6-ma`ruza: Tojikiston hududi mezolit davri yodgorliklari. Reja: Dara-i-Sho‘rg‘or makoni. Tutqovul manzilgohi



Download 39,46 Kb.
bet5/6
Sana06.07.2022
Hajmi39,46 Kb.
#743714
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-ma`ruza

6.«Istiq» g‘or makoni. Sharqiy Pomir Istiqsoyning chap yon qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, bu joy dengiz sathidan 460 metr balandlikga ega. Yodgorlik V.A.Jukov tomonidan 1975 yilda aniqlangan bo‘lib, unda keyingi 1976,1977,1978 yillar mobaynida uch arxeologik dala mavsumida arxeologik qazilma ishlari olib borilgan. G‘orning og‘iz qismi janubga tomon, ya’ni quyosh nuri bemalol tushadigan tomonga qaragan bo‘lib, old supa maydoniga ega. V.A.Jukov supada 16 metr kvadrat maydon sathida madaniy qatlamni o‘rganib, 4 ta madaniya qatlam borligini aniqlagan. Bu madaniy qatlamlarning ustki 2 ta gorizonti odamzodning keyingi faoliyati natijasida buzilib ketgan. Ular faqat g‘or devoriga yaqin joylarda qisman saqlangan. Madaniy qatlamlardan qiziqarli tosh qurollar kolleksiyasi, ko‘plab hayvon suyagi qoldiqlari va bitta uchoqqoldig‘i topilishiga erishilgan. V.A.Jukovning ko‘rsatishicha, pastki madaniy gorizontlardan qayroqtosh qurollari, arxaik ko‘rinishidagi paraqalar, otshepdan yasalgan qurollar, qo‘pol tosh qurollari hatto bir qancha qo‘l cho‘qmorlari ham topilgan. Bu topilmalar o‘z shakli turmushda bajargan funksiyasi bilan paleolit davri so‘nggi bosqichlari jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli hisoblanadi. SHuningdek, tadqiqotchining ko‘rsatishicha, bu qurollar bilan birgalikda makon tosh industriyasida paraqali, mikrolitli elementlar ham mavjud. Payraqa va mikrolit qurollar prizmasimon, qalamsimon tosh o‘zaklaridan uchirib olingan. Buni topilgan tosh o‘zaklarning gir atrofida saqlanib qolgan izlar o‘rni tasdiqlaydi. V.A.Jukov Istiq g‘or makoni tosh industriyasini otshepli -payraqali industriya ekanligini ta’kidlab, payraqadan yasalgan qirg‘ichlar, keskich qurollari, shuningdek mikropayraqalar, enli payraqa qurollari ko‘p jihatlari bilan Oshxona yodgorligi tosh qurollariga o‘xshashligi haqida ma’lumot beradi. Keskich qurollar o‘z shalki va ishlov berilishi uslublari bo‘yicha turlicha, ularning eng uzuni 5 sm, kichik o‘lchamlari 3 sm gacha borgan. V.A.Jukov tosh industriyada qisman qayroqtoshli element ham mavjudligi, shatelperron tipidagi teshgichlar, chopper qurollar uchrashi haqida ham ma’lumot berib, hatto Istiq materiallarini mustaqil madaniyat deb hisoblaydi. Bu fikrga, G.F.Korobkova tosh qurollari kompleksi ozligi bilan e’tiroz bildiradi va Istiq manbalarini mustaqil madaniyat emas, balki «Istiq madaniyati kompleksi» deb atasa maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
V.A.Jukov Istiq g‘or makoni materiallarini Oshxona yodgorligi tosh qurollari bilan solishtirib, uni mil avv.VIIIming yil bilan yoshlagan, shuningdek makonda uchratilgan arxaik ko‘rinishidagi paraqalar, shatelperron tipidagi teshgich qurollar, chopping qurollar hamda, geometrik shakldagi qurollarining uchramasligi faktlari bilan, uni SHugnov va Tutqovul makoni 3- gorizonti bilan bog‘lab, biroz yoshini qadimiylashtirish mumkin degan fikrni ham bildirgan.
Markansuy madaniyati o‘zining qanday xususiyatlari bilan qolgan mezolit davr madaniyatlaridan farq qiladi? Birinchidan o‘ziga xos tosh qurollari industriyasi bilan, ya’ni mehnat qurollari ichida qo‘pol, ishlashga noqulay qurollar bilan birgalikda, juda mohirona yasalgan kichik, yaxshi qurollar uchraydi. Mehnat qurollari asosan, aniq shaklga ega bo‘lmagan otщeplardan va o‘rtacha qo‘pol paraqalardan yasalgan, kichik paraqalar juda oz. Ayniqsa, mehnat qurollari ichida eng qiziqarlisi ikki taraflama ishlov berilgan nayza uchlarining madaiy qatlamda uchrashi katta ilmiy ahamiyat kasb etadi, chunki avvallari biz bu qurolni asosan neolitning so‘nggi davrlariga xos qurollardan deb hisoblardik. Demak, ikki taraflama ishlov berilgan nayza uchlari mezolit davridan boshlab paydo bo‘lishgan ekan. Oshxona manzilgohi misolida Markansuy madaniyati tosh qurollari industriyasi otщeplarga asoslangan ekan, paraqalardan yasalgan qurollar uchramaydi. Markansuy madaniyati manzilgohlari mezolit davrining so‘nggi etaplariga oid. Hozirgi kungacha bu madaniyat ildizi noma’lum.
Tojikiston hududi mezolit davri jamoalari ma’naviy madaniyatini bilib olishimizda shubhasiz, V.A.Ranov tomonidan 1958 yili SHaxta g‘or makonidan topilgan qoyatosh rasmlarining ahamiyati juda katta. SHaxta g‘or makoni dengiz sathidan 4200 m balandlikda joylashgan. G‘orga kirish qismi eni 7,5 m, g‘orning chuqurligi 6 m, lekin balandligi 25 m. Qoyatosh rasmlari 20-25 metr kvadrat maydon sathida o‘rganilgan. Bu rasmlar g‘orning polidan 1,6-2 m balandlikda g‘or devoriga qizil bo‘yoq bilan ishlangan. G‘orda hammasi bo‘lib 7 guruhrasmlar tasviri borligi aniqlangan, shundan to‘laqonli ravishda 4 ta guruhi saqlangan. Rasmlar manzarasida odam gavdasi, cho‘chqa, ayiq tasvirlari bo‘lib,odamlarning bosh qismi qush ko‘rinishida, huddi Zarautkamar rasmlaridagidek keltirilganligi bilan ahamiyatlidir. Ba’zi manzaralarda o‘q-yoy bilan yaralangan cho‘chqani ovlash jarayoni keltirilib, xattoki 3 ta niqoblanib olgan ovchilarning ham tasviri ko‘rinib turibdi. Zarautkamar rasmlaridan farqli o‘laroq, bu rasmlar kontur uslubida ishlangan. V.A.Ranov, A.A.Formozov va boshqa tadqiqotchilar SHaxta g‘or makoni rasmlarini atroflicha ilmiy tahlil qilar ekan, uni ovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan, sig‘inish e’tiqodi mazmunini ifodalovchi yodgorlik deb hisoblaydilar. Bu sig‘inish e’tiqodi, ovni o‘ngidan kelishi uchun bajariladigan rasm-rusmlardan iborat. G‘or madaniy qatlamidan topilgan tosh qurollarning tipologik tahlili hamda qoyatosh suratlarining mazmuni, ishlov berilishi texnikasiga qo‘ra tadqiqotchilar bu yodgorlikni mezolit-neolit davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli deb hisoblagan. Shuningdek, Oqbaytal daryosi chap qirg‘og‘idagi CHechekta qayirining maydon sathidan 2 dona qirg‘ich qurollari va bir necha dona uchirindidan yasalgan tosh qurollari, Oqbaytal daryosining Pishart daryosiga qo‘yilish joyidagi 30x15 metr maydon sathiga ega bo‘lgan qayirdan ham yashil rangli chaqmoqtoshdan yasalgan otsheplar, katta o‘lchamli qirg‘ich qurol, bir nechta tosh o‘zaklari yig‘ib olingan.Oqsuv daryosi o‘ng qirg‘og‘ida 150x120 metr maydon sathiga ega bo‘lgan Qoratumshuq qayiridan5 dona yaxshi ishlov berilgan qirg‘ich qurollari, prizmasimon, disksimon ko‘rinishli tosh o‘zaklari topilgan. Shaxta g‘or makoniga qarama-qarshi bo‘lgan daryo qirg‘og‘iKurteksoy kayiri sathidan ham bir nechta uchirindidan yasalgan yaxshi ishlov berilgan tosh qurollari, tosh o‘zaklari hamda payraqa qurollari topilgan. V.A.Ranovning ko‘rsatishicha, bu tosh buyumlari to‘plamlari mezolit davriga oid bo‘lib, topilma joylari mezolit davri jamoalariga tegishli bo‘lgan.
Xullas, Tojikiston hududi mezolit jamoalari moddiy madaniyatini tadqiqotida mustaqil madaniyat sifatida Tutqovul, Vaxsh madaniyatlari va SHarqiy Pomirda Markansuy madaniyati ajratilgan. SHuningdek, 2 ta mustaqil madaniy kompleks - Obi-Kiyik va SHugnov ilmiy muamilaga kiritilgan. Bu madaniyat va komplekslar bir-birlaridan kelib chiqish ildizi, tosh industriyasi, tosh qurollarining yasalishi texnologiyasi va texnikasi bilan farqqiladi. Tutqovul madaniyatiga -Tutqovul makoni 3-gorizonti, Oqtanga makoni 6-madaniy qatlami va CHilchor-Chashma makoni, Vaxsh madaniyatiga Tutqovul makoni 2a-gorizonti, Darai-Sho‘r makoni kiradi. Obikiyik kompleksiga Obikiyik, Quyi-bulon makoni kiradi. Shugnov kompleksiga Shugnov makoni «O» gorizonti kiradi. Tutqovul, Say-Sayyod, Oqtanga, Shugnov makonlari stratigrafik ma’lumotlari hamda Tutqovul 2 gorizontidan (6070 – 6310), Oqtanga makoni 6-madaniy qatlamidan (6830 – 7100), Say-Sayyod pastki gorizontlaridan (6350 – 6600; 8900 – 9170) radiouglerod analizlarini olinishi hamda bu makonlarni YAqin SHarq makonlari moddiy madaniyati bilan madaniy yaqinligidan kelib, chiqib tadqiqotchilar Tojikistonning Vaxsh, Kafirnigon, Panj vohalari mezolit jamoalari moddiy madaniyatini mil. avv.XI-VII ming yilliklar xronologik ramkasi bilan belgilashgan.

Download 39,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish