Say-Sayyod makoni. YOdgorlik 1972-1975 yillarida A.H.YUsupov tomonidan batafsil tadqiq etilgan. YOdgorlik ko‘p madaniy qatlamli makon bo‘lib, A.H.YUsupovning ko‘rsatishicha 3 - madaniy gorizont yuqori paleolit davrining oxirgi bosqichlariga tegishli bo‘lgan. Sababi, bu qatlam tosh qurollari to‘plamida chakmoqtoshdan yasalgan tosh qurollari umuman uchramaydi. Ular asosan qo‘pol tarzdagi otsheplar, chopper, chopping, boltasimon qurollardan iborat. Mazkur tosh qurollarini tipologik jihatdan tahlil etgan. V.A.Ranov uni ilk mezolit davriga ham tegishli bo‘lishi mumkin deb hisoblagan. YOdgorlik tosh industriyasi qayroqtosh texnikasining rivojlanganligidan darak beradi.
3.Shugnov makoni. Tojikiston hududining Vaxsh, Kafirnigon va Panj vohalaridan 20 dan ortiq mezolit davri jamoalariga tegishli yodgorliklar tadqiq etilgan. Tutqovul, Say-sayyod, Oq-tanga, Daran SHur kabi yodgorliklar qatorida SHugnov yodgorligida V.A.Ranov tomonidan 1963-1970 yillari maboyinida qazilma ishlari amalga oshirilgan. Bu makon YAxsu daryosi xavzasidagi terrasada joylashgan bo‘lib, uning joylashgan joyi dengiz sathidan 2000 m yuqori hisoblanadi. V.A.Ranov qazilma ishlari jarayonida makonda 5 ta madaniy gorizontlarni ajratlgan. SHundan «O» gorizonti tosh qurollari, xususan tosh o‘zaklari, qirg‘ich qurollari, ponasimon qurollar, teshgich, keskich qurollari, payraqa qurollari o‘z yasalishi va ishlov berilishi texnologiyasi, texnikasi jihatdan Oshxona yodgorligi tosh qurollariga o‘xshash. SHu bois, bu gorizont mezolit davriga tegishli deb topilgan. V.A.Ranov qolgan madaniy gorizontlar tosh qurollarini tipologik jihatdan tahlil etib, ularni so‘nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli deb xulosaga kelgan. Mezolit jamoalariga tegishli bo‘lgan madaniy qatlamdan juda ko‘plab tosh qurollar topilgan. Bu tosh qurollarning tosh industriyasi otshepli va paraqali industriya hisoblanadi. Asosiy qurollar katta o‘lchamli otsheplardan hamda paraqa va mikroparaqalardan yasalgan. Tosh o‘zaklari esa ko‘p maydonli bo‘lib, kub shakliga o‘xshaydi. Qayroqtosh qurollar, keskichlar, geometrik shakldagi qurollar umuman uchramaydi. A.V.Vinogradovning fikricha shu xususiyatlari bilan Oq-Ko‘prik II, -IIIa, Ko‘kjar, Qorakamar I kabi SHimoliy Afg‘oniston epipaleolit makonlariga o‘xshaydi. V.A.Ranov SHugnov mezolit kompleksini Oshxona makoni qurollariga o‘xshashligidan kelib, chiqib, yodgorlikning bu qatlamini bundan VIII ming yil oldin sanasi bilan yoshlaydi. G.F.Korobkova SHugnov mezolit kompleksini tipologik jihatlan tahlil etib, undagi ba’zi jihatlar Oq-Ko‘prik II va III makonlari (Radiouglerod analizi ming yil oldin) qurollariga o‘xshashligidan kelib chiqib, SHugnov mezolit kompleksini hech bo‘lmasa mil. avv XII-X ming yilliklar hronologik yosh bilan belgilash lozim degan fikrni bildiradi. Bu mezolit kompleksning kelib chiqishi, SHugnov yuqori paleolit gorizontlari jamoalari moddiy madaniyati bilan bog‘liq. Sababi, uning texnikaviy uslubi an’anaviy tarzda Oshxona, Tutqovul 2 makonlari tosh industriyaida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |