6-mavzu: Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari Mаvzuning аsоsiy mаqsаdi tаlаbаlаrgа quyidаgi tаyanch ibоrаlаr vа tushunchаlаr to’g’risidаgi bilimlаrni bеrish hisоblаnаdi


-chizma.Memorial-order shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana21.12.2022
Hajmi0,5 Mb.
#893619
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzu

6.2-chizma.Memorial-order shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi 
Turli hisob registrlariga asoslangan buxgalteriya hisobining turli shaklida 
ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va jamlash o‘ziga xos xususiyatlarga ega
(6.1, 6.2, 6.3, 6.4- chizmalarga qarang). Shuning bilan birga barcha hisob shakllarida 
ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish va jamlash quyidagi umumiy ketma ketlikda amalga 
oshiriladi : 
1. Barcha yuz bergan va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xo‘jalik 
operatsiyalari schetlarga ochilgan analitik va sintetik hisob registrlarida (hisobotlar, 
qaydnomalar, jurnal-orderlar, memorial -orderlar) xronoligik tarzda qayd etiladi. Ko‘p 
martalab yuz beradigan operatsiyalar dastlab jamlovchi qaydnomalarga o‘tqaziladi, 
ularning jamlangan ma’lumotlari esa oy oxirida jurnal-orderlarga (memorial-orderlarga, 
analitik hisob mashinogrammalariga ) o‘tqaziladi. 
2.Jurnal-orderlar, 
memorial-orderlar, 
analitik 
hisob 
mashinogrammalari, 
qaydnomalarning yig‘ma ma’lumotlari Bosh kitobga o‘tqaziladi. 
3.Bosh kitob ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning 
boshqa shakllari tuziladi.
 
4. Buxgalteriya hisobi informatsion texnologiyalariga asoslangan va 
soddalashtirilgan shakllari aharniyati hamda ularning yuritilishi 
Buxgalteriya hisobining ushbu shakli elektron hisoblash mashinalarini qo‘llashga 
asoslangan. 
Hisoblash texnikalarining rivojlanishi, ularni iqtisodiyotning hamma sohalarda keng 
qo’llanilishi iqtisodiy samaradorlikga erishishning asosiy omillaridan biridir. 
Buxgalteriya hisobi ishlarini takomillashuviga erishish, ularning samaradorligini 
oshirish maqsadida ishlarini mexanizatsiyalashtirish natijasida Buxgalteriya hisobining 
jadval - avtomatlashtirilgan shakli vujudga keldi. 
Hisob ishlarida axborot texnologiyalaridan foydalanishda yordamchi quyidagi 
imkoniyatlar yaratiladi: 
1. Hisob ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar soni qisqaradi. 


2. Hisob xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi. 
3. Hisob ma’lumotlari qayta ishlanishi tezlashadi. 
4. Hisob ma’lumotlaridan foydalanishni operativligini ta’minlanadi. 
5. Moddiy javobgarlik ustidan nazoratni kuchaytirilishiga erishiladi. 
6. Korxonalarning mulkchilikni saqlanishi ustidan nazorati kuchaytiriladi. 
7. Hisob ishlari bilan bog‘liq xarajatlar kamayishiga erishiladi. 
Buxgalteriya hisobining axborot texnologiyalariga asoslangan shakli asosida 
buxgalteriya hisobi usulining asosiy elementida hujjatlashtirish yotadi. Ammo, shunga 
ahamiyat berish zarurki, hujjatlardagi ma’lumotlarni guruhlash, umumlashtirish hisoblash 
mashinalari yoki kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi. 
Hisob ishlari kompyuterlarda amalga oshiriladigan korxonalarda hisob ma’lumotlari 
hisob registrlarida yoki hisoblash mashinalarini ma’lumot tashuvchilarida saqlanadi, ya’ni 
masalan, disketlarda va h.k. 
Buxgalterning ish joylarini kompyuter bilan ta’minlanishi avtomatlashtirilgan ish 
joylarini yaratilishiga asos bo‘ladi. 
Axborot texnologiyalaridan hisob ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar bilan 
birga korxonalarda boshqarishning avtomatik tizimini yaratilishi bilan birga olib boriladi. 
Boshqarishning avtomatik tizimi korxonalar xo‘jalik faoliyatini boshqarishdagi 
vazifalar kompyuterlarni qo‘llash yordamida bajariladi. 
Buxgalteriya hisobida axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish, natijasida 
vujudga kelgan, buxgalteriya hisobining jadval –avtomatlashtirilgan shakli kompyuter 
dasturlaridan foydalanishga asoslangan. 
Kompyuterlarni hisob ishlariga mo‘ljallangan dasturlari hisob registrlarini 
avtomatlashtirilgan tarzda tuzishga imkoniyat yaratadi. 
Buxgalteriya hisobining takomillashgan avtomatlashtirilgan shaklida asosiy bosqich 
bu - buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlashdir. Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun 
kompyuterga kiritilishidan oldin, ma’lumotlar qayta ishlashga moslashtirilishi lozim. 
Avtomatlashtirilgan hisob shaklida hujjatlar aylanishi ham shu shaklga moslashgan 
holda tuzilishi lozim. Ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturlarni tayyorlash, 
ularni qo‘llashga doir texnologik va qo‘llash ko‘rsatmalari ham ushbu shakldagi 
bosqichlardan hisoblanadi. 
Ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma’lumotlarni hisoblash markazi (HM) yoki 
avtomatlashtirilgan ish joyida buxgalteriya xodimi turli mazmundagi hisob registrlarini 
oladi. Dasturda ishlab chiqilganiga ko‘ra, bu hisob registrlari jumal-orderlar, vedomostlar, 
kitoblar, kartochkalar va boshqalar bo’lishi mumkin. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi qaysi shaklidan foydalanishni 
mustaqil ravishda belgilaydilar va bunda ular hisob-kitob ishlarini hajmi, hisob xodimlarini 
soni, malakasi va boshqa omillarni e’tiborga oladilar. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatlari hisobini yuritishda buxgalteriya 
hisobining 
qaysi 
shakllaridan 
foydalanishlaridan 
qat’iy nazar, O‘zbekiston 
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga va boshqa tegishli 
me’yoriy hujjatlarga va ko‘rsatmalariga rioya etishlari shart. 



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish