Amur Temur davlatining ichki va tashqi siyosati
«Siyosatda maslahat, mulohazakorlik, o’ylab ish qilish qurol kuchidan o’n baravar foydaliroqdir», degan dono so’zlar Amir Temurga mansubdir. Bu so’zlar hozirgi tilda nizoli masalalarni siyosiy muloqot, ogohlantiruvchi diplomatiya yo’li bilan hal qilishni bildiradi.
Amir Temurning tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Evropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona – jo’g’rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi.
Islom Karimov
Temur o’zining hayoti davomida harbiy iste’dodi, mohir sarkardaligi, diplomatliligi va etuk davlat arbobi bo’lganligi tufayli milliy yuksalish va insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan ulkan markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo’ldi. Sohibqiron turk-mo’g’ul an’analariga amal qilgan holda o’z davlati hududlarini suyurQol (ulus) tariqasida in’om qilish yo’li bilan boshqargan. Temur Movarounnahrdan tashqaridagi erlarini to’rt ulusga bo’lib, farzandlariga in’om etdi. Bu masalaning e’tiborli tomoni shundaki, garchi sohibqiron tomonidan bo’lib berilgan erlar ichki mustaqillikka ega bo’lsalar-da, lekin amalda batamom markaziy hokimiyatga bo’ysundilar. Temurning o’ta darajadagi zukkoligini shundan bilsa bo’ladiki, u uluslar o’rtasida o’zaro nizolar kelib chiqmasligi uchun ularning faoliyatini doimo o’zi nazorat qilib turadi.
Temur davlatining eng ko’zga ko’ringan va muammoli tomoni shundaki, sohibqiron kichik bir viloyat doirasida tarbiya topgan bo’lsa-da, davlat mafkurasining boshqaruv tayanchi kuchli hokimiyat ekanligini tushundi va davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo’l qo’ymaydigan vazirlarni tanlashga harakat qildi. Amir Temur vazir to’rtta sifatga ega bo’lishi lozim deb hisoblagan: birinchisi-asllik, toza nasllilik, ikkinchisi-aql-farosatlilik, uchinchisi-sipohu raiyat ahlidan xabardorlik, to’rtinchisi-sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.
Amir Temur hukmronlik qilgan davlarda davlatning markaziy ma’muriyati boshida devonbegi, arkbegi va to’rt vazir turgan. Vazirlar solig’lar yiQish, meros ishlari, askarlar maoshi va ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, saroy xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarganlar.
Bu davrlarda erga egalikning ba’zi turlari mavjud bo’lib, ular suyurQol erlar, vaqf erlar, jamoa erlari edi. Xususiy er egalari tarxon unvonini olganlar, davlatga solig’ to’lashda ba’zi imkoniyatlarga ega bo’lganlar, vaqf erlar masjid va madrasalarga qarashli erlar bo’lib, ular solig’ to’lashdan ozod qilganlar. Amir Temur davrida asosiy solig’ daromad solig’i-xiroj bo’lib, u olinadigan daromadning uchdan bir qismiga teng bo’lgan. Temur tuzuklarida yozilishicha, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki er osti suvlarini tortib oladigan inshoot qursa, yo, biron bog’ ko’kartirsa, yoxud biron tashlandiq erni obod qilsa, faqat erni o’zlashtirganining uchinchi yili (birinchi, ikkinchi yil umuman to’lamagan) qonun doirasida xiroj solig’i olingan. Undan tashqari ushr, mol, suvloq kabi solig’ turlari mavjud bo’lib, ular yillar davomida amal qilingan tartib-qoidalarga binoan to’plangan. Solig’ to’plovchi solig’ yiQish jarayonida solig’ni yaxshi so’zlar bilan to’plashi, aholini kaltaklash hollari, zanjirband etish hollari kelib chiqmasligini nazorat qilishi shart edi.
Amir Temur davlatni mustahkamlashda qonun-qoidalarning tutgan o’rniga keng e’tibor berdi. Frantsuz olimi Alfons de Lamartin Amir Temur davlati haqida shuday degan edi: «Evropa na Iskandarda, na Atillada va na Moskoviya zafarini quchgan yangi fotih Napoleonda adolatli qonunlar asosiga qurilgan bunday boshqaruvni bunyod etgan emas». «Davlat ishlarini, — deb yozgan edi Amir Temur, — saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqardim. To’ra va tuzukka tayanib saltanatda o’z martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim».
Sohibqiron mamlakat obodonchiligiga ham juda katta e’tibor berdi. Dastlab, Samarqandni poytaxt qilib olgach, u juda katta imtiyozlarga ega bo’lgan shaharga aylanadi. Sohibqiron harakati bilan Samarqandda dunyoning yirik shaharlaridan keltirilgan binokorlar, me’morlar tomonidan masjidlar, madrasalar, maqbaralar bino etildi. O’atto Qariblarga oziq-ovqat beradigan Qaribxonalar, yo’lovchilar qo’nib o’tadigan maxsus joylar ham qurilgan. Shahar atrofi mustahkam devorlar bilan o’ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So’zangaron va Feruza kabi nomlar bilan darvozalar quriladi. Temurning qarorgohi sifatida noyob ma’muriy bino Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar ham aynan shu erda quriladi. Temur noyob qurilishlardan tashqari Samarqand atrofida o’zining xeshu aqrabolariga atab turli go’zal bog’lar qurdirardi.
Temur ulkan sohibqiron sifatida o’zining ona yurti Keshga katta diqqat-e’tibor bilan qaradi. Yozma manbalardagi ma’lumotlariga qaraganda, Amir Temur Shahrisabzda Oqsaroy, jome’ masjid, madrasalar barpo ettiradi. Sohibqirondagi ulug’ sahovatning yana bir tomoni shunda ediki, u bepoyon dashtlar bilan qamrab olingan Turkiston shahrini ham obodonchiligiga keng e’tibor berdi. Jumladan, Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini qurish bilan bu erda nafaqat obodonchilik, balki ko’chmanchi va o’troq aholi orasidagi munosabatni yaxshi yo’lga qo’yish, urug’lar o’rtasida tinchlik saqlash maqsadi yotgani ma’lum.
Amir Temur davrida yangi shaharlar, savdo va hunarmandchilik keng rivojlanganligini aytib o’tmoq lozim. Temurning sa’y-harakatlari bilan Buxoro, Shahrisabz, Toshkent kabi shaharlar savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida rivojlanib bordi. Ayniqsa, bu davrlarda hunarmandchi-likning keng rivojlanishi shaharlarda hunarmandchilik mahallalari, savdo rastalari soni ortib borishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Sohibqiron savdo yo’llari rivojiga, uning tinchligiga keng e’tibor berib bordi. Shaxsan o’zining nazorati ostida savdo yo’llari nazorat qilib borilishi savdo karvonlarining xavfsizligini ta’minladi.
Amir Temur davlatining mafkurasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni izga solib yo’naltirishdan tashqari siyosiy hayotda ham kuch keng yo’lga qo’ydi. Sohibqiron chet davlatlar bilan aloqani keng yo’lga qo’ydi. U davr shart-sharoitlariga ko’ra tashqi siyosatda qat’iy, faol harakat qilib, o’z saltanati dovrug’ini jahon miqyosiga chiqara oldi. Sohibqironning Yildirim Boyazid ustidan bo’lgan Qalabalaridan so’ng Frantsiya, Angliya, Genuya va Vizantiya erkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishni taklif etgan. Shunday qilib u Evropa davlatlari bilan yaqin qo’shnichilik qilish, savdo karvon yo’llarini rivojlantirish niyati borligini ko’rsatib o’z davlati shuhratini Evropaga tarqata oldi. Uning saltanatini dovruQi bu mamlakatlarga etib borishi bilan Frantsiya, Angliya, Genuya, Vizantiya, Ispaniya kabi davlatlarning qirollari sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o’rnatishga intilganlar. Shu bois ular sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar. Temurning chet davlatlar bilan olib borgan diplomatik aloqalarida uning o’Qli Mironshoh ko’p yordam bergan.
Amir Temur davrida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror bo’lgan. Sohibqiron o’z davrining fan va madaniyati jonkuyari sifatida shuhrat qozondi. Temur taqvodor ruhoniylarga chuqur hurmat bilan qaradi. Ularning duolarini oldi, doimo kamsitilgan mazhab tarafdorlarini o’z himoyasiga oldi. Darvesh, faqir va miskinlarni o’ziga yaqin tutib, ularni ranjitmaslik uchun barcha talablarini bajardi.
O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy taraqqiyotida Temurning diniy va dunyoviy bilimlariga e’tibor berishi katta ahamiyatga ega edi. Sohibqiron doimo ilm ahli va ulamo bilan suhbatda bo’lib, qalbi toza kishilarga talpingan. Temur davridagi ilm-fan, me’morchilik, san’at sohalari o’z davriga nisbatan o’ta darajada rivojlanib, yuksak ma’naviy boylik darajasiga ko’tarildi. Shu davrning nodir qo’lyozmalari tarixning mo’jizasiga aylanib qoldi.
Din jamiyatda mafkuraning ustunlaridan biri bo’lganligi sababli sohibqiron dinga keng e’tibor berdi. U nafaqat askarlarini, balki barcha fuqarolarini musulmonchilik ruhida tarbiyalashga harakat qilgan. Uning doimo amal qilib kelgan «Kuch adolatdadir» degan so’zlari uning davlatni boshqarishdagi yuksak qobiliyatidan dalolat beradi.
Mashhur muarrixlardan biri Nizomiddin Shomiy o’zining «Zafarnoma» asarida shunday yozadi: «... uning adolatiyu siyosati o’rnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng chekka joylaridagina emas, balki Xo’tan chegarasidan Dehli va Kanboyit atrofigacha, Bobil Abvobdan to Misr va Rum hududigacha bo’lgan erlardan savdogarlar u erda tursin, bolalaru, beva xotinlar ham ipakli matolar, oltin-kumush va eng zarur tijorat mollari keltirardilar va olib ketardilar. O’ech bir kimsa ularning bir doniga ham ko’z olaytira olmaydi va bir dirhamiga ham ziyon etkazmaydi. Bu cheksiz ne’mat va poyonsiz marhamatlar Amir sohibqironning siyosati va adolati natijasidandir».
Bu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, Temurning hayoti katta jangnoma, u ko’plab mamlakatlarni o’z tasarrufiga oldi. Lekin bu erdagi asosiy masala-Temur shaxsining ustunligini va idora qilish qudratining sirlarini, mohir sarkarda va tinchlik pos-boni, fuqaro farovonligi rahnamosi sifatidagi shaxs ekanligi, uning yuksak me’moriy inshootlar qurishdagi o’rnini izohlash, uning echimini topishdir.
«Temur tuzuklari» — adolatli hamda kuchli davlat barpo etishdagi muhim qonun-qoidalar sifatida
Buyuk strateg, mohir siyosatchi, eskirgan ijtimoiy munosabatlarning qat’iy islohatchisi, savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniyatning homiysi bo’lgan Amir Temur «Qonunlar va urf-odatlarga asoslangan» davlatni barpo etdi.
Islom Karimov
Amir Temur va temuriylar davrida yozilgan tarixiy asarlar anchagina bo’lib, ular orasida «Temur tuzuklari» buyuk jahongir hayotiga va faoliyatiga baQishlangan asarlar ichida shubhasiz alohida ahamiyat kasb etadi. «Temur tuzuklari» jahonning mashhur kutubxonalaridan joy olgan qimmatli asardir.
«Temur tuzuklari» ikki qism, 56 ta banddan iborat tarixiy va huquqiy asar bo’lib, unda sohibqironning davlat tuzilish va mamlakatlarni boshqarish xususidagi nuqtai nazari bayon qilinadi. Bu asardan ko’plab sharq hukmdorlari o’zlarining faoliyatlari davomida foydalanganlar va unga yuqori baho berganlar. Jumladan, Shoh Jahon (1628-1657), Qo’qon xoni Muhammad Alixon (1821-1842), Buxoro amiri Abdullahadxon (1885-1910) «Tuzukot» dan parchalar ko’chirtirib, ulardan o’z faoliyatlarida foydalanganlar.
«Tuzuklar»ning birinchi qismida Amir Temurning etti yoshidan to vafotiga qadar (1342-1405 yil 18 fevral) kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo’lga kiritishi, ijtimoiy tarqoqlikka barham berishi va markazlashgan davlat tuzishi, qo’shni yurt va mamlakatlarni, masalan Eron va Afg’onistonni o’z tasarrufiga kiritishi, Oltin O’rda xoni To’xtamishxon ustixon, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarbayjon, Turkiya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.
Ikkinchi qismi Sohibqironning nomidan aytilgan va uning toju taxt vorislariga atalgan o’ziga xos vasiyat va pandu nasihatlaridan iboratdir. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalarining burchi va vazifalari, vazir va qo’shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida ko’rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va hokazolar xususida gap boradi.
Amir Temur o’z oldiga ulug’ davlatning ichki siyosati va ishchan davlat tizimini qadimiy tajribalardan ijodiy foydalangan holda tuzish, harbiy siyosatni zamon talabi asosida tobora takomillashtirib, mo’g’ul istilosi asoratlarini tezroq bartaraf etib, xo’jalikni oyoqqa turQizish, savdo-sotiq, hunarmandchilikni bir me’yorga tushirish va rivojlantirish, aholi manfaatlarini himoya qilish, islom diniga rivoj berish, ilm-fan, madaniyat, me’morchilikni tubdan rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini keng ko’lamda jadallashtirish kabi dolzarb vazifalarni qo’ygan edi. Uning bunday sa’y-harakatlari katta kuch-Qayrat, mablaQ, bilim va oqilona tadbirlarni talab etar edi. Temur etuk siyosatdon va mohir davlat arbobi bo’lib, u o’zidan avval o’tgan hukmdorlardan farqli ravishda, davlat va mamlakatni boshqarishda bir yoki ikki tabaqaga emas, balki aholining barcha tabaqalariga suyangan.
Amir Temur davri ma’naviyati va hozirgi zamon
Do'stlaringiz bilan baham: |