6 mavzu: Amir Temur davlati. “Temur tuzuklari”
XIV asrning 50-60-yillarida O’rta Osiyoda feodal tarqoqlik G’oyatda kuchayib, ular qonli urushlarga aylandi. Amir Bayon Sulduz Samarqandda, Amir Xoji Barlos Keshda, Amir Boyazid Jaloir Xo’jandda, O’ljoytu Sulduz Balxda, Muhammad Xo’ja Yazdiy Shibirg’onda o’zlarini mustaqil hisoblaganliklari sababli ular o’rtasida doimiy nizolar bo’lib turdi. Natijada davlatni boshqaruv ishlari va xo’jalik hayoti butunlay izdan chiqqan edi.
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelganidan keyin (1370 y.), u va uning avlodlari davri mamlakatimiz tarixi turli tarixiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarga boy davr bo’ldi. Bu davrda O’rta Osiyoda uzoq muddat davom etgan mo’g’ullar istibdodiga barham berildi. Xususan, bu davrda ilmiy-madaniy hayotning gurkirab rivojlanganligini kuzatishimiz mumkin. Amir Temur tibbiyot, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, tilshunoslik, diniy ilmlarga katta e’tibor berdi. Uning saroyida Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshiy, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Bahriddin Ahmad, Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy kabi allomalar faoliyat ko’rsatishgan. Amir Temur harbiy yurishlar, davlatni boshqarish ishlaridan tashqari juda ko’pgina me’moriy obidalar qurish ishlarini ham olib bordi. Ayniqsa, Samarqandda juda ko’plab me’moriy obidalar, bog’lar, saroylar bunyod etildi. Xususan, Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi, Bog’i Dilkusho, Bog’i Nav, Bog’i Bihisht, Bog’i Shamol kabi bog’lar, Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy kabi qarorgohlar shular jumlasidandir.
Amir Temur Shahrisabzda Oqsaroy va maqbaralar, Turkistonda Ahmad Yassaviy maqbarasi, Toshkentda Zangiota maqbarasi, Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag’dodda madrasalar barpo ettirdi. Butun O’rta Osiyo hududlarida qishloqlar, karvonsaroylar, hammomlar, madrasalar, maqbaralar qurilishi o’sha davr uchun misli ko’rilmagan darajada olib borildi.
Amir Temurdan so’ng uning avlodlari jahonning moddiy-ma’naviy madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo’shdilar. Xususan, Ulug’bek davrida fan va madaniyatga homiylik qilish, bu sohalarning gullab yashnashi va qurilish ishlari yanada avj oldi. Ulug’bek zamonida Samarqand, Buxoro, o’ijduvon, Shahrisabzda masjid va madrasalar, saroylar bunyod etildi. 1428-1429 yillarda Samarqandda rasadxona bunyod etildi. Bu rasadxonada Ulug’bek bilan o’z davrining mashhur olimlari Jozizoda Rumiy, o’iyosiddin Jamshid, Ali Jushchilar ham faoliyat ko’rsatib astronomiya sohasida ulkan ishlarni amalga oshirdilar. Rasadxona yordamida Ulug’bek mashhur astronomik jadvallar — «Ziji Ko’ragoniy»ni tuzdi.
Bu davrda tarixiy fanlar sohasida ham ko’pgina ishlar qilindi. 1424-1425 yillarda Sharofiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»ni tugatdi. O’ofizi Abru «Tarixiy yilnomalar», «Butun jahon tarixi» asarlarini yozdi. Abdurazzoq Samarqandiy o’zining «Matla’i us-sada’yn va majmai ul-bahrayn» asarida Shohruh davri tarixini yoritib berdi. Shuningdek, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilarning ham ijodi gullab yashnadi.
Bu davrda adabiyot sohasida ham samarali ishlar qilindi. Bu jarayonda shoir va davlat arbobi bo’lgan Alisher Navoiyning xizmatlari katta bo’ldi. Undan tashqari Jomiy, Lutfiy, Sakkokiy kabilar o’lmas asarlar yaratdilar. Kamoliddin Behzodning rassomlik faoliyati rivojlandi. XIV-XV asrlar O’rta Osiyoda musiqa san’ati taraqqiyotida ham yangi mahsuldor bosqich bo’ldi. Mahoratli sozandalar, bastakorlar, hofizlar orasidan Abduqodir Nayiy, Julmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli hijjakiy, Josim Rabboniy, Darvish Ahmad Jonuniy va boshqalar etishib chiqdilar. Umuman olganda temuriylar davridagi madaniy taraqqiyot «Temuriylar uyQonishi (renessansi)» atamasiga muvofiq keladi. Bu haqiqatan ham turli madaniy doiralar — fan, adabiyot, badiiy ijodning yagona O’rta Sharq zaminida o’ziga xos uyg’onishi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |