Tillarning tipologik tasnifi va oʻzbek tilining grammatik qurilishi



Download 28,35 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2023
Hajmi28,35 Kb.
#918225
  1   2
Bog'liq
Saodat M.ga.


Tillarning tipologik tasnifi va oʻzbek tilining grammatik qurilishi.
Murodova Saodat Uyg’un qizi
Buxoro davlat Pedagogika instituti
II bosqich magistri.
Annotatsiya:Ushbu maqolada tillarning tipologik tasnifi va o’zbek tilining grammatik qurilishi ilmiy- nazariy tahlil qilingan.
Kalit so’zlar: Tipologiya, til qatlami, differensial belgilar, tipologik xususiyatlar, universalizm, til qonunlari, umum­lash­tirilish,ona tili darslari, oʻzbek tili, xorijiy til va hokazo.
Tarixning guvohlik benshicha, oʻz tiliga ega boʻlmagan birorta eng kichik, juda ibtidoiy jamoa ham boʻlmagan. Tilshunoslikka oid adabiyotlarda koʻrsa­tilishicha, taxminiy hisoblarga koʻra yer yuzida 5926 dan ortiq til mavjud boʻlib, shundan 500 tasi oʻrganilgan. Masalan, Sudanda yashaydiganlar 117 tilda, Hindis­tonda 1000 ga yaqin. Dogʻistonda 100 dan ortiq. Kongada 500, Indoneziyada 250 xildagi tillarda gaplashilishi e'tirof etiladi. Dunyodagi xitoy. ingliz, hind, ispan. rus. fransuz, oʻzbek tillarida millionblab soʻzlovchilar boʻlgani holda kamasin, karagas tillarida juda ozchilik odamlar soʻzli^shadilar. Ammo hali oz sonli kishilar soʻzlashadigan kamasin. karagas kabi tillar ham mavjud, ammo ularning soni koʻp-ozligidan qat'i nazar har-bir tihiing oʻz tarixi, qonuniyati bor va ular oʻzjillarini qalbida avaylab asraydilar.Bu tillarning rivojlanish darajasi va jamiyatda tutgan oʻmi, ularda gapl­ashuv­chilaming soni turlichadir. 100-200 kishidan tashkil topgan qabilaning tili ham, yuz millionli xalq gapiradigan til ham alohida til hisoblanadi. Mavhum tafak­kur sohibi boʻlgan odam turli tillarni eshitganda yoki oʻrganganda ularda asosan ikki jihatdan: moddiy oʻxshashlik (net, not, nicht, nest yoki birodar, brother, Bruder, brat) va soʻzlarning grammatik tuzilishi, negiz yasalishi, gapda soʻzlarning bir-biri bilan bogʻlanish usulidagi oʻxshashlik (oʻzb. kitob + lar + im + iz + da) borligini albatta sezadi. Bu masalalar bilan jiddiy shugʻullanish XIX asrdan boshlandi. Tillarni turlarga ajratish toʻgʻrisida gap borganda genetik (geneologik), morfologik va struktural tasniflashga ahamiyat beriladi. Ba’zan tillarni turlarga ajratish tillar tipologiyasi deb ham yuritiladi. Tilshunoslik fanida bu eng katta muammolardan biri hisoblanadi. Uni hal qilishga chet el olimlari qatori, oʻzbek tilshunoslari ham oʻz hissalarini qoʻshmoqda.
Ma’lumki, har qanday tipologiya qiyoslashni taqozo qiladi. J.Boʻronovning fikricha, til tizimlarini qiyosiy oʻrganishda umumiy tipologik uslub va tarixiy qiyosiy uslub mavjud.
Umumiy tipologik uslub lingvistik tipologiyani yaratishga xizmat qiladi. Lingvistik tipologiya oʻz navbatida struktural tipologiya universaliyasi, tillarning tipologik (morfologik) tasnifi, maxsus tipologik nazariya va etalon tilni aniqlashni qamrab oladi.
Umumiy tipologik uslub «turli tillar tizimlarini umumlashtirib, qiyoslab oʻrganuvchi uslub».
Hozirgi zamon lingvistik tipologiya fanining asosi boʻlgan struktural tipo­logiya tilning struktural tilshunoslik uslublariga asoslanib, turli tillarning struktural belgilarini sistemaga soladi va inventarlashtiradi. Struktural tipologiya aniq uslublar asosida til qatlamining differensial belgilarini, tipologik xususiyatlarini aniqlaydi va ularning tipologik tasnifini tuzadi. Struktural tipologiya tildagi har bir strukturani umumiy lingvistik ishtirokchi tarzida oʻrganadi.1 Til universaliyalari barcha tillarga xos til xususiyatlardir. Hamma tillarning vazifalari bir xil boʻlganligi uchun, tillarda qandaydir oʻxshashlik boʻlishi tabiiydir. Tillar strukturasidagi ana shu oʻxshashlik hodisasi tildagi umumiy oʻxshashlik yoki universallik deyiladi.
Til universaliyalari barcha tillar sistemalariga xos umumiy lingvistik katego­riyadir. Til universaliyalari yoki universalizm tildagi umumiy kategoriyalarni oʻrga­nadi va deskriptiv hamda boshqa uslublami tilning umumiy qonunlari bilan tipologik umumiylikni aniqlashda qoʻllaniladi. Universalizm til qonunlarining umum­lash­tirilishi demakdir.
Strukturalizm deduktiv uslub vositasida ish koʻrsa, universalizm induktiv uslub asosida ish koʻradi, ya’ni ma’lum umumiylikni barcha tillar tizimlariga tatbiq etadi.2 Masalan:
agar til faqat suffiksli bo ‘lsa, poslelog albatta bo ‘ladi;
agar til faqat prefiksli bo ‘lsa, predlog ham bo ‘ladi;
agar tilda rod kategoriyasi bo ‘Isa, son kategoriyasi ham bo ‘ladi;
agar tilda rod kategoriyasi otlarga xos boʻlsa, olmoshlarda ham rod kategoriyasi boʻladi.3
Morfologik tipologiya «tillarning grammatik qurilishiga qarab taksonomik guruhlarga boʻlish bilan shugʻullanadi». Bu tipologiya ustida quyiroqda batafsil toʻxtalib oʻtamiz.
Maxsus tipologik nazariya. «Tillar sistemalarini tipologik tadqiq qilish usullari hamda maxsus qoida va uslublarini yaratish, maxsus tipologik nazariyaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Maxsus tipologik nazariyani yaratishda dunyo tillari sistemasi struktural tipologiyaning obyekti hisoblanadi. U konkret til sistemasini alohida oʻrganuvchi deskreptiv uslub va bir guruh qardosh tillar sistemasini oʻrganuvchi genetik uslub­dan foydalanib, umumiy tipologik uslublami yaratadi.
Tipologik nazariya barcha tillar sistemalaridagi universallikni aniqlashga qodir boʻlishi kerak. Tipologik nazariya universaliyalami bayon etish usullarini ifoda­laydi, tipologiya uchun maxsus atamalar tanlaydi».

Download 28,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish