To‘rtinchi – tushunchaga reallikdagi yagona predmet mos keladi. Lekin yana shunday yagona predmet paydo bo‘lishi istisno qilinmaydi. Masalan: oy, quyosh.
Beshinchi – tushunchaga reallikda sanash mumkin bo‘lgan predmetlar mos keladi. Masalan: daraxtlar, o‘simliklar, kitoblar…..
Oltinchi – tushunchaga reallikdagi sinash mumkin bo‘lmagan predmetlar mos keladi. Masalan; chang, yulduzlar, qum…
Ibn Sino emanatsiya nazariyasini talqin qilib, quyidagicha bayon qiladi. Xudo- absolyut birlik, nuqta, nuqtaning esa tomonlari yo‘q, demak, xudo faqat bitta narsani yarata olishi mumkin. «birlikdan faqat birlik paydo bo‘lishi mumkin». Ana shu yaratilgan birlik umumdunyoviy aql hisoblanadi. Bu birinchi aql. Umumdunyoviy aqlni xudo zarurat tufayli, tanilishini xoxlaganligi uchun yaratgan.
Umumdunyoviy aqlning uchta tomoni bor. Bitta tomoni xudoning o‘ziga qaratilib, uning o‘zini anglaydi, chunki umumdunyoviy aql xudoning o‘zi haqidagi bilimidir. Ikkinchi tomoni ikkinchi aql va uning sohasini (sferasini) yaratadi. Uchinchi tomoni ana shu sohaning ruhini, ya’ni uning ijodiy mohiyatini yaratadi.
Ikkinchi aql uchinchi aqlni, uchinchi aql to‘rtinchi aqlni vaxokazo, o‘ninchi aqlgacha yaratadi. Har bir aqlning o‘z sohasi va ruhi bor. Aqllar mana shu tarzda yuqoridan quyiga taralib oy sohasigacha tushadi. Shu erdan olov, tuproq, havo, suvdan tashkil topgan bizning er dunyomiz boshlanadi. Materiya ana shu to‘rt asos birikmalarini takomillashtiradi, o‘simliklar dunyosini, hayvonlar dunyosini va xihoyat odamlar dunyosini yaratadi.
Demak, xudoning hukmi faqat o‘zi yaratgan umumdunyoviy aqlgagina ta’sir ko‘rsatadi, xolos. Undan nari har bir aql o‘zidan quyidagi aqlnigana boshqaradi, ya’ni xukm faqat bitta quyidagi pog‘onaga o‘tadi. Xolos.
Ibn Sinoning bu fikri materiyaning evolyutsion taraqqiyotini asoslashga bo‘lgan fandagi dastlabki harakatlardan biri edi.
Ibn Sinoning mashhur aks ettirish nazariyasi, ya’ni olamning inson hissiyotlari, aql va ruhida aks ettirilishi haqidagi nazariya haqiqatda olamni inson tomonidan bilish mumkinligi haqidagi nazariya hisoblanadi.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asarida etuk insonni kamolga etkazish masalalari Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo'hb hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o'rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o'ziga xos tarzda bayon etiladi. Buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib «Qutadg'u bilig» kitobining an’anaviy boshlamasidan keyinoq insonning haqiqiy baxti bilimda ekanhgini bayon etadi. U ilm, zakovatning ahamiyati haqida fikr yuritish bilan birga unga alohida boblar ham bag'ishlagan. Lekin olim faqat ilmma’rifatning ahamiyatini ko'rsatibgina qolmaydi, u bilim va zakovatning amaliyotdagi o'rnini ham yoritadi. U bilimli buyuk, uquvni ulug' deb ta’riflaydi. Chunki zakovatli inson ulug' bo'ladi, bilimli kishi buyuk bo'ladi, deb ilmli kishilami asl toifadagi kishilarga qo'shadi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishini aytadi. O'sha davrdayoq olim «Bilim hatto osmon sari yo'l ochur» deb bashorat qiladi. U dunyoda odam paydo bo'libdiki, faqat bilimli kishilargina ezgu ish qihb, adolatli siyosat yurgizib kelgan, ana shu bihm va zakovati tufayli kishilar razolatdan poklangan deydi. Hatto hukmdorlar ham yurtni, davlatni aql, ilm, zakovat bilan idora etsa, el-yurt farovon bo'ladi, to'q va tinch hayot kechiradi, deydi. U kuch va qurolni aql va bilimdan keyingi ikkinchi o'ringa qo'yadi. Sechu (ya'ni har erda ma'lum xudo) insonni yara tti, tanladi, Unga h u n a r, bilim va uquv berdi. Unga ko ‘ngil (ya'ni aql) berdi, tilin i yo ‘riq (ravon) qildi, A ndisha, xulq ham da go‘za l fe ’l ato qildi, B ilim berdi, (shu tufayli) inson bu k u n u lu g 4 ikka erishdi. Uquv berdi, so‘ng (shu tufayli berk) tu g u n la r yo zild i. Yusuf Xos Hojib ilmli, ma’rifatli kishilarni qadrlash kerak, chunki ular mash’ala kabi yo'lni yoritib, to'g'ri yo'l ko'rsatadi, yaxshi-yomonni farq etishni o'rgatadi, deydi. Shuning uchun olimlami hurmat etish kerakligini ta’kidlab, ilm ahlini o'ta qadrlasa, ilmsizlami johil kishilar deb biladi. Agar shunday johillar mansab va amalga ega bo'lsa, ular egallagan to'rni poygak deb biladi. Dunyoda inson bilim va zakovati tufayU orzu-tilaklarga, ulug'likka erishishi mumkinligini aytadi. Lekin shunday bihm va zakovatning qadriga faqat xuddi o'zlariga o'xshagan donolar va zakovatlilar etadi, johil va telbalar bunday xislatlarga ega emas, deydi. Chunki jamiyatdagi barcha xatolar bihmsizlik, nodonlik, jaholat tufayU sodir bo'hshidan u qayg'uga tushadi, hayotda nodon va johillar ko'payib ketganhgidan afsuslanadi. U yurtni idora etuvchilarni va xalqni boshqaruvchilarni ikki toifaga bo'lib, birinchisi adolatli siyosatni yurituvchi beklar va ikkinchisi dono olimlar, deydi. Chunki siyosatchilar yurtni boshqarsa, olimlar ma’rifiy yo'l-yo'riq ko'rsatadilar. Olim bilimni ziyoga, tengi yo'q javohirga o'xshatib, u insonni yuksaltiradi, jahonning sir-asrorini bilib oUshga yordam beradi, deydi. Insoniyat nimaga erishgan bo'lsa, bilim tufayli erishganligini ta’kidlaydi. Ammo bu boylikni hech kim o'g'irlay olmaydi, deb bihm va zakovatni muqaddas do'st, mehribon qarindosh, kiyim va ozuqa sifatida ta’riflaydi. Lekin Yusuf Xos Hojib ilm-fanni anglashni targ'ib etibgina qolmasdan, uni hayotga tatbiq etish, amalda qo'llay olishga ham da’vat etadi. Yusuf Xos Hojib insonga xizmat etmagan bilimni dengiz tubida foydalanilmay yotgan injuga o'xshatadi. Yer ostida yotgan oltinni ham qazib olinsa, beklar boshiga toj bo'lganidek, ilmni ham foydali narsalarga sarf etishga da’vat etadi. Ohm bilimlilik va bilimsizlikning natijasi haqida fikr yuritar ekan, inson bilimsiz, nodon, johil bo'lsa, yaramas ishlar qilishi, aksincha, bilimli, dono, zukko bo'lsa ezgu ishlarni ro'yobga chiqarishini ta’riflash bilan kishilarni tinmay ilm olishga undaydi. Yuqoridagi fikrlardan ko'rinib turibdiki, buyuk alloma mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va moddiy, ma’naviy yuksahshida, elu xalqning boy va farovon turmushi - barchasi ilm va ma’rifatning ravnaqiga bog'hq ekanhgini to'g'ri va ishonarli dalillar bilan badiiy ifodasini bera olgan va o'zi ham ana shu ezgu ishni amalga oshirish uchun tinmay faoliyat ko'rsatgan. Mutafakkir o'zining axloqiy qarashlarini, ya’ni ijtimoiy munosabatlar, jamiyat a’zolarining barcha tiplari o'rtasidagi axloqiy munosabatlarni amaliyotga tayangan holda yoritadi. Bu axloqiy, xulq-odob prinsiplari, talab va vazifalari butun asar davomida qahram onlarning o'zaro munosabatlari asosida ifodalangan. Unda Elig(xon), uning vakillari, ijtimoiy guruhlarning o'zaro munosabati, axloqi, muomalasi, talablari bayon etiladi, turli kasb egalariga xos xislatlar, odatlar yoritiladi. Asarda ilgari surilgan axloqiy xislatlar mohiyatining to'la ochib berilishi olimning ta’lim-tarbiya, axloq masalalarini qay darajada chuqur bilganligidan dalolat beradi: insoniylik, rostgo'ylik, to'g'rilik, soflik, mehrmuhabbat, vafo, shafqat, m uruw at, insof, adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, shirinso'zlilik, saxovat, mardlik, himmatlilik, tavoze, hurmat va ehtirom, tadbirkorlik. Aql-zakovat, halollik, ezgulik kabi xislatlar ulug'lanadi, ularga yolg'onchilik, noinsoflik, fisqu fasod, bevafolik, mehrsizlik, dag'allik, qo'pollik, baxillik, nomardlik, quvlik, hurmatsizlik, nodonlik, johillik, haromxo'rlik, oehko'zlik kabi xislatlarni qiyoslab, ezgu xislatlarning yaxshi samaralari va salbiy xususiyatlaming yomon oqibatlarini misollar vositasida ishonarh qilib bayon etadi. Bunda dastlab, barcha yaxshi ishlarning manbaini ezgulik, yomon ishlarning asosini essizlik nomlari bilan talqin etadi. U inson hayotda qilgan ishi bilan yo yaxshi nom qoldiradi, yo yomon nom oladi, deydi. Alloma barcha ezgulikning boshi - til odobi, asar uning foyda va zararlariga bag'ishlanadi deya ta’kidlaydi. Til insonning qadr-qimmatini oshiradi yoki shu til orqali inson yuz tuban ketishi ham mumkin. Kishi ikki narsa bilan hayotda mangu qoladi: biri xushxulqlilik bo'lsa, ikkinchisi - yaxshi so'z, deydi. Insoniy munosabatlaming eng oliy mezoni sanalgan hurm at va ehtiromni tarkib toptirishning barcha ko'rinishlari asarda o'z ifodasini topgan. Yusuf Xos Hojib jam iyat taqdirini hal etuvchi eng ulug' m ansabdorlardan oila a’zolarigacha bir-biriga bo'lgan muomalamunosabat masalalarini ham hayotiy misollar vositasida yoritadi. Katta yoshlilarning kichiklarga, kichiklarning ulug'larga, am aldor va mansabdorlarning o'z xizmatchilariga, xizmatchilaming o'z xo'jalariga, turh ijtimoiy guruh a’zolarining bir-birlariga, oilada oila a’zolarining birbirlariga muomala m adaniyatining eng oddiy ko'rinishlarigacha tasvirlab, kishining ko'z oldida yaqqol namoyon etadi. Buni biz farzand tarbiyasida uning tug'ilganidan boshlab xulq-odob qoidalarini, bilim va hunarni o'rgatish, buning uchun pok va bilimli muallim-murabbiy tanlash, farzandning hatti-harakatini doimo nazoratda saqlash kabi masalalarning bayon etilishidan ham bilsak bo'ladi. Mutafakkir uluglar va kichiklar o'rtasidagi xulq-odob qoidalari haqida gapirar ekan, shu asnoda kamtarlik, salomlashish odobi, talablari, qoidalarini ham tavsiya etadi. Ayniqsa, Yusuf Xos Hojibning amaldorlar axloqi haqidagi o'gitlari diqqatga sazovor va bu fikrlar hozirgi davrda ham qim matlidir. Allom aning beklar, hojiblar, vazirlar, saroyboshilar, elchilar, lashkarboshilar, devonboshilar, xazinadorlar, sarkotiblar kabi ko'plab amaldorlarning xatti-harakatlari, ish yuritishlari, xulq-odobi haqidagi o'gitlari va yol-yo'riqlari har bir amaldor uchun dastur sanaladi. Masalan, har bir amaldorning o'z ishining ustasi, ilm-fanni egallagan, uning turh sohalari borasida fikr yurita oladigan, so'zga chechan, zehnli, fahm-farosatli, himmath, ko'zi to'q, ochiqqol, saxiy, tadbirh, zukko, hushyor, jiddiy, qanoatli, jasur, sog'lom, samimiy, sadoqatli, o'z so'zining ustidan chiqadigan, andishali, she’r baxsida ishtirok etib, o'zi ham she’r to'qiy oladigan, turh tillami biladigan va yoza oladigan, nard, shatranj, chavgon o'ynay oladigan, merganlik kabi xislatlarga ega bo'hshi kerakligini ta’ kidlaydi. Har bir insonning kamolga etishida to'sqinlik qiladigan yomon illatlar, nuqson va kamchiliklardan, birinchi navbatda, el-yurt xizmatida bolgan amaldorlar xoli boiishi lozimligi uqtiriladi: maishat, ishratparastlikka berilish, kek, gina, adovat, nizo, xusumat, fisqi-fasod, maishiy buzuqlik, mayparastlik, kayfu safoga berihsh, mutakabbirlik, xiyonat, davlat ketidan quvish, manfaatparastlik, xudbinlik, boshqalaming haq-huquqlarini toptash, ta’magirlik, haqorat kabilar shunday illatlardirki, buning natijasi davlatning rivojiga putur etkazib, jamiyatni ma’naviy qashshoqlikkka ohb boradi, deb bunday yomon illatlardan tiyilishni maslahat beradi. (Agar) dunyo beglari ichimlikka (maishatga) berilsa, El va xalqning dardlari (qismati) achchiq bo'ladi. Jahongir kishi aysh-ishratga mahliyo boisa, Elini buzadi (xarob qiladi), o'zi (esa) tilamchi Boiib qoladi. Yusuf Xos Hojib takabburlik, mag'rurlanish, kekkayishga kamtarlik, xushsuxanlik, xushfe’llilikni qarshi qoyadi. Amaldorlarga xoh katta, xoh kichik bo'lsin, balandhimmatli, m uruw ath bo'lish, samimiylik xos fazilat ekanhgini alohida ta’kidlaydi. Insonning haqiqiy boyligi uning ko'z va ko'ngil to'qligi, deb baho beradi. Zero, oehko'zlik, ta’magirlik insonda poraxo'rlik kabi yomon illatning tomir otishiga ohb keladi, deydi. Yusuf Xos Hojib oilaviy-maishiy turmush ikir-chikirlariga ham katta e’tibor beradi. U kishilarni o'ylab oila qurishdan farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta ’minotini yuritishgacha bo'lgan eng ezgu zaruriy vazifalarni birma-bir bayon etadi. Yigitlik va keksalik fasllari haqida ham fikr yuritib, yigitlikni ehtiyot qihsh, yigitlik davrida qarilikning g‘amini eyish, bu to'g'rida qayg'urish kabi zaruriy narsalar haqida tavsiyalar beradi. Ohm insonning turh marosimlar, yig‘inlar, uchrashuvlar, ziyofatlarda o'zini tutishi, xulq-odob qoidalariga rioya etishi haqida fikr yuritib, mehmon va mezbonlik qoidalari, shartlari, tartib-intizomlari haqida muhim o'gitlar beradi. Masalan, «Qutadg'u bihg»dagi elchilar (diplomatlar) huzurida, shohlar saroyida, to'y va aza marosimlari kishi o'zini qanday tutishi, odobi masalalari hozirgi davrda ham o‘ta dolzarbdir. Yusuf Xos Hojib «Qutadg'u bilig» asarini yozishda Sharqda keng yoyilgan o'git-nasihat janriga doir asarlarga tayanib ish ko'rsa ham mulohazalarni bayon etishda hayotiy dalillarga ko'proq murojaat etadi. Masalan, insonga yaxshilik bilan yomonlik qilishning oqibatlarini quyidagicha bayon etadi: O'zingezgu bolsang, oting maqtovga loyiqdir, Agar yomon bolsang, tahqirga mahkumsan, ey latif \ Tuban Zahhok ne tufayli tahqirga loyiq boldi, Baxtli Faridun qanday qilib madhga sazovor boldi. Biri ezgu edi, uni madh qildilar, Biri yomon edi, uni solzdilar. Demak, ezgulik va essizlik bu o'rinda qiyos etiladi. Shunday qiyosni biz yaxshilik bilan yomonlik, rost bilan yolg'onchilik, yorug'lik bilan ziyo, samimiylik bilan quvlik, kam tarlik bilan takabburlik, bilimlilik bilan johillik, saxiylik bilan baxillik va boshqa juda ko'p axloqiy xislatlar taqqoslanganda ham ko'ramizki, bu uslub muayyan maqsadni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Yusuf Xos Hojibning o‘zi kishilarga munosabatda o'rtacha yol tutishni tavsiya etadi. Shunda do'st dushmanga aylanmaydi, ezgu ishlar amalga osha boradi. «Qutadg'u bilig»da yana jumboqlarni echish usullaridan ham foydalanilgan. Bu uslub o'quvchini asarga qiziqtiradi, uni o'qimishli qiladi. Hozirgi davrda bu muammoli ta’hm deb yuritiladi. Ammo bizda jumboqmuammoli ta ’lim o'ziga xos xususiyatga ega. M asalan, asardagi Kuntug'mish (Ehg) bilan Oyto'ldi munozarasini olaylik. Bu munozarada olim quyidagi fikmi ilgari suradi: Ehg Oytoldiga o‘rin berganda o'tirmagan, «Xon yonida menga o'rin yo'q», - degan edi. Erga koptok qo'ygani va unga o'tirgani bilan Oyto'ldi - davlat koptok kabi barqaror emas, bir joyda turmaydi, degani. Ehg boqqanda ko'zini yumib oigani - davlat ham ko'r kishi kabi boladi, kimga ilashsa, unga qattiq yopishib oladi, degani edi. Yuzini yashirgani esa, barcha qilmishlarim, ya’ni davlat jafo, unga ishonma, degani, deb kishi davlat va baxtga quvonib ketmasligi, ulardan quvonib, ortiqcha g‘ururlanib ketmay, aksincha, o'zini ehtiyot qilishi, yig'ilgan narsalarni me’yorida sarflashi, bexud bo' hb, ichkilikka berilmashgi, narsalarni sovurmashgi kerak deb ko'rsatadi. Xulosa qilib aytganda, Yusuf Xos Hojibning mazkur asari insonni har tomonlama kamolga etkazishda yirik ta’limiy-axloqiy asar dir. Shuning uchun ham bu asar o'zining ilmiy, ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini shu paytgacha saqlab kelmoqda.
Nazorat savollari:
1. Ibn Sino falsafiy ilmlarini necha qismga bo‘lgan va ular nimalardan iborat?
2. Ibn Sino o‘z dunyoqarashida qaysi tamoyillarga asoslanadi?
3. Ibn Sino o‘z falsafiy va tabiiy ilmiy ta’limotini shakllantirishda ko‘proq nimalarga tayanadi?
4. Ibn Sino qaysi fanning rivojlanishiga katta qo‘shgan?
T e s t .
1. Insonni bilimi necha bosqichni bosib o‘tadi?
A) 3. V) 4. S) 5.
2. Falsafaning nazariy va amaliy qisimlari nechaga bo‘linadi?
A) 10. V) 9. S) 3.
3. Ibn sino qaysi fanning rivojlanishiga xissa qo‘shgan?
A) mantiq. V) falsafa. S) psixologiya.
4. Sharq arestoteli deb nom olgan faylasuf?
A) ibn sino. V) beruniy. S) forobiy.
5. Ibn Sino fikriga ko‘rara taqqiyotning yakuni sifatida nima vujudga kelgan?
A) o‘simlik. V) xayvonot. S) inson.
Do'stlaringiz bilan baham: |