida o‘rta va yaqin sharq mamlakatlarida, xususan o‘rta osiyoda ham ilg‘or ijtimoiy-falsafiy fikr o‘zining ma’lum an’analariga, o‘z masalalari va muammolariga ega edi. Bu ilg‘or fikr o‘zining g‘oyaviy manbalari sifatida sharqning qadimgi ilg‘or ta’limotlariga, qadimgi yunonistonning falsafiy merosiga tayanar edi. Ix asrlarga kelib o‘rta va yaqin sharqda o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan yangi falsafiy oqim vujudga keldi. Uning vakillari aristotel ta’limotini neoplatonizm ta’siridan tozalashga, uning mazmunini tiklash va so‘nggi ildmiy yutuqlar asosida rivojlantirishga xarakat qildilar va sharq aristotelizmi oqimini vujudga keltirdilar. Ayniqsa, farobiy bu oqimning muhim masalalari, kategoriyalari, metodlarini ishlab chiqishda, ularning tizimiga solishda juda katta rol o‘ynaydi va «sharqning aristoteli» degan nom oldi.
Ibn Sino dunyoqarashi farobiy asarlari ta’sirida shakllandi, u ijtimoiy-falsafiy masalalarda farobiy ishini davom ettirdi, ilg‘or falsafiy oqimni yangi tabiiy ilmiy fikrlar bilan boyitib tizimlashtirdi va yangi bosqichga ko‘tardi. Ibn Sino fikricha, falsafaning vazifasi mavjudoni – barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, o‘zaro munosabati, birdan ikkinchisiga o‘tishlarini har tomonlama o‘rganishdan iborat. Uningcha, olam yaxlit murakkab borliqdir. U borliqni har tomonlama tekshirish uchun zarurat, imkoniyat, voqelik va sababiyat tamoyillarini asos qilib oladi. Olam – barcha mavjud narsalar ikkiga bo‘linadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud. Zaruriy vujud xech narsaga bog‘liq bo‘lmagan bir butunlikni tashkil qilib, u eng irodali, qudratli, dono tangridir.
Qolgan hamma narsalar imkoniy tarzda mavjud bo‘lib, zaruriy vujud-tangridan kelib chiqadi. Vujudi vojib va vujudi mumkin sabab va oqibat munosabatidadir. Bu bu jarayon emanatsiya tarzida, ya’ni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud bo‘lgan aql, jon (nafs) va jism, ular bilan bog‘liq holda osmon sferalari kelib chiqadi, mavjud narsalarga aylanadi. Bular hamma substantsiya (javxar) dir. Bundan tashqari borliqda aktsidentsiya (obraz)-narsalarning belgilari, rangi hajmi, xidi va boshqa xislatlari mavjud. Jism shakl va modda (xayulo) dan tashkil topadi. Imkoniy vujudning zaruriy vujuddan kelib chiqishi bevosita tangrining yaratuvchanlik qudrati tufayli bo‘lmay, balki borliq qonuniyatining, zaruriyatning natijasidir. Tangri bilan imkoniyat shaklida mavjud bo‘lgan materiya ham zaruriy ravishda voqelikka aylanadi. Xudo va materiya bog‘lanishi sabab va oqibat bog‘lanishi sifatida talqin etiladi. Xudo abadiy, uning oqibati bo‘lmish materiya ham abadiydir. Uning o‘zi boshqa aniq jismlarning asosidir.
Narsalarning konkret ko‘rinishlari, shakllari o‘zgaradi, lekin ularning moddiy asosi yo‘qolmaydi; «materiya doim vujudga kelishi mumkin bo‘lgan narsalardan avval mavjud bo‘lib, bu narsalar ularni tashkil etuvchi materiyaga muxtojdir». O‘z moddiyligi bir butun bo‘lgan tabiat o‘z ichki qonuniyatlari asosida rivojlanadi, tabiiy xodisalar sababiy bog‘lanishda. Materiyaning eng sodda bo‘laklarga bo‘linmaydigan shakli to‘rt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha o‘zaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar o‘zgarib, turli shakllarga ega bo‘lishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi bo‘lgan 4 element yo‘qolmaydi, abadiy saqlanadi. Materiya, xarakat, vaqt, fazo bilan uzviy bog‘liqdir, moddasiz fazo va xarakat yo‘q. Materiya va u bilan birga mavjud bo‘lgan xislatlarning abadiyligi, tabiatning ichki qonuniyat asosida mavjudligi, moddiy determinizm, Ibn Sino falsafasining eng kuchli, eng progressiv, materialistik tomonlardan biridir. Moddiy jismlarning taraqqiyotida Ibn Sino fikricha,avval tog‘-toshlar, so‘ng o‘simlik, xayvonot olamida so‘zi-tili, aqli va tafakkur qilishi bilan farq qiladi. Bilish masalasini talqin etishda ham Ibn Sino bir qancha materialistik fikrlarni olg‘a suradi. Inson bilimlari real ob’ektiv narsalarni bilish yordamida vujudga keladi. Bilish xissiy bilim va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. «sezish-deb yozgan u, - bu shunday ta’sirki, u tashqi narsalarning o‘zi bo‘lmay, balki bizning xislarimizda vujudga keladi. Xis moddiy obrazning oynasi bo‘lib, moddiy shakllarning bo‘yi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli, ularni moddiy asossiz in’ikos eta olmaydi va jismlarni bilmaydi». Hissiy bilimning ahamiyatini maxsus ko‘rsatib o‘tish bilan birga, bilishda narsa va xodisalarning mohiyati va qonunlarini o‘rgatishda tafakkurning roliga katta e’tibor beradi.
Sezgida narsa-xodisalarning ayrim tashqi belgilari, konkret tomonlari bilinsa, aql ularning mohiyatini, ichki tomonlarini abstraktsiyalashtirish va umumlashtirish yordamida bila oladi, rivoj topadi. Bunda u xususan, mantiq ilmiga katta e’tibor beradi.
Mantiq Ibn Sino asarlarida ilmiy bilishning va amaliy faoliyatning mezoni sifatida talqin etiladi. «aql tarozisida o‘lchanmagan har qanday bilim, - deb yozadi Ibn Sino, - chin bo‘lolmaydi, demak u xaqiqiy bilim emas». O‘rta asrda yaqin va o‘rta sharq jumladan, o‘rta osiyo falsafasida aql nazariyasi juda muhim o‘rin egallaydi. Ibn Sino ham bu masalaga katta e’tibor beradi.
Insonning bilimi bir necha darajaga ega bo‘lib, asosan 4 bosqichni bosib o‘tadi, so‘ng etuk xaqiqatni egallash, dunyoviy aql bilan bog‘lanib ketishi orqali tugaydi. Ibn Sino mantiq usullari, ta’riflash, xukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini o‘rganishga katta xissa qo‘shdi va mantiq fanini forobiydan so‘ng bilishning to‘g‘ri metodi sifatida rivojlantiradi. Mantiqdan tashqari barcha qolgan ilmlarni Ibn Sino tabiat va ijtimoiy xodisalar haqidagi ilmlar sifatida o‘zining «aqsam ul-umri ul-aqliya» («aqliy bilmlar tasnifi») asarida aloxida-aloxida sanab va ta’rif berib o‘tadi. Ibn Sino falsafiy ilmlarni avvalo ikkiga bo‘ladi: nazariy va amaliy ilmlar. Nazariy ilmlarni inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan narsalar to‘g‘risidagi xaqiqiy ilm deb ta’riflaydi. Amaliy ilmlarning ob’ekti inson faoliyatida. Nazariy ilmlar xaqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Falsafaning nazariy qismi uchga bo‘linadi:
1) Quyosh darajasidagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik.
2) O‘rta darajadagi ilm-matematika.
3) Oliy darajadagi ilm-metafizika.
Falsafaning amaliy qismi ham uchga bo‘linadi:
a) Shaxs haqida ilm.
b) Insonning o‘zaro munosabatlari haqidagi ilm.
v) Davlatni, mamlakatni boshqarish ilmi. Nazariy-falsafiy ilmlarga kiruvchi har uch turdagi ilmlar asosiy va yordamchi bo‘laklarga ajratiladi. Masalan: tabiatshunoslik ilmlari meditsina, alkimyo va etti xil tarmoqni o‘z ichiga oladi. Matematika esa arifmetika, geometriya, astronomiya, muzika nomi bilan to‘rt tarmoqqa bo‘linadi. Mantiq ilmini Ibn Sino o‘z dunyoqarashida pateistik tamoyiliga asoslanadi: tangri va borliq bir-biriga zid, bir-birini inkor etuvchi narsalar emas, aksincha, ular bir butun holda mavjudotnitashkil etadi. Abadiylik tangriga ham, materiyaga ham xos. Tangri va tabiat ma’lum pog‘onalar yordamida bog‘lanadi. Uzun va bir butun zanjirning bir tomonida yaratuvchi tangri-zaruriy vujud, ikkinchi chekkasida tabiat yotadi va tabiat tangri ta’siridan shunchaik uzoqdaki, o‘z qonuniyati yordamida o‘zgardi, rivojlandi. Ibn Sino asta-sekin deistik mavqega o‘tib ketadi, ya’ni u qachonlardir tangridan zaruriy ravishda kelib chiqqan moddiy olam mustaqil ravishda rivojlanishini isbotlashga harakat qildi. Panteizm va deizm o‘rta asr sharoitida ilg‘or falsafiy g‘oyalar, tabiiy-ilmiy va materialistik fikrlarni olg‘a surishning eng muhim shakli edi. Ibn Sino ijtimoiy masalalarda fqorobiy nazariyasiga asoslandi va uni rivojlantiradi. Ibn Sinoning ijtimoiy hodisalar haqidagi, ahloq, adolat, bideal jamoa to‘g‘risidagi fikrlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
tarixiy psixologik tadqiqotlarning guvoxlik berishicha Ibn Sino ikkita: tabiiy ilmiy (tibbiy) va metafizik (falsafiy) psixologiya mavjud. Ibn Sino tabib uchun «haqiqat qidiruvchi» (faylasufning) fikri majburiy emas deb hisoblaydi. Uning fikriga ko‘ra, tabib ham, faylasuf ham o‘z yo‘liga ega bo‘lib, o‘z tushunchalari va izohlari bilan ish ko‘radi.
Ibn Sino psixikaning miyaga bog‘liqligi g‘oyasiga amal qilib tabiblar va faylasuflar uchun alohida-alohida ruhiy quvvatlar klassifikatsiyasini berdi. Hamma quvvatlar «ichdan fahmlanadigan» va «tashqaridan fahmlanadigan» turlarga bo‘linadi. Tabiblar va faylasuflar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar aynan birinchi guruh ruhiy quvvatlariga taalluqli bo‘lib, tabiblar uchun bu quvvatlar
a) umumiy hissiyot yoki tasavvur;
b) fikrlovchi quvvat;
v) sezilayotgan buyumlar mohiyatini (obrazni emas) saqlovchi va qayta tiklovchi quvvatlarga bo‘linadi. Har bir quvvat miyaning u yoki bu qopchig‘ida lokallashgan.
Ibn Sino turli yosh davrlarida organizmning jismoniy taraqqiyoti bilan uning psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgangan. U aynan tarbiya vositasida organizm strukturasiga psixik ta’sir ko‘rsatiladi, deb hisoblangan. Xarakter fiziologik jarayonlarning kechishiga ta’sir ko‘rsatish tufayli shakllanadi. Odamlar bolada u yoki bu effektlarni xosil qilib uning psixologik qifasini shakllantirishadi.
Ibn Sino fiziologik psixologiyasining asosiy mazmuni shundan iboratki, organizmdagi jarayonlarni uning hissiy, affektiv hayotiga ta’sir ko‘rsatish orqali boshqarish, uni jismonan shakllantirish mumkin. Psixik va fiziologik omillarning o‘zaro bog‘liqligi ya’ni psixikaning tana holatiga bog‘liqligi va aksinchaaffekt, psixik jaroxat, tasavvur kuchi bilan unga ta’sir ko‘rsata olish qobiliyati Ibn Sino tomonidan tibbiy tajribada isbotlangan. Masalan: u ikkita qo‘yni bir xil ovqat bilan boqib, birining ro‘parasiga bo‘rini bog‘lab qo‘yadi. Biri semiradi, lekin bo‘rining ro‘parasida turgani ozib, xalok bo‘ladi. Bu tajriba qarama-qarshi emotsional ustanovkalar chuqur somatik siljishlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu fakat aslida emotsional holatlar eksperimental psixofiziologiyasiga taalluqli dastlabki tajribalardan hisoblanadi.
Ibn Sino mantiq (logika) ilmiga tushunchalar tizimi bilan katta hissa qo‘shdi. Masalan, u olti xil tushunchani sharxlaydi.
Birinchi – haqiqatda reallikdagi biron bir predmet tushunchaga mos kelmaydi va uning paydo bo‘lishi ham mumkin emas. Bu xudoning sherigi.
Ikkinchi – haqiqatda reallikda biror bir yagona predmet tushunchaga mos kelmaydi, lekin uning paydo bo‘lishi istisno qilinmaydi. Masalan: oltin tog‘, sharbat daryosi vaxokazo.
Uchinchi – umumiy tushunchaga bitta individual predmet mos keladi, lekin reallikda u mavjud bo‘lmaydi. Bu xudo.

Download 29,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish